Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Moʻynoq tumani

Moʻynoq tumani
Муйнакский район
tuman
Tarkibida Qoraqalpogʻiston
Maʼmuriy markazi Moʻynoq
Asos solingan sanasi 1930
Hokim Baxtiyar Menglibekov [1]
Rasmiy tillar qoraqalpoq
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Moʻynoq tumani xaritada
43°46′0″N 59°2′0″E / 43.76667°N 59.03333°E / 43.76667; 59.03333

Moʻynoq tumani – Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimolidagi tuman. 1931-yil 19-sentabrda tashkil etilgan. Amudaryo deltasi, Orol dengizining janubidagi hududlarni egallaydi. Qoraoʻzak, Chimboy, Boʻzatov tumanlari, Qozogʻiston Respublikasining Oqtoʻba, Qiziloʻrda viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 37,94 ming km². Aholisi 28,8 ming kishi (2003). Tumanda 5 ovul fuqarolari yigʻini (Boʻzatov, Madali, Tikoʻzak, Uchsoy, Qozoqdaryo), 1 shahar (Moʻynoq) bor. Markazi – Moʻynoq shahri Tabiati. Tuman hududining aksari qismi Orol dengizining qurigan tubi (Orolqum) va Amudaryo deltasidagi koʻllardan iborat. Tumanning xoʻjalik va madaniy markazi – Moʻynoq shahri Keyingi yillarda deltadagi ilgari suv bosib yotgan ayrim yerlar oʻzlashtirilib, ekinlar ekilmoqda. Qurilish materiallaridan tosh, qum, gil bor. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —7,4°, iyulniki esa 26,3°. Vegetatsiya davri 213 kun. Yillik oʻrtacha yogʻin 105 mm, asosan, bahor va qishda yogʻadi. Tumanda Sudochye, Kavsir, Zokirkoʻl, Sarikoʻl, Shegekda va bir qancha mayda koʻllar bor. Amudaryoning Orolga quyilish qismi ham shu tuman hududida. Tuproqlari botqoq-oʻtloqi, allyuvial qayir tuprogʻi. 148,3 ming ga yer oʻtloq va yaylov (asosan, qamishzor). Yovvoyi oʻsimliklardan qamish, qoʻgʻa, chiy, turangʻil, terak, jiyda, yulgʻun, bugʻdoyiq, yantoq va boshqa oʻsadi. Moʻynoq tumani Oʻzbekistondagi hayvonot dunyosiga boy tumanlardan. Baliqning 30 dan ortiq turi bor (zogʻorabaliq, oqmarqa, choʻrtan, laqqa, taran, olabuga, sudak, toʻrta, burge, baqra, pilmay, amur baligʻi, yalpoqburun, chavoq, ilonbosh va boshqalar) Ondatra ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Qushlarning 80 dan ziyod turi (oʻrdak, gʻoz, qirgʻovul, oqqushlar, birqozon, qoʻton, qoravoy, chagʻalay, churalay va boshqalar), sut emizuvchilardan qobon, boʻri, chiyaboʻri, boʻrsiq, quyonlar bor.

Aholisi koʻp millatli. Qoraqalpoq, oʻzbek, qozoq, rus, ukrain, tatar, koreys va boshqa millat vakillari yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 1 kishidan koʻproq.

Xoʻjaligi. Tumanda baliqchilik va chorvachilik xoʻjaliklari mavjud. Sanoat korxonalari Amudaryo deltasidagi Moʻynoq, Uchsoy, Qozoqdaryo, Poʻrlitov, qisman Qoʻngʻirotda joylashgan. Umumiy ekin maydoni 1323 ga. Shundan 938 ga gʻalla (asosan, bugʻdoy, sholi), 80 ga kartoshka, sabzavot va poliz, 305 ga maydoni yem-xashak ekinlari bilan band (2003). Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 9,6 ming qoramol, 750 ga yaqin ot bor (2003). Parrandachilik (ondatra, tulki, suvsar) bilan ham shugʻullaniladi. Tumanning asosiy transporta suv transportidir. Havo va avtomobil transportidan foydalaniladi. Qoʻngʻirot – Beynov temir yoʻl tumanni Qozogʻiston va Rossiya Federatsiyasi bilan bogʻlaydi. Tumandagi 13 dan ziyod umumiy taʼlim maktabida 5770 oʻquvchi taʼlim oladi, Moʻynoq sanoat transport kasb-hunar kolleji (507 oʻquvchi), Moʻynoq biznes maktabi (145 oʻquvchi) faoliyat koʻrsatadi (2003). 40 ga yaqin kutubxona, 20 ga yaqin klub bor. 20 dan ziyod tibbiy muassasada 40 vrach ishlamoqda.[2]

Moʻynoq tumani – Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimolida joylashgan maʼmuriy birligi. Shimolida Orol dengizi joylashgan.

Aholisi

Aholisi – 26 941 kishi (2007).

Iqlimi

Iqlimi kontinental, qishi sovuq, yozi issiq boʻladi.

Manbalar

  1. Мойнақ районы ҳәкимлиги
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar




Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9