Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Qorovulbozor tumani

Qorovulbozor tumani
Караулбазарский район



tuman
Tarkibida Buxoro viloyati
Maʼmuriy markazi Qorovulbozor
Asos solingan sanasi 1993
Hokim Ostonov Akmal Anvarovich[1]
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Qorovulbozor tumani xaritada
39°30′0″N 64°48′0″E / 39.50000°N 64.80000°E / 39.50000; 64.80000

Qorovulbozor tumani — Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyatidagi tuman.

1993-yil 12 yanvarda tashkil etilgan[2][3]. Janubidan Qashqadaryo viloyatining Muborak tumani, gʻarbdan Olot, shimolidan Buxoro tumani, sharqdan Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani bilan chegaradosh. Transport yoʻli stansiyasi. Maydoni 2,2 ming km2[4]. Aholisi 19,100 kishi (2021)[5]. Tumanda 1 shahar (Qorovulbozor), 3 qishloq fuqarolari yigʻini (Boʻzachi, Jarqoq, Navbahor) bor[6]. Tuman markazi — Qorovulbozor shahri[7].

Maʼmuriy-hududiy tuzilishi

Qorovulbozor shahri, neftchilar shaharchasi, Boʻzachi, Qoʻriqtepa, Jarqoq, Nogʻoratepa, Toshquduq, Sardoba qishloqlarida aholining asosiy qismi yashaydi. Milliy tarkibga koʻra tuman aholisi 15 ga yaqin millat va elat vakillaridan tashkil topgan. Oʻzbek, qozoq, turkman, rus, tatar, yahudiy, tojik, ozarbayjon, arman, belorus, ukrain va boshqa millat vakillaridan iborat. Shahar aholisi 73 foiz, qishloq aholisi 27 foizni tashkil qiladi. Mahalla fuqarolar yigʻini — 3 ta (Choʻlquvar, Tinchlik, Imom Buxoriy). Qishloq fuqarolar yigʻini — 4 ta (Boʻzachi, Boʻston, Navbahor, Jarqoq). Tumanda 800 dan ortiq yuridik maqomga ega korxona, tashkilot, muassasa, fermer xoʻjaliklari va tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda. (2013-yil holati boʻyicha)

Tabiati

Qorovulbozor tumani relyefi, asosan, tekislik boʻlib, adir, qir va qumli choʻl, barxanlar, taqir, shoʻrxoklardan iborat. Tuproqlari oʻtloqi boʻz, qumoq boʻz, choʻl qumli, sur-qoʻngʻir, taqir boʻz tuproqlar. Janubida shoʻrxoklar katta maydonni egallaydi. Jarqoq, Saritosh, Setalantepa platolari hududida och boʻz tuproqlar tarqalgan. Yer osti sizot suvlari yer yuzasiga ancha yaqin. Qorovulbozor tumani hududida tashlama suvlardan Devxona, Xadicha koʻllari hosil boʻlgan. Tumandagi Saritosh, Jarqoq, Setalantepa kabi tektonik kichik burmalarda gaz va neft zaxiralari, qurilish materiallari (gips, ohaktosh va boshqalar) bor. Iqlimi subtropik belgilarga xos choʻl ikdimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0,2°, eng past temperatura —22, —24°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 29,3°. eng yuqori temperatura 45, 46°. Vegetatsiya davri 208 kun. Yillik yogʻin 150-155 mm. Yovvoyi oʻsimliklardan boyalich, isiriq, kovrak, yantoq, shuvoq, singren, saksovul, qandim, rang, qoʻngʻirbosh, yaltirbosh va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan taroq barmoqli koʻshoyoq, qar-soq tulki, ingichka barmoqli yumron-qoziq, tolay quyon, boʻri, dasht tosh-baqasi, malla yumronqoziq, sugʻur, sassiqkoʻzan, qumsichqon, qum boʻgʻma iloni, charx ilon, choʻl mushugi; qushlardan tuvaloq, qorabovur, olabovur, qirgʻovullar va boshqa bor. Tumandagi xoʻjaliklar yerlari Amu — Buxoro mashina kanalidan suv oladigan Doʻstlik va Qorovulbozor magistral kanallaridan sugʻoriladi.

Aholisi

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, rus, turkman, tatar, ozarbayjon, arman, belorus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 6,3 kishi. shahar aholisi 9,5 ming kishi, qishloq aholisi 4,4 ming kishi (2005).

Xoʻjaligi

Tuman sanoatining rivojlanishi Setalantepa, Saritosh, Oʻrtabuloq, Koʻkdumaloq kabi gaz va neft konlarining ochilishi bilan bogʻliq. Tumanda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, texnik jihozlarni yigʻish va butlash boshqarmasi, 2 avtokorxona, qurilish korxonalari, bir qancha aksiyadorlik jamiyatlari, MTP, neft quyish tarmogʻi, dehqon bozori, novvoyxonalar bor. 7 shirkat, 2 ijara xoʻjaligi, 44 fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. 6,4 ming gektarda „Qorovulbozor“ oʻrmon xoʻjaligi mavjud. Bu yerda 20 xilga yaqin mevali, manazarali va yogʻochbop daraxtlar oʻstiriladi. Tumanda jami 14,3 ming ga yer sugʻoriladi, shu jumladan, 6 ming ga yerga paxta, 6,5 ming ga yerga don, shuningdek, sabzavot, poliz ekinlari ekiladi. 10 ga yer bogʻlar bilan band. Tumandagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 4,2 ming qoramol (shu jumladan, 1,4 ming sigir), 6,8 ming qoʻy va echki, 7,2 ming parranda boqiladi. Qorakoʻl terisi tayyorlanadi.

