Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Konsert

Konsert

Konsert (lotincha: „concerto“ — musobaqalashaman) — 1) oldindan eʼlon qilingan dastur asosida sanʼatkorlarning maxsus joy (zal, sahna)da chiqishi; musiqa, adabiy, estrada asarlarini ommaviy ijro etish. Konsert dastlab mumtoz (simfonik, kamer, yakkaxon vokal hamda yakkanavoz cholgʻu va boshqalar) musiqa asarlarini ijro etilishi hamda tinglanishi uchun tashkil etilgan jamoa tadbiri sifatida namoyon boʻlgan. Birinchi konsertlar 1672–1978-yillarda Londonda skripkachi J.Banister tomonidan uyushtirilgan. XIX asrda esa konsertlarni turli musiqa jamiyatlari, filarmoniyapar tomonidan tashkil etilishi rivoj topgan. Hozirda konsert atamasi badiiy mazmuniga hamda namoyon boʻlