Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Azizullo Izzatullayev

Азизулло Султонович Иззатуллаев
рус. Азизулла Султанович Иззатуллаев
Tavalludi 4-fevral 1925
Vafoti 25-yanvar 1991
Yangiyoʻl shahrida
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSRI Oʻzbek SSR Oʻzbekiston
Turmush oʻrtogʻi Norposhshoxon Yoʻldosheva
Bolalari Alisher Yoʻldoshev (1967) Yangiyoʻl tumani Kamolot jamgʻarmasi rahbari.
Otasi Izzatullo Sultonov (1900-1977) Toshkent viloyati Shuralisoy qishloq kengashi raisi.
Onasi Nazokatxon Rahmonova (1.03.1902-03.1934) Oʻsh shahrida tugʻilgan.
Mukofotlari 2 darajali Vatan urushi ordeni, , koʻplab medallar, Oʻzbekiston Kompartiya MQ va Oliy Kengashi rayosatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

Azizullo Izzatullayev (4-fevral 1925 — 25-yanvar 1991) — Oʻzbekistonning davlat va jamoat аrbobi, Yangiyoʻl tumani ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (1962-1983 yillar), "Vatan urushi" va „Hurmat belgisi“ ordenlari sohibi.

Hayot yoʻli

Azizullo Sultonovich Izzatullayev Oʻsh shahrida 4-fevral 1925 yili tugʻilgan. Otasi avlodi tomonidan u inqilobdan oldin Oʻsh shahrini sharqiy qismini boshqargan katta oqsoqoli Sulton Toirboyev mingboshiga nevara, Oʻzbekiston SSR vazirlar kengashi raisi oʻrinbosari (1945-1948 yillar), akademik va dramaturg Izzat Sulton, Oʻzbekiston SSR ichki ishlar vaziri oʻrinbosari militsiya general-mayyori Muxtor Nasrullayevich Sultonov, Oʻzbekiston SSR xalq taʼlimi vaziri Sultonovlar bilan aka-ukani farzandlari. Oʻsh shahar militsiyasining va xavfsizlik xizmatining asoschisi va birinchi boshligʻi Boltihoji Sultonov va Oʻzbekiston SSR vazirlar kengashi raisi oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri (1954-1959-yillar) Gʻani Sultonovich Sultonovlar amakilari. Tojikiston SSR vazirlar kengashi raisi, Oʻsh viloyati va Oʻsh shahar ijroiya qoʻmitalari raisi Mamadali Qurbonovich Qurbonov (ammasi Rahimaxonni umr yoʻldoshi) pochchasi boʻladi. Mamadali Qurbonovning oʻgʻli Sergo-Shahzoda (Oʻsh shahrida 1964-yili tugʻilgan) Ural togʻ-metallurgiya kompaniyasi direktor oʻrinbosari, „Transmashxolding“ YoHJ vitse-prezidenti boʻlib ishlaydi.

1943 yili 18 yoshga toʻlganda Azizullo oʻz xohishi bilan urushga borish uchun harbiy komissariatga boradi. Harbiy komissariatda komandir ruschalab: „Familiyang nima?“-deb soʻraydi, Azizullo ruschani tushunmagani uchun javob berishga qiynaladi. Shunda komandir ruscha-oʻzbekcha aralashtirib: „Otangni ismi nima?“-deb soʻraydi. Azizullo: „Izzatulla“-deb javob beradi. Shundan keyin Azizullo Sultonovni familiyasi harbiy xujjatlariga Izzatullayev deb yozilib qoladi. Ikkinchi Jahon Urushidan keyin Azizullo gospitalda Tatyana ismli qiz bilan tanishib qoladi va uni Yangiyoʻlga olib keladi. Tatyana Sovet Ittifoqi qahramoni Zoya Kosmodemyanskayani yaqin qarindoshi boʻladi. Azizullo Izzatullayev 2 darajali Vatan urushi ordeni bilan taqdirlangan. Urushdan qaytgach pedagogika sohasi boʻyicha oʻqib, maktab oʻqituvchisi boʻlib ishladi. Soʻng Yangiyoʻl shahar V. Mayakovskiy nomli maktab direktori, Yangiyoʻl tumani maorif boʻlimi mudiri, temir yoʻl deposida partiya boshlangʻich tashkiloti kotibi, tuman partiya qoʻmitasining masʼul xodimi, tuman ijroiya qoʻmitasi masʼul kotibi, rais oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. Bir necha marta Toshkent viloyati va Yangiyoʻl tumani kengashlariga deputat boʻlib saylangan[1]. Ushbu davrda Yangiyoʻl tumani safida keyinchalik ajralib chiqqan Chinoz va Zangiota tumanlari boʻlgan katta tuman boʻlgan. Azizullo Izzatullayev oʻzining tashkilotchiligi, iqtidori, tirishqoqligi va bilimdonligi bilan Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida 30 yildan oshiq davr mobaynida rahbarlik lavozimlarida ishladi va koʻplab xalq xoʻjaligi inshootlarini, obʼyektlarini qurdi. Bular koʻp qavatli uylar, korxonalar, tashkilotlar, maktablar, ZAGS (fuqarolik holatini qayd etish) binosi, maishiy va xizmat doʻkonlari va boshqalar. Yangiyoʻl tumanida koʻplab yangi binolar qurilishini, yangi shaharchalar barpo etilishini, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini uyushtirdi va boshqardi, koʻp oʻzbek milliy kadrlarni tayyorladi[2].

