Joʻraxon Rahmonberdiyevich Rahmonov (1917—1977) — sovet sanʼatkori, Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining asoschilaridan biri, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1974)[ 1] , Qirg'iziston madaniyati va sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan.
Hayot yoʻli
Joʻraxon Rahmonberdiyevich Rahmonov 1917 -yilda Oʻsh shahrining „Shayxlar“ mahallasida tugʻildi. Otasi Qirgʻizistonda teatr harakatining asoschisi, Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining asoschisi va birinchi direktori, badiiy rahbari va rejissori Oʻshda taniqli arbob Rahmonberdi Madazimov boʻlgan.[ 2] Joʻraxon Rahmonov 20 yoshga toʻlganda, otasi tashkil etgan Oʻsh oʻzbek drama teatrida ijodiy faoliyatini 1937 -yildan boshladi. 1938 -yili Sovet armiyasi safiga chaqirildi. Fin va Ikkinchi Jahon Urushilarida va Leningrad qamalida ishtirok etgan. 2-Belorus frontining 9-tank korpusi [ 3] 95-tank brigadasida[ 4] katta serjant lavozimida xizmat qilgan. Rossiyani , Ukrainani , Bellorussiyani, Polshani , Germaniyani , Berlin va Reyxstagni ozod etishda qatnashgan.[ 5] SSSR mudofaa vaziri , Sovet Ittifoqi marshali A. Grechko Joʻraxon Rahmonov nomiga Gʻalaba kuni bilan yozma tabriknoma joʻnatgan. Kommunistik partiya va Sovet hukumati Joʻraxon Rahmonovning Ikkinchi Jahon Urushidagi jasoratlarini yuksak baholab, urush davridagi koʻrsatgan qahramonliklari uchun 2-darajali "Vatan urushi" ordeni (buyruq 9-TK № 015/p 23-avgust 1943-yil) va koʻplab medallar bilan taqdirlangan.[ 6]
Pochchasi Izzatullo Sultonov Yangiyoʻl tumaniga koʻchib ketadi va Shuralisoy qishloq kengashini tuzib, maʼsul kotibi , soʻng raisi lavozimlarida ishlaydi va yangi yerlar oʻzlashtirishda , qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda faol ishtirok etadi[ 7] . Ulugʻ Vatan urushi tugagach, Shuralisoyda yangi teatr ochib, unga jiyani Joʻraxon Rahmonovni chaqirtiradi va u umr yoʻldoshi Oyimxon bilan keladi. Joʻraxon Rahmonov teatrni asoschisi va badiiy rahbari boʻlgan. U teatrda qarindoshlari Zulfiya, Karomat opalar, pochchasi Toshkentboy naychilar ishlashgan.
Shuralisoydagi teatrni ijodiy faoliyatini yoʻlga qoʻygandan soʻng Joʻraxon Oʻsh drama teatriga qaytib keladi. Ijodiy jamoaning va Joʻraxon Rahmonovning kamolotga erishuvida Ch. Aytmatovning „Momo yer“, K.Yashinning va M. Muhamedovning „Dilorom“, V. Shekspirning „Otello“ asarlarini sahnalashtirilishi alohida bosqich boʻldi. Teatr ellikinchi-olmishinchi yillarga kelib mustamlaka va qaram mamlakatlarda milliy ozodlik harakatining avj olishi, mazlum xalqlarning ozodlik , demokratiya uchun kurashi mavzuiga, aniqrogʻi xorijiy Sharq yozuvchilarning shu mavzudagi asarlariga murojaat etdi. Yozuvchi Sohib Jamolning „Guli siyoh“, „Afsonaviy shaxs“ asarlari asosida ishlangan musiqali dramani tomoshabinlar mamnuniyat bilan kutib oldilar.
