Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Yangiyoʻl tumani

Yangiyoʻl tumani
Янгиюльский район
tuman
Tarkibida Toshkent viloyati
Maʼmuriy markazi Gulbahor
Rasmiy tillar Oʻzbek, Qozoq
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Yangiyoʻl tumani xaritada
41°7′5.5″N 69°3′34.9″E / 41.118194°N 69.059694°E / 41.118194; 69.059694

Yangiyoʻl tumani — Toshkent viloyatidagi tuman. Viloyatning janubiy gʻarbida. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan.

Gʻarb va shimoliy gʻarbda Qozogʻistonning Janubiy Qozogʻiston viloyati (hozirgi Turkiston viloyati), shimoliy va shimoliy sharqda Toshkent viloyatining Zangiota tumani, janubiy sharqda viloyatning Quyi Chirchiq tumani, janubiy gʻarbda Chinoz tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,42 ming km². Aholisi 157,7 ming kishi (2004). Tumanda 2 shaharcha (Gulbahor va Boʻzsuv), 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Abdulla Ortiqov, Navbahor, Niyozboshi, Ubay Musayev, Xalqobod, Shoʻralisoy, Eski Qovunchi, Qoʻshyogʻoch) bor. Tuman markazi — Gulbahor shaharchasi[1].

Tabiati

Tuman hududi, asosan, tekislikdan iborat boʻlib, adirlar uchraydi. Yer yuzasida Chirchiqning 5 ta terrasasi (koʻhna qayir) ajralib turadi. Tuproklari boʻz, oʻtloqi tuproqlar. Iqlimi kontinental. Yillik oʻrtacha temperatura 12,5° — 13°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 26°, yanvarning —1°, —2". Vegetatsiya davri 210 kun. Yiliga 280 — 282 mm yogʻin tushadi.

Tuman hududidan Chirchiq daryosi, Kurkuldak, Joʻn, Boʻzsuv, Shimoliy Toshkent kanallari va ariqlar oqib oʻtadi. Yovvoyi oʻsimliklardan qamish, gʻumay, yantoq, shoʻra, pechak, ajriq, kakra va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan chiyaboʻri, tulki, quyon, jayra, boʻrsiq, parrandalardan yovvoyi oʻrdak va boshqalar uchraydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, qozoq, tatar va boshqa millat vakillaridan iborat. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 375,5 kishi.

Qishloq aholisi 140,8 ming kishi, shahar aholisi 16,9 ming kishi (2004).

Xoʻjaligi

Tumanda Yangiyoʻl yogʻmoy kombinati, „Yangiyoʻl biokimyo“ aksiyadorlik jamiyati, konserva, eksperimental taʼmirlashmexanika, gʻisht, asfaltbeton, „Marelli“ xususiy vino zavodi, Yangiyoʻl vino zavodi, Quyi Boʻzsuv GES, MTP, „Osiyoekspress“ i. ch. korxonasi, baliq urchitish xoʻjaligi, broyler parrandachilik, inkubatoriyaparrandachilik fabrikalari bor. Yangiyoʻl tumanida paxtachilik, chorvachilik, bogʻdorchilik, gʻallachilik, sabzavotchilik, pillachilik bilan shugʻullaniladi. Sugʻoriladigan maydonlarga paxta, gʻalla, sabzavot, poliz ekinlari ekiladi. Bogʻ va tokzorlar bor. Tumandagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Shirkat, fermer xoʻjaliklari, agrar birlashmasi, choʻchqachilik xoʻjaligi va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari mavjud.

Umumiy taʼlim, bolalar musiqa, sport maktablari, kasb-hunar maktabi, kasb-hunar kollejlari faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari, madaniyat saroyi, klub muassasalari bor. Stadion, sport zallari, otish tirlari, 3 ta tennis korti, futbol, mini futbol maydonlari va boshqa sport inshootlari mavjud.

Tuman markaziy kasalxonasi, tez tibbiy yordam markazi, poliklinika, tugʻruqxona, qishloq vrachlik punktlari, feldsher-akusherlik punktlari va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Nov qishlogʻida dam olish uyi joylashgan, shuningdek, kardiologiya kasalliklari sanatoriysi bor.

Tuman hududidan Katta Oʻzbekiston trakti, Toshkent temir yoʻli oʻtadi. Yangiyoʻl tumanida Qoʻshtepa, Qoratepa, Yoʻgʻontepa, Niyozboshtepa, Shamatepa, 1,2,3 Boʻzsuv tepalari arxeologik obyektlar hisoblanadi. 1930-yildan „Yangiyoʻl“ tuman gazetasi nashr etiladi (adadi 2738).

Taniqli shaxslar

Manbalar

  1. "Yangiyoʻl tumani" OʻzME. Ya-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9