KPSS MQ siyosiy byurosi aʼzoligiga nomzod, Oʻzbekiston MQ birinchi kotibi Sharof Rashidov Yangiyoʻldagi hukumat dala-hovlisida dam olayotganida, Azizullo Oʻsh shahridagi Kirov (Bobur) nomli teatrning yangi binosi (1979 yili qurilgan) qurilishiga pul mablagʻlari ajratishga yordam berishini soʻragan. Chunki uning togʻalari Oʻrinboy Rahmonov va Joʻraxon Rahmonovlar va onasi tomonidan bobosi Rahmonberdi Madazimov ushbu teatrning asoschilari boʻlishgan.

Kommunistik partiya va Sovet hukumati Azizullo Izzatullayevni Ikkinchi Jahon Urushida koʻrsatgan qahramonliklarini, davlat va jamiyat oldidagi xizmatlarini yuksak baholadi. U 2 darajali "Vatan urushi", „Hurmat belgisi“ ordenlari, koʻplab medallari, Oʻzbekiston Kompartiya MQ va Oliy Kengashi rayosatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

Azizullo Izzatullayevning otasi Izzatullo Sultonov (1900-1977 yillar, qabri Toshkent viloyati Shuralisoy qishlogʻida) yangi yerlarni oʻzlashtishda faol qatnashgan, Shuralisoy qishloq kengashi kotibi, raisi boʻlib ishlagan. Turmush oʻrtogʻi Nazokatxon Rahmonova (1 mart 1902 yil-1934 yil, qabri Oʻsh shahar „Jiydalik“ qabristonida) bilan 5 ta farzand koʻrishgan, 4 tasi ocharchilik paytida vafot etishgan.

Azizullo Izzatullayevning turmush oʻrtogʻi Norposhshoxon Yoʻldosheva 1953-1958-yillarda Chinoz va Yangiyoʻl tumanlaridan ajrab chiqqan Oktabr tumani partiya qoʻmitasida tashviqot va targʻibot boʻlimi mudiri, 1958-yildan 1976-yilgacha Yangiyoʻl tumani 44 sonli Hamza nomli maktabida ilmiy boʻlim mudiri va bir vaqtning oʻzida ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, 1976-yildan 1993-yilgacha maktab direktori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi faxriy unvoni bilan taqdirlangan[3].

25-yanvar 1991 yil Azizullo Izzatullayev vafot etganda, „Yangiyoʻl“ roʻznomasining 29-yanvar 1991 yil sonida taʼziyanomasi (nekrologi) chiqqan. Qabristondagi xayrlashuv marosimida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti davlat maslahatchisi Mavlon Umurzoqov, Respublika xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Bosh vazir oʻrinbosari shoira Halima Xudoyberdiyeva, Toshkent viloyati va Yangiyoʻl tumani hokimlari va boshqa masʼul rahbarlar qatnashgan va nutq soʻzlashgan.

Manbalar

  1. Tsentraziya personi, 2015-02-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-03-21
  2. Vspomnim Izzatullayeva, 2015-02-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-02-05
  3. Mehribon ustoz, 2016-09-11da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-09-11

Havolalar

Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9