Ijodiy jamoa va uning safida Joʻraxon Rahmonov kamolot pillapoyalaridan dadil koʻtarilib borib, jahon va rus adabiyoti klassiklarining asarlariga murojaat qila boshladi. Birdaniga uchta klassik asar: N. Gogolning „Revizor“ va „Uylanish“, Karlo Gotssining „Malika Turandot“ sahnaga qoʻyildi va Joʻraxon Rahmonov ularda bosh rollarni ijro etdi. Keyingi yillarda Sh. Rashidovning „Qudratli toʻlqin“, K. Trenyovning „Lyubov Yarovaya“, „Qizil galstuk“, F. Shillerning „Makr va Muhabbat“, K. Goldonining „Ikki xoʻjayinning bir quli“, A. Ostrovskiyning „Momaqaldiroq“, N. Boytemirovning „Urqiya“, „Toʻy oldidan toʻpolon“, „Sevgi, jaz va shayton“ asarlarida Joʻraxon Rahmonov bosh rollarni muvaffaqiyatli oʻynadi. Joʻraxon Rahmonov qirgʻiz tilini aʼlo darajada bilgani uchun Oʻsh shahrida qirgʻiz drama teatri (1974 yili qurilgan) tuzilguncha qirgʻiz yozuvchilarining klassik va zamonaviy dramalarini Bobur nomli teatrida sahnalashtirishida faol qatnashgan. Joʻraxon Rahmonov qirgʻiz dramaturglari pesalaridagi rollarni sof qirgʻiz tilida ijro etgan. Bu bilan u mustaqil Qirgʻiziston tuzilguncha qirgʻiz tilini teatr sahnasida targʻibot-tashviqot qilgan. 1957 yili Qirgʻiziston SSR madaniyat vazirligining faxriy yorligʻi bilan mukofotlandi. 14-25-oktabr 1958 yili Joʻraxon Rahmonov teatr jamoasi bilan birga Moskva shahrida Qirgʻiziston sanʼati va adabiyoti ikkinchi dekadasida qatnashdi. 20-fevral 1961 yili Qirgʻiziston teatr jamiyati 1 sʼezdida qatnashdi. 1967 yili teatr safida Joʻraxon Rahmonov qardosh Tojikistonda gastrolda boʻldi. Gastrol muvaffaqiyatli oʻtganligi uchun jamoa Tojikiston SSR madaniyat vazirligining faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi. 11-17-iyul 1967 yili Moskvada Qirgʻiziston madaniyati va sanʼati kunlarida qatnashdi. 4-14-sentabr 1969 yili Oʻzbekistonda Qirgʻiziston adabiyoti va sanʼati dekadasida qatnashdi. 2-10-aprel 1970 yili V.Lenin 100-yilligiga bagʻishlangan SSSR xalqlari sanʼati bayramida qatnashdi. 1-10-iyun 1974 yili Qirgʻiziston SSR va Qirgʻiziston Kompartiyasi 50-yilligiga bagʻishlangan SSSR xalqlari sanʼati „Olatogʻ bahori“ 5-festivalida qatnashdi.
Teatr jamoasi 1974 yili qardosh Oʻzbekiston poytaxti Toshkentda gastrolda boʻldi. Teatr jamoasi ilgari bir necha marta Oʻzbekiston poytaxtida gastrolda boʻlsa-da, bu safargisi dastur koʻlami jihatidan birinchi katta gastrol edi. Toshkentlik sahna muxlislariga toʻrt spektakl — Sharof Rashidovning „Qudratli toʻlqin“ musiqali dramasi , Joʻra Mahmudovning „Sohibjamol“ lirik fojiasi , Qosimali Jontoʻshevning „Moʻylovli qiz“ musiqali komediyasi va Umarjon Ismoilovning „Rustam“ musiqali dramasi hamda katta konsert dasturi namoyish etildi. Tomoshabinlar har bir spektakl va konsertni mamnuniyat bilan kutib oldilar. Safar davomida teatr jamoasi sanʼatni targʻib qilishda muxim rol oʻynagan gastrollarni Oʻzbekistonda muvaffaqiyatli oʻtkazganligi uchun Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi rayosatining faxriy yorligʻi bilan mukofotlandi. Hamma oʻynagan bosh rollari yuksak baholanib , teatrning yetakchi aktyori Joʻraxon Rahmonovga Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi rayosatining 5-iyul 1974 yildagi 164 sonli qaroriga asosan „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni bilan taqdirlandi.[ 8] Ushbu faxriy unvonni qirgʻizistonlik faqat ikkita artistgina olgan.[ 9]
1977 yili teatrda quvonchli voqea yuz berdi. Teatr 1977 yilning birinchi yarim yillik yakunlari boʻyicha Butunittifoq sotsialistik musobaqasida Ittifoq teatrlari ichida ikkinchi oʻrinni egalladi. Teatr nomiga KPSS Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzoligiga nomzod, SSSR madaniyat vaziri P.N. Demichev va madaniyat xodimlari kasaba uyushmalari MQ raisi M. Pashkovdan tabrik telegrammasi keldi va teatr diplom va fahriy yorliq bilan taqdirlandi. 1992 yili avvalgi Kirov nomi oʻrniga teatrga Z.M. Bobur nomi berildi.
