Tomdi tumani
Tomdi tumani — Navoiy viloyatidagi tuman. 1927-yil 3-iyulda tashkil etilgan. Janubiy qismidan Konimex, Nurota tumanlari, shimoliy qismidan Qozogʻistonning Qiziloʻrda, sharqiy qismidan Janubiy Qozogʻiston viloyatlari, janubi-sharqdan Jizzax viloyati, gʻarbiy qismidan Uchquduq tumani bilan chegaradosh. Maydoni 42,4 ming km². Aholisi 15,8 ming kishi (2023). Tuman markazi — Tomdibuloq qishlogʻi. Tumanda 7 ta qishloq fuqarolar yigʻini (Keregetov, Koriz, Oqquduq, Oqtov, Soʻkitti, Tomdibuloq, Sheli) mavjud[4] Tumanda 17 umumiy taʼlim maktabi, qishloq xoʻjaligi. kasb-hunar kolleji mavjud. 25 kutubxona, 11 klub muassasasi, 1 teatr, 2 muzey bor. Kasalxona, poliklinika, tugʻruqxona, dorixonalar, qishloq vrachlik punktlari va boshqa tibbiy muassasalari faoliyat koʻrsatadi. Tomdi tumanida dunyodagi eng yirik oltin konlardan biri Muruntov oltin koni ham joylashgan. TarixiTomdi tumani 1927-yil 3-iyulda Qoraqalpoq muxtor viloyati tarkibida tashkil etilgan. 1932-yil 20-martdan Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibida va 1936-yil 5-dekabrda Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibiga oʻtkazildi. 1943-yil 2-avgustda tuman Buxoro viloyati tarkibiga o‘tkazildi. 1982-yil 20-aprelda Buxoro viloyatining shimoliy qismida yangidan Navoiy viloyati tashkil etilganidan so‘ng, u yangi tashkil etilgan ushbu viloyat tarkibiga kirdi. 1988-yil 6-sentyabrda Navoiy viloyati Samarqand viloyatiga qoʻshib yuborildi. 1989-yil 16-mayda Tomdi tumani Buxoro viloyatiga qaytarildi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan bir yil o‘tib, 1992-yil 27-yanvarda Navoiy viloyati tiklandi va Tomdi tumani yangi viloyatning tarkibiga kiritildi[5]. Tomdi tumani XX asr oʻrtalarida oltin, kumush, platina, uran konlarining kashf etilishi natijasida jadal rivojlandi. Tuman hududida SSSR davrida foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash boʻyicha eng yirik korxonalar qurildi. TabiatiTuman hududi Qizilqum choʻlida joylashgan. Tuproqlari qizil, qum tuproqlar. IqlimiMintaqaning iqlimi keskin kontinental, yozi issiq va quruq, qishi esa sovuq. Yillik oʻrtacha harorat +15,0 °C. Yanvar oyining oʻrtacha harorati —4,1 °C, eng past harorati —31°C. Iyulning oʻrtacha harotati 30 °C, eng yuqori harorati 40 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin 108 mm. Daryo va koʻllar yoʻq. Vegetatsiya davri 220-225 kun davom etadi. RelyefiTomdi tumanining relyefi asosan pasttekisliklar va oʻrta balandlikdagi kichik togʻ jinslari bilan ifodalanadi. Pasttekisliklar tumanning deyarli barcha hududida tarqalgan, mintaqaning gʻarbiy qismida Muruntov va Tomditov togʻlari joylashgan. Tumanning togʻli hududlari dengiz sathidan 200 metrdan 900 metrgacha balandlikda joylashgan. Tepaliklar asosan, qumtosh va qumlardan tashkil topgan. Mintaqaning oʻrtacha balandligi 300 metrni tashkil qiladi. Mintaqaning eng baland nuqtasi — Tomditov togʻ tizmasining Oqtov togʻi, balandligi 922 metr. Mintaqaning eng past nuqtasi dengiz sathidan 12 metr pastda joylashgan Mingbuloq botigʻi hisoblanadi[6][7][8]. GidrografiyaTuman hududidan birorta ham daryo oqib oʻtmaydi, chunki tumanning deyarli butun hududi choʻl va dashtlardan iborat. Tumanning janubi-sharqiy hududidan bir qancha juda