Qishloq xoʻjaligi

Qorovulbozor tumanining umumiy yer maydoni 211063 gektar. Shundan 6132 ga paxta, 6335 ga gʻalla, 64 ga bogʻ-rogʻ, 230 ga poliz va sabzavotlar, 490 ga turli ekinlar ekiladigan yerlar boʻlib, qolgani yaylov, oʻrmonzorlardan iborat. Qishloq xoʻjaligi sohasida 4000 ga yaqin kishi mehnat qiladi. Fermerlar soni 130 ta. 3 ta muqobil mashina traktor saroyi, 3 suv isteʼmolchilar uyushmasi, „Qishloqxoʻjalikkimyo“ tuman fliali faoliyat yuritmoqda. Sugʻorish tarmoqlarining uzunligi 552,4 km. Shundan ichki xoʻjalik 486,2 km, qolgani xoʻjaliklararo sugʻorish tarmoqlaridir. „Shohrud—Doʻstlik“ irrigatsiya tarmoqlaritumandagi dehqonchilik xoʻjaliklarida suv taʼminotini nazorat qilib boradi. Chorvachilik sohasida 5000 qoramol, 80 mingdan ortiq qoʻy-echkilar, 8.4 ming parranda „Qorovulbozor“ qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaligi, fermerlar hamda aholi qaramogʻida mavjud.

Taʼlim

7 umumiy taʼlim maktabi (3,2 ming oʻquvchi), bolalar musiqa, sport maktablari, biznes maktabi, kasb-hunar kolleji, 4 kutubxona, yoshlar markazi majmui bor[8].

Transporti

Qorovulbozor tumanida umumiy foydalanish, yoʻlovchi, yuk tashuvchi avtomobil hamda temiryoʻl transporti rivoj topgan. transport tarmogʻida band boʻlgan ishchi xodimlar soni 100 nafardan ortiq. Tuman hududidan oʻtgan temir yoʻl 1916-yilda qurilgan. Bu yerdan Kogon, Qarshi, Kitob, Gʻuzor, Termiz yoʻnalishlarida yoʻlovchilar tashuvchi poyezdlar oʻtadi. Hududdagi avtomobil yoʻllarining uzunligi 300 km dan ortiq. shu jumladan, xalqaro ahamiyatdagi yoʻllar — 53 km. Buxoro hamda Qashqadaryo viloyatlarini bogʻlovchi asosiy avtomagistral Qorovulbozor hududidan oʻtgan. Qorovulbozor—Buxoro, Qorovulbozor — Gʻijduvon, Qorovulbozor—Kogon hamda mahalliy yoʻnalishlarda avtomobil qatnovi yoʻlga qoʻyilgan, bunda xususiy sektorning ulushi yuqori.

Madaniyat va sport

Qorovulbozor tumanida 3 ta madaniyat saroyi, madaniyat uyi, 4 kutubxona (umumiy kitob fondi 18 ming) madaniyat va istirohat bogʻi, 3 klub muassasasi, 27 ta turli toʻgaraklar mavjud. Ashula va raqs, folklor-etnografik dastalari mavjud. „Goʻzal“ sport sogʻlomlashtirish majmui, markaziy stadion, tennis korti, „Delfin“ suzish havzasi va boshqa sport inshootlari ishlab turibdi. tuman markaziy kasalxonasi, markazii poliklinika, 3 qishloq vrachlik pun-kti, 2 feldsher-akusherlik punkti, tez tibbiy yordam punkti, 15 sogʻlomlashtirish punkti, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalarda 43 vrach, 180 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. „Lola“ bolalar sanatoriysi bor.

hududdagi 2 ta sport-sogʻlomlashtirish majmualarida 3 mindan ortiq kishi futbol, tennis, ogʻir atletika, suzish, basketbol, volleybol, boks, kurash, badiiy gimnastikava sportning boshqa turlari bilan shugʻullanadi. Viloyat chempionatida ishtirok etuvchi „Neftchi“ futbol jamoasi mavjud.

Meʼmoriy yodgorliklardan Qorovulbozor va Boʻzachidagi qad. sardobalar (16-asr) saqlangan[9]. 1993-yildan „Qorovulbozor tongi“ tuman gaz. nashr etiladi.

Galereya

Manbalar

  1. Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani hokimligi
  2. Vsemirniy istoricheskiy proekt (Wayback Machine saytida 2011-08-31 sanasida arxivlangan) Andoza:Архивировано
  3. Постановление Президиума Верховного Совета Республики Узбекистан от 12 yanvar 1993 года № 778-XII «Об образовании Караулбазарского района в составе Бухарской области
  4. „Buxoro viloyatining ma'muriy-hududiy bo'linishi“ [Administrative-territorial division of the Bukhara Region] (uz). Bukhara regional department of statistics.
  5. Urban and rural population by region, Bukhara regional department of statistics (oʻzbekcha).
  6. SOATO Sistema oboznacheniy administrativno-territorialnix obrazovaniy Andoza:Архивировано
  7. „Classification system of territorial units of the Republic of Uzbekistan“ (uz, ru). The State Committee of the Republic of Uzbekistan on statistics (2020-yil iyul).
  8. B. Soliyev. Qorovulbozor tumani: o'tmish, bugun va kelajak chorrahasida. Toshkent: Tafakkur, 2013 — 98-bet. ISBN 978-9943-24-046-9.. 
  9. „Постановление Кабинета Министров Узбекистан «Об утверждении Национального перечня объектов недвижимости материального культурного наследия»“. Lex.uz. 2020-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-fevral.



Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9