Joʻraxon Rahmonov teatr sahnasida 100 dan oshiq rollarni ijro etgan komik , tragik, lirik va dramatik aktyor boʻlgan.[ 10] Uning teatrdagi koʻplab komik luqmalarini, hazil-mutoyibalarini va askiyalarini dramaturg Abdugʻani Abdugʻafurov „Mushtum“ jurnalida , 2000 yilda nashr etilgan „Oʻshning oqil farzandlari“ kitobining 129-130 betlarida yozilgan. Abdugʻani Abdugʻafurovning 1980-yili va fevral 2010 yilda nashr etilgan „Oʻshning akademik teatri“ kitobining 6, 45 betlarida Joʻraxon Rahmonovning Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining faoliyat koʻrsatishdagi xizmatlari aks ettirilgan, 41 betda Joʻraxon Rahmonovning teatr jamoasi bilan birga tushgan rasmi chiqqan. Joʻraxon Rahmonovning Qirgʻiziston madaniyati va sanʼati rivojlanishiga qoʻshgan hissasi yuksak baholanib , Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashi rayosatining ikki marta (№ 44880 10-fevral 1968-yil va № 52654 28-avgust 1974-yil) fahriy yorliqlari bilan taqdirlangan. Qirgʻiziston boʻyicha ushbu fahriy yorliq bilan ikki marta mukofotlangan arboblar sanoqli boʻlgan. 28-yanvar 1976 yili 9-besh yillik golibi medali bilan mukofotlandi.[ 11]
1977 yil 7-aprel kuni Joʻraxon Rahmonov kasallikdan soʻng vafot etdi. Juma kuni, uni qabrga qoʻyish marosimida Oʻsh viloyati partiya qoʻmitasining birinchi kotibi , keyinchalik respublika vazirlar kengashi raisi Sulton Ibraimov, Oʻsh shahar ijroiya qoʻmitasi rahbarlari Sultanov, Sidorov va boshqa rasmiylar qatnashgan. Ular oʻzining xayrlashuv soʻzlarida Joʻraxon Rahmonov xaqida iliq soʻzlar aytishgan.[ 12] Joʻraxon Rahmonov vafot etgandan soʻng, qarindoshlarini Oʻsh shahar ijroiya qoʻmitasi raisi chaqirdi va vafot etgan teatr artistini xotirasini abadiylashtirish kerakligini va u tugʻilib oʻsgan va yashagan Alebastrova koʻchasini uni sharafiga nomlash kerakligini taklifini aytgan. Shuningdek Oʻsh viloyati madaniyat boshqarmasi shunday taklif bilan chiqqan[ 13] [ 14] [ 15] . Lekin qarindoshlari azada edi, hech qayerga borishmadi va murojaat etishmadi. Shuning uchun boʻlsa kerak oʻsha paytda Oʻsh shahar ijroiya qoʻmitasi Joʻraxon Rahmonov nomiga koʻchani nomlamadi. Qarindoshlari esa soddaligi, tortinchoqligi va jiddiyligi tufayli oʻzlari ushbu masalani boshqa koʻtarmadi va yelib-yugurmadi. Lekin koʻp yillar oʻtgandan soʻng, tushunib yetyapmizki, Qirgʻiziston madaniyati va sanʼati rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan arboblarni xotirasini abadiylashtiribgina, biz oʻsib kelayotgan avlodda Qirgʻiziston xalqlarining madaniyatini hurmat qilish hissini tarbiyalay olamiz. Joʻraxon Rahmonov yettita farzandni tarbiyalagan . Uyida hamisha pokizalikni talab qilgan. Joʻraxon Rahmonovning toza, ajoyib, maʼnaviy barkamol, insonparvar, yorqin siymosi bizning xotiramizda va qalbimizda abadiy saqlanib qoladi.