mayda soylar oqib, Aydarkoʻl koʻliga quyiladi. Mintaqadagi eng katta koʻl va suv havzasi — katta yopiq koʻl Haydarkoʻl hisoblanadi. Koʻl inson faoliyati davomida vujudga kelgan. Flora va faunaTumanning unumsiz yerlari tufayli oʻsimlik dunyosi juda qashshoq. Asosan saksovul, kavrak, tuyaqorin, selin, rang va arpagʻonlar oʻsadi. Tuman hududida oq quyruq (saygʻoq), jayran, arxar, tulki, qobon, quyon, yumronqoziq, burgut, qargʻa, kaltakesaklar, echkemar, boʻgʻma ilonlar, kaklik va boshqalar uchraydi[4]. Maʼmuriy-hududiy tuzilishiTumanning maʼmuriy markazi Tomdibuloq qishlogʻi boʻlib, qishloqda 12 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Tumanda shahar maqomiga ega boʻlgan birorta ham aholi punkti yoʻq. Tumanda 7 ta qishloq fuqarolar yigʻini (Keregetov, Koriz, Oqquduq, Oqtov, Soʻkitti, Tomdibuloq, Sheli) mavjud. Tumanda juda koʻp kichik qishloqlar ham bor. Tuman hududida viloyatga boʻysunuvchi shahar maqomiga ega boʻlgan va Tomdi tumani tarkibiga kirmaydigan Zarafshon shahri joylashgan. Tumanni boshqargan hokimlar
Tashkiliy tuzilmasi
Tuman deputatlariTomdi tumani kengashiga, jami 20 ta deputat Oʻzbekiston Respublikasining saylov o‘tkazishning asosiy prinsiplari asosida xalq tomonidan saylanadi[9]. 2023-yilga koʻra Tomdi tumani kengashiga saylangan deputatlar roʻyxati:
AholisiTuman viloyat umumiy yer maydonining 38 foizi, aholisining 3,0 foizini tashkil etadi. Tuman aholisi 2023-yilgi statistikaga koʻra 15 800 kishini tashkil qildi. Jami aholi tarkibining 51,2 foizini ayollar va 48,8 foizini erkaklar tashkil qiladi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 0,37 kishidan toʻgʻri keladi[4]. Tuman aholisining asosiy qismi qozoqlar va qoraqalpoqlardan iborat. Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-mart oylarida Tomdi tumanida qayd etilgan nikohlar soni 12 tani tashkil qildi[11]. Tomdi aholisi yildan-yilga kamayishining asosiy sabablaridan biri, etnik qozoqlarning Qozogʻiston Respublikasiga koʻchib ketishidir[12].Tuman aholisining milliy tarkibi quyidagicha[13]:
IqtisodiyotiViloyat statistika boshqarmasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-aprel oylarida Tomdi tumanida tashqi savdo aylanmasi hajmi 422 ming AQSH dollarini tashkil qildi[14]Tumanda 2023-yilgi statistikaga koʻra 52 ta oilaviy korxona, 273 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va 89 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda[15]. Qishloq xoʻjaligiTumanning umumiy maydoni 4248,5 ming km2 boʻlib, shundan 30,3 ming km2 yaylovlar (71%) va 12,2 ming km2 (29%) qishloq xoʻjaligida foydalanmaydigan yerlar hisoblanadi. Sugʻoriladigan yerlar mavjud emas. Qishloq xoʻjaligining asosi — yaylov chorvachiligi. Asosan, qorakoʻl qoʻylari boqiladi. Tuya, ot ham koʻpaytirilmoqda. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 1402 qoramol (shundan 710 sigir), 363,9 ming qoʻy va echki, 3,5 ming ot, 2,5 ming tuya boqiladi (2003). Xoʻjaliklarning umumiy sonidan 245 tasi mikrofirma, 6 tasi kichik 7 tasi oʻrta va 21 tasi yirik korxonadir. Tomdi tumanidagi yirik qishloqlar orasida avtobuslar qatnaydi[4]. SanoatiTomdi viloyati oltin, kumush, platina, uran, reniy, rux va boshqa foydali qazilmalarning dunyodagi eng yirik konlariga ega. Ushbu konlarni oʻzlashtirishda, asosan ochiq usulda qazib olish yoʻli amalga oshiriladi. Tumanda uran, qimmatbaho va rangli metallarni qayta ishlash korxonalari mavjud. Dunyodagi eng yirik oltin koni Tomdi tumanida joylashgan Muruntov kareri boʻlib, oltin qazib olish boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadi (Indoneziyadagi Grasberg korxonasidan keyin). Ushbu karerning uzunligi 3,5 kilometr, kengligi 2,7 kilometr, chuqurligi esa 430 metrni tashkil qiladi. Kon 1958-yilda ochilgan, metallni sanoatda qazib olish esa 1969-yilda boshlangan. Kon yaqinida oltin qazib olish boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda turadigan Zarafshon oltin qazib olish majmuasi joylashgan. 2001-yilda ishlab chiqarish hajmi yiliga 53 tonnani, 2014-yildan boshlab esa 61 tonnani tashkil qildi[16]. 2007-yil holatiga koʻra oltin zahiralari 1750 tonnaga baholangan va bu koʻrsatkich boʻyicha Muruntov koni AQShdagi Pebble konidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi[17]. Tomdi tumani hududida oltin va uran qazib olish bo‘yicha jahondagi yirik korxonalardan biri bo‘lgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyat ko‘rsatmoqda. Navoiy kon-metallurgiya kombinati dunyoda oltin qazib olish boʻyicha oltinchi va uran qazib olish boʻyicha yettinchi oʻrinda turadi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati tarkibiga beshta yirik kon-metallurgiya korxonalari, shuningdek, „Navoiy mashinasozlik zavodi“ ishlab chiqarish birlashmasi va „Zarafshon qurilish boshqarmasi“ kiradi[18]. 2000-yillarning oʻrtalariga kelib tuman hududida 70 dan ortiq turli sohadagi turli korxona, firma va kompaniyalar faoliyat koʻrsatgan. Tomdi tumanida gʻisht, qurilish materiallari, oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalari ham faoliyat koʻrsatmoqda[19]. Ijtimoiy sohaMaktablariTomdi tumanida 2023-yil 1-yanvardagi maʼlumotga koʻra 17 ta umumiy taʼlim maktabi faoliyat yuritmoqda, jami 331 pedagog[20] 1 755 oʻquvchilarga taʼlim bermoqda[21]. Tomdi tumani maktablarining deyarli barchasida darslar qozoq tilida olib boriladi, shu sababli tuman aholisining aksar qismi davlat tilida ravon gapira olmaydi. Tuman miqyosidagi maktablarda oʻzbek sinflari tashkil qilinmagan.
Madaniyat va taʼlimTomdi tumanida bitta teatr, ikkita muzey, markaziy madaniyat saroyi, madaniyat uylari, koʻplab klublar va 25 kutubxona (2000-yillarning oʻrtalarida) mavjud. O‘zbekiston va Navoiy viloyati bo‘ylab tarqatilayotgan gazeta, jurnal, radiostansiya va telekanallardan tashqari, Tomdi tumani hududida o‘zbek tilida gazetalar, shuningdek, qozoq tilida „Tamdi sharuageri“ nomli gazetasi nashr etiladi. SportTomdi tumanida stadionlar, sport zallari, sport maydonchalari va boshqa sport inshootlari mavjud. 2000-yillarning oʻrtalarida 15 ga yaqin sport inshooti faoliyat koʻrsatgan Diqqatga sazovor joylar va turizmTumanda turizm sohasi yetarli darajada rivojlanmagan. Choʻl hududida meʼmoriy va arxeologik yodgorliklar yoʻq. Turistlar, asosan, Qizilqum choʻlining markaziy qismini, dunyodagi eng yirik oltin koni Muruntov va boshqa oltin konlarini koʻrish uchun keladi. Tumanning maʼmuriy markazi — Tomdibuloq qishlogʻida yagona Tomdi tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. Yana qarangManbalar
|