Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Yozyovon tumani

Yozyovon tumani
Язъяванский район
Yozyovon
Tarkibida Fargʻona viloyati
Maʼmuriy markazi Yozyovon
Hokim Dilshod Djalilov [1]
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Yozyovon tumani xaritada
40°39′11″N 71°38′35″E / 40.65306°N 71.64306°E / 40.65306; 71.64306

Yozyovon tumani — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1952-yil 16-aprelda tashkil etilgan (1959-yil 14-dekabrda Toshloq tumani bilan birlashtirilib Oxunboboyev nomi berilgan, 1962-yil 24-dekabrda Oxunboboyev tumaniga Margʻilon tumani ham qoʻshilgan. 1980-yil 27-dekabrda Yozyovon tumani qayta tuzildi). Yozyovon tumani viloyatning Toshloq, Qo'shtepa, Oltiariq, Buvayda tumanlari, Namangan viloyatining Jomashoʻy tumani, Andijon viloyatining Ulugʻnor, Boʻz tumanlari bilan chegaradosh. Maydon 0,41 ming km2. Aholisi 119 ming kishi (2023). Yozyovon tumanida 2 shaharcha (Yozyovon,Qoratepa), 16 mahalla fuqarolari yigʻini (Guliston, Yozyovon, Taraqqiyot,Qorasoy,Ishtirxon, Xonobod, Choʻliguliston, Yangiboʻston, Yangiobod, Qatortol, Qorasoqol, Qoratepa, Toshxovuz, Ittifoq, Beruniy, Bahor Tegirmonboshi) bor. Markazi — Yozyovon shaharchasi. Aholisi, asosan oʻzbeklar, shuningdek, qirgʻiz, tojik, rus, tatar, qoraqalpoq va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 250 kishi toʻgʻri keladi (2000).

Tabiati

Yozyovon tumani Fargʻona vodiysining markazida, Yozyovon cho'lida joylashgan. Relyefi asosan tekislik boʻlib, shimolga tomon qiya. Yer yuzasi gil, qumoq, qumloq va qumdan iborat. Shim.gʻarbiy qismida barxanlar — doʻng qum, marza qum shakllari uchraydi. Qumli choʻlning bir qismini saqlab qolish maqsadida 1991-yilda „Yozyovon choʻli“ tabiat yodgorligi (maydoni 1842 gektar) tashkil etilgan. Iqlimi keskin kontinental, yozi issiq, qishi sovuq. Yogʻinning koʻp qismi bahor va qishda yogʻadi. Iyulning oʻrtacha tempaturasi 27°, yanvarniki — 2,2°. Vegetatsiya davri 218 kun. Yiliga 120-130 mm yogʻin tushadi. Fargʻona (Xoʻjand) darvozasi orqali vodiy ichkarisiga esuvchi kuchli „Qoʻqon shamoli“ ekinlarga katta zarar keltiradi. Qishda tez tez tuman tushadi. Yozyovon tumanidan Katta Farg'ona kanali va Katta Andijon kanali va Yozyovon soyi oqib oʻtadi. Suv inshootlari, artezian va drenaj quduqlari yordamida yer osti suvlaridan foydalaniladi. Tuproqlari asosan sugoriladigan oʻtloq, qisman qumli va qumli oʻtloq tuproqdan hamda shoʻrxoklardan iborat. Vohalarda madaniy ekinlar, mevali va manzarali daraxtlar, butalar, begona oʻtlar, qumliklarda qora saksovul va oq saksovul, qandim, cherkez, yulgʻun oʻsadi. Xilmaxil qushlar, turli kaltakesaklar, tulki, boʻri, chiyaboʻri yashaydi. „Qizil kitob“ga kiritilgan qizil astragal, fargʻona chipor kaltakesagi, shtraux qurbaqaboshi, echkemar uchraydi.Aholisi juda mehmondo'st.

Iqtisodiyoti

Yozyovon tumani asosan qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan boʻlib, yetakchi tarmogʻi paxtachilikdir. Sugʻoriladigan yerlar 18,5 ming ga, shu jumladan 7,8 ming ga paxta, 6,9 ming gektar donli ekinlar, 2 ming gektardan ziyod yer yem-xashak ekinlari, 424 gektar sabzavot, poliz ekinlari, 924 gektar meva va tokzorlar bilan band. Yozyovon tumani fermer va shaxsiy xoʻjaliklarida 17 mingdan ziyod ming qoramol, 18,6 ming qoʻy va echki, 270 dan ziyod yilqi, 10,5 ming parranda, 800 ga yaqin asalari uyasi bor. Pillachilik va dehqonchilik rivojlangan. Yozyovon tumanida 3 gisht zavodi, 5 qurilish taʼmirlash ustaxonasi, avtokorxona, 910 ta kichik va xususiy korxonalar bor. Yozyovon tumanidan Fargʻona—Namangan, Qoʻqon—Andijon avtomobil yoʻllari va A373 magistral yo'li oʻtgan. Yozyovon tumanidagi 37 ta umumtaʼlim maktabi, 1 ta kollej, 2 litsey, sport maktabida 18,3 ming oʻquvchi taʼlim olmoqda, 35 ta jamoat kutubxonasi, muzey, 20 dan ziyod dorixona, 801 oʻrinli 8 kasalxona, 4 poliklinika, 23 ta tibbiy shaxobcha mavjud. Aholiga 230 savdo shaxobchasi xizmat koʻrsatmoqda. 1952 yildan „Markaziy Fargʻona“ tuman gazetasi chiqadi (adadi 9000).[2]

Manbalar


Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9