Joʻraxon Rahmonov Oʻsh viloyati , Oʻsh shahar , Qorasuv tumani kengashlari deputati boʻlib saylangan.
Oʻynagan rollari
Filmografiya
Joʻraxon Rahmonovning Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrida ijodiy faoliyati 1937 -1977 yillarda. Yuzlab rollar ijro etgan, koʻplab konsert dasturlarida ishtirok etgan. Tomoshabinlarga quyidagi oʻynagan bosh va epizodik rollari yoqqan:
„Boy ila xizmatchi“dagi batrak, „Toʻqtagʻul“dagi Toʻqtagʻul , „Revizor“dagi shahar hokimi , „Uylanish“dagi pristav, M.Rahmonning „Botir va Raʼno“, „Ravshan va Zulxumor“dagi Aynoq botir, „Momaqaldiroq“dagi Dikoy, „Toshbolta oshiq“dagi Toshbolta, „Tohir va Zuhra“dagi Boboxon, „Farhod va Shirin“dagi Yosuman, „Vatan ishqi“dagi Mavlon, „Besh soʻmlik kelin“dagi ota, „Fargʻona tong otguncha“dagi Qodirqul mingboshi, Ch.Aytmatovning „Birinchi oʻqituvchi“, F.G.Litvinskaya, M.Azizovning „Qonli kunlar“, Sohib Jamolning „Ajoyib shaxs“, „Orzigul“dagi shoh, M.Karimovning „Notanish tanishginam“dagi Jengish ogʻa, Nemis ofitseri roli, A.Qodiriyning „Oʻtgan kunlar“, „Nodira“, „Surmaxon“, „Aziz qizlar“, A.Abdugʻafurovning „Qizgʻanchiqlik“, „Aldangan qiz“, Sh.Rashidovning „Boʻrondan kuchli“ va boshqa koʻplab rollari tanqidchilarning tahsinlarini olgan va tomoshabinlarni esida koʻp yillar davomida hanuzgacha qoldi. Shuningdek koʻplab konsert dasturlarida ishtirok etgan.
God
Nazvanie
Originalnoe nazvanie oʻzbekcha : {{{1}}}
Avtor
1937
Obman i lyubov
Makr va muhabbat
Friedrich Schiller
1937
Farhod va Shirin
Farhod va Shirin
Sh. Xurshid
1938
Sluga dvux gospod
Ikki xoʻjayinga bir qul
K.Goldoni
1938
Sablya Uzbekistana
Oʻzbekiston qilichi
Sobir Abdulla
1946
Chest jenщini
Ayol nomusi
Muxtarov
1947
Vesna
Navbahor
Uygʻun
1947
Farhod va Shirin
Farhod va Shirin
Sh. Xurshid
1948
Krasniy galstuk
Qizil galstuk
K. Trenyov
1948
Pesnya jizni
Hayot qoʻshigʻi
Uygʻun
1948
Altinkul
Oltinkoʻl
Uygʻun
1949
Lepestki
Gʻunchalar
Zinnat Fatxullin
1949
Semurgʻ
Semurgʻ
Hamid Olimjon
1950
Adolat
Adolat
Ismoil Akram
1950
Alpomish
Alpomish
Sobir Abdulla
1951
Toktogul
Toʻqtagʻul
J. Bokonbayev
1951
Layli va Majnun
Layli va Majnun
Sh. Xurshid
1952
Yoriltosh
Yoriltosh
Shukur Saʼdulla
1952
Radost
Shodlik
Mahmud Rahmon
1952
Shyolkovoe syuzane
Shohi soʻzana
Abdulla Qahhor
1953
Alisher Navoiy
Alisher Navoiy
Izzat Sulton
1953
Natalka Poltavka
Natalka Poltavka
N. Lisenko
1953
Nurxon
Nurxon
Komil Yashin
1954
Prazdnik na pole
Dalada bayram
Shukur Saʼdulla
1954
Serdechnie sekreti
Yurak sirlari
Baxrom Rahmonov
1955
Oftobxon
Oftobxon
Komil Yashin
1955
Devushka reki Gang
Gang daryosining qizi
Rabindranath Tagore
1956
Ravshan i Zulxumor
Ravshan va Zulhumor
Komil Yashin
1956
Lyubov k Rodine
Vatan ishqi
Zinnat Fatxullin
1956
Sunduk sekretov
Sirli sandiq
I. Axmedov
1957
Alpomish
Alpomish
Sobir Abdulla
1957
Yulduz
Yulduz
Samad Vurgʻun
1958
Oygul i Baxtiyar
Oygul va Baxtiyor
Hamid Olimjon
1958
Imenem revolyutsii
Revolyutsiya nomi bilan
M. Shatrov
1959
Orzigul
Orzigul
Tursun Sobirov
1959
Oshiq Gʻarib va Shohsanam
Oshiq Gʻarib va Shohsanam
Ahmad Bobojon
1959
Tayfun
Tayfun
Ahmad Bobojon
1959
Sekreti parandji
Paranji sirlari
Hamza
1960
Na visokoy zemle
Baland yerda
Quvonchbek Malikov
1960
Tashbalta vlyublyon
Toshbolta oshiq
Hamid Gʻulom
1960
Prinsessa Turandot
Malika Turandot
Carlo Gozzi
1961
Yesli tvoya golova krivaya
Basharang qiyshiq boʻlsa
Rixsi Orifjonov
1961
Dilorom
Dilorom
Komil Yashin
1962
Dva brasleta
Ikki bilakuzuk
Shukur Saʼdulla
1962
Sudba otsa
Otaning taqdiri
Beksultan Jakiyev
1963
Ditya
Farzand
Muhammadjon Xayrullayev
1963
Golos iz groba
Tobutdan tovush
Abdulla Qahhor
1963
Meli xobbon, Nabi tovon
Meli habbonu Nabi tovon
Yahyoxon Mamatxonov
1964
Tragediya poemi
Gʻazal fojiasi
Ahmad Bobojon
1964
Dorogie devushki
Jon qizlar
Boyseitov, Shangitboyev
1964
Otello
Otello
U. Shekspir
1964
Chertova devushka
Shayton qiz
Qosimali Jontoʻshev
1964
Nimmi
Nimmi
Premchand
1965
Guli siyox
Guli siyoh
Sohib Jamol
1965
Lyubov v molodosti
Yoshlikda bergan koʻngil
Zinnat Fatxullin
1965
Gorniy berkut
Togʻ burguti
Qosimali Jontoʻshev
1965
Polyot berkuta
Burgutning parvozi
Izzat Sulton
1966
Neizvestniy chelovek
Nomaʼlum kishi
Izzat Sulton
1966
Gul i Navruz
Gul va Navroʻz
Sobir Abdulla
1966
Materinskoe pole
Momo er
Chingiz Aytmatov
1966
Parvona
Parvona
Uygʻun
1967
Dilorom
Dilorom
Alisher Navoiy
1967
Abdulla Nabiyev
Abdulla Nabiyev
Adham Rahmat
1967
Svati
Qudalar
Oʻtkir Rashid
1967
Devushka s usami
Moʻylovli qiz
Qosimali Jontoʻshev
1968
Skorpion iz altarya
Mehrobdan chayon
Abdulla Qodiriy
1968
Stryapuxa zamujem
Pazanda kuyovga chiqdi
Anatoliy Sofronov
1968
Novaya nevesta
Yangi kelin
Mirzabek Toybaev
1968
Mej dvux ogney
Ikki oʻt orasida
Bekniyozov, Ismoilov
1968
Sojalenie
Pushaymon
Abdugani Abdugafurov
1969
Jenitba
Uylanish
Nikolay Gogol
1969
Strannie veщi
Ajab savdolar
Hamid Gʻulom
1969
Moguchaya volna
Qudratli toʻlqin
Sharof Rashidov
1969
Kogda zarya vzoydyot nad Ferganoy
Fargʻonada tong otguncha
Mirzakalon Ismoiliy
1970
Kto smeyotsya poslednim
Yiqilgan toyganga kular
T. Abdumomunov
1970
Nevesta za 5 som
Besh soʻmlik kelin
M. Oʻrdubodiy
1970
Deshyoviy jenix
Arzon kuyov
Shuhrat
1970
Trebuetsya ljes
Yolgʻonchi darkor
Dimitras Psafas
1971
Priklyucheniya Chandu
Chanduning sarguzashtlari
A.D. Ilovayskiy
1971
Obman po shariatu
Hiylai sharʼiy
Guntekin
1971
Rustam
Rustam
Umarjon Ismoilov
1971
Pered rassvetom
Tong oldidan
Suorun Omolloon
1972
Chertovoe pokolenie
Shayton avlod
Muxtorov
1972
Devushka Atabeka
Otabekning qizi
Toktobolot Abdumomunov
1972
Zlo ot appetita
Baloyi nafs
A. Abdugafurov
1973
Nachalo jizni
Hayotning boshlanishi
Abduqaxxor Mannonov
1973
Groza
Momaqaldiroq
Aleksandr Ostrovskiy
1973
Tashbalta vlyublyon
Toshbolta oshiq
Hamid Gʻulom
1973
Gornaya krasavitsa
Togʻ goʻzali
Saidmurodov
1974
Kuydirmagan kundosh
Kuydirmagan kundosh
A. Abdugafurov
1974
Krasavitsa
Sohibjamol
Jura Maxmudov
1974
Ashirboy
Ashirboy
Aali Tokombayev
1974
Prestuplenie bez nakazaniya
Jazosiz jinoyat
Rixsi Orifjonov
1974
Bunt nevestok
Kelinlar qoʻzgʻoloni
Said Ahmad
1975
Orzigul
Orzigul
Tursun Sobirov
1975
Revizor
Revizor
Nikolay Gogol
1975
Chelovek izdaleka
Uzoqdagi odam
Umaroxunov
1975
Stariki s molodimi dushami
Koʻngli yosh qariyalar
Xutayev
1975
Adolat
Adolat
Ismail Akram
1976
Ruka druga
Doʻstim qoʻli
Mehribon Nazarov
1976
Nikomu ne govori
Hech kimga aytma
T. Abdumomunov
1976
Shutnik Ali
Masxaraboz Ali
Boboxonov
1976
Sunduk sekretov
Sirli sandiq
Axmedov
1977
Perepolox pered svadboy
Toʻy oldidan toʻpolon
Papayan
1977
Urkuya
Urquya
Nasirdin Boytemirov
1977
Nasledstvo otsov
Otalar merosi
A. Abdugafurov
1977
Jalost k jivotnomu
Armonli jonivor
Aali Tokombayev
1937 yil-Friedrich Schiller „Makr va muhabbat“, Sh. Xurshid „Farhod va Shirin“ .
1938 yil-K.Goldoni „Ikki xoʻjayinga bir qul“, Sobir Abdulla „Oʻzbekiston qilichi“
1946 yil-Muxtorov „Ayol nomusi“.
1947 yil-Uygʻun „Navbahor“, Sh. Xurshid „Farhod va Shirin“ .
1948 yil-K.Trenyov „Qizil galstuk“, M.Uygʻun „Hayot qoʻshigʻi“, Uygʻun „Oltinkoʻl“.
1949 yil-Zinnat Fatxullin „Gʻunchalar“, Hamid Olimjon „Semurgʻ“ .
1950 yil-Ismoil Akram „Adolat“, Sobir Abdulla „Alpomish“ .
1951 yil-Bokonbayev „Toʻqtagʻul“ , Sh. Xurshid „Layli va Majnun“ .
1952 yil-Shukur Saʼdulla „Yoriltosh“, Mahmud Rahmon „Shodlik“, Abdulla Qahhor „Shohi soʻzana“.
1953 yil-Izzat Sulton „Alisher Navoiy“ , Lisenko „Poltavalik Natalka“, K. Yashin „Nurxon“.
1954 yil-Shukur Saʼdulla „Dalada bayram“, Bahrom Rahmonov „Yurak sirlari“.
1955 yil-K. Yashin „Oftobxon“, Rabindranath Tagore „Gang daryosining qizi“.
1956 yil-K. Yashin „Ravshan va Zulxumor“, Zinnat Fatxullin „Vatan ishqi“, I.Ahmedov „Sirli sandiq“.
1957 yil-Sobir Abdulla „Alpomish“ , Samad Vurgʻun „Yulduz“.
1958 yil-Hamid Olimjon „Oygul bilan Baxtiyor“, Shatrov „Revolyutsiya nomi bilan“.
1959 yil-Tursun Sobirov „Orzigul“, Ahmad Bobojon "Oshiq Gʻarib va Shohsanam" , A.Bobojon „Tayfun“, Hamza „Paranji sirlari“.
1960 yil-Quvonchbek Malikov „Baland yerda“, Hamid Gʻulom „Toshbolta oshiq“, Karlo Gotssi „Malika Turandot“.
1961 yil-Rixsi Orifjonov „Basharang qiyshiq boʻlsa“, K.Yashin „Dilorom“.
1962 yil-Shukur Saʼdulla „Ikki bilakuzuk“, Beksulton Jakiyev „Otaning taqdiri“.
1963 yil-Muhammadjon Xayrullayev „Farzand“, Abdulla Qahhor „Tobutdan tovush“, Yahyoxon Mamatxonov „Meli habbonu, Nabi tovon“.
1964 yil-Ahmad Bobojon „Gʻazal fojiasi“, Boyseitov, Shangʻitboyev „Jon qizlar“, V.Shekspir „Otello“, Qosimali Jontoʻshev „Shayton qiz“, Premchand „Nimmi“.
1965 yil-Sohib Jamol „Guli siyoh“, Zinnat Fatxullin „Yoshlikda bergan koʻngil“, Qosimali Jontoʻshev „Togʻ burguti“, Izzat Sulton „Burgutning parvozi“.
1966 yil-Izzat Sulton „Nomaʼlum kishi“, Sobir Abdulla „Gul va Navroʻz“, Chingiz Aytmatov „Momo yer“, Uygʻun „Parvona“.
1967 yil-Alisher Navoiy „Dilorom“, Adham Rahmat „Abdulla Nabiyev“, Oʻtkir Rashid „Qudalar“, Qosimali Jontoʻshev „Moʻylovli qiz“.
1968 yil-Abdulla Qodiriy „Mehrobdan chayon“, Anatoliy Safronov „Pazanda kuyovga chiqdi“, Mirzabek Toʻyboyev „Yangi kelin“, Bekniyozov, Ismoilov „Ikki oʻt orasida“, Abdugani Abdugafurov „Pushaymon“.
1969 yil-Nikolay Gogol „Uylanish“, Hamid Gʻulom „Ajab savdolar“, Sharof Rashidov „Qudratli toʻlqin“, Mirzakalon Ismoiliy „Fargʻonada tong otguncha“.
1970 yil-Toktobolot Abdumomunov „Yiqilgan toyganga kular“, Oʻrdubodiy „Besh soʻmlik kelin“, Shuhrat „Arzon kuyov“, D.Psafas „Yolgʻonchi darkor“.
1971 yil-Ilovayskiy „Chanduning sarguzashtlari“, Guntekin „Hiylai sharʼiy“, Umarjon Ismoilov „Rustam“, Suorun Omollon „Tong oldidan“.
1972 yil-Muxtorov „Shayton avlod“, Toktobolot Abdumomunov „Otabekning qizi“, Abdugani Abdugafurov „Baloyi nafs“. * 1973 yil-Abduqaxxor Mannonov „Hayotning boshlanishi“, Aleksandr Ostrovskiy „Momaqaldiroq“, Hamid Gʻulom „Toshbolta oshiq“, Saidmurodov „Togʻ goʻzali“.
1974 yil-Abdugani Abdugafurov „Kuydirmagan kundosh“, Joʻra Mahmudov „Sohibjamol“, A.Tokombayev „Ashirboy“, Rixsi Orifjonov „Jazosiz jinoyat“, Said Ahmad „Kelinlar qoʻzgʻoloni“.
1975 yil-Tursun Sobirov „Orzigul“, Nikolay Gogol „Revizor“, Umaroxunov „Uzoqdagi odam“, Xutayev „Koʻngli yosh qariyalar“, Ismoil Akram „Adolat“.
1976 yil-Mehribon Nazarov „Doʻstim qoʻli“, T.Abdumomunov „Hech kimga aytma“, Boboxonov „Masxaraboz Ali“, Axmedov „Sirli sandiq“.
1977 yil-Papayan „Toʻy oldidan toʻpolon“, Nasirdin Boytemirov „Urquya“, A.Abdugʻafurov „Otalar merosi“, Aali Tokombayev „Armonli jonivor“.
Bundan tashqari, teatr sahnasida koʻplab konsert dasturlarida ishtirok etgan.[ 16]
Olgan mukofotlari
Oilasi
Otasi — Rahmonberdi Madazimov (1875 -1933 ) din arbobi.
Onasi — Bibixon (1884 -1922 ) Oʻratepa shahrida tugʻilgan.
Rafiqasi: Oyimxon (1929 —1997 ).
Farzandlari: Mamir Jurayev (1949 ), Anziratxon (1951 —2015 ), Muyassarxon (1955 ), Sanjarbek hoji (1959 —2012 ), Minuraxon (1962 ), Muazzamxon (1964 ), Anvarbek (1969 —2004 ).
Jiyanlari: Azizullo Izzatullayev , Anvar Qosimov , xonanda Muhammadkarim Soipov
Oʻriboy Rahmonovning qarindoshlari: Xoʻjanazar Huvaydo , Habib Abdullayev
Qudalari tomonidan qarindoshlari: Sulton va Qudrat Toirboyevlar [ 17] [ 18] , Boltixoji Sultonov , Izzat Sulton , Muxtor Sultonov , Mamadali Qurbonov , Mahmud Qosimov , Alisher Otaboyev , Qodir Raxmatovich Parpiyev , Ziroathon (Oyxon) Hoshimova , Erkin Komilov , Murod Zaynobiddinovich Salohiddinov — „Oʻzikkilamchiranglimetall“ OHJ sobiq raisi, Ahmadjon Davidov — Oʻsh shahar ijroiya qoʻmitasi raisi.
Adabiyotlar
Энциклопедия Ошской области, Раздел "Театральная жизнь" . Фрунзе (Бишкек): Глав. ред. Киргизской сов. энциклопедии, 1987 — 110-bet. BBK 92ya2. (rus. )
Таджихон Хасанова: Нар. артистка Киргиз. ССР . Фрунзе: Киргизгосиздат, 1958. −20 s.: il.; 20 sm.
Журнал "Театр", выпуски 7-12 . Москва: Искусство, 1964 — 169-bet. .
"Ошский узбекский музыкальный драматический театр" . Фрунзе: Кыргызстан, 1980 — 16, 23, 33, 35, 39-bet. 21 sm, BBK 85.4. (oʻzb. ) , (rus. ) i (qirgʻ. )
"Видные сыновья Оша" . Ош: Ошская областная типография, 2000 — 129-130-bet. (Archive.is saytida 2018-03-08 sanasida arxivlangan ) (oʻzb. ) i (rus. )
"Ошский академический театр" . Ош: "Азия Принт", 2010 — 6, 41, 45-bet. (Archive.is saytida 2018-03-08 sanasida arxivlangan ) (oʻzb. )
" Qirgʻiziston ravnaqi fidokorlari " энциклопедияси . Ош: "Ризван", 2017 — 30-bet. (Archive.is saytida 2018-03-08 sanasida arxivlangan ) UDK 351/354. BBK 66,3(2Ki). (oʻzb. ) , (rus. ) i (qirgʻ. )
Manbalar
↑ Lyudi, kotorie menyali mir
↑ Oni stoyali u istokov , 2015-02-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-02-03
↑ 9-y tankoviy korpus
↑ 95-ya tankovaya brigada
↑ Arxivnie dokumenti starshego serjanta Raxmanova Juraxona v TsAMO
↑ Bessmertniy polk gvardii starshiy serjant Raxmonov Juraxon
↑ Toirboev Sulton mingboshi
↑ Aktyorskaya dinastiya , 2015-02-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-02-03
↑ Daje iz Gollivuda! Zarubejnie kinozvyozdi, rabotavshie v Kirgizstane , 2019-12-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-12-22
↑ Juraxon Raxmonov , 2017-08-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-09-03
↑ Biografii znamenitostey
↑ Tsentraziya Personi
↑ „V istoricheskom sentre Osha poyavitsya turisticheskiy kvartal“ . 2020-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2020-yil 23-aprel.
↑ V Oshe poyavitsya kvartal remeslennikov
↑ Yest ideya, ili Kak vossozdat v Oshe starinniy kvartal
↑ „V kinoteatre „Mir“ proshli Dni kirgizskogo kino“ . 2018-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2018-yil 3-sentyabr.
↑ Pamirskie pisma kapitana Zaysova , 2020-10-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-12-25
↑ Toirboyev Sulton mingboshi
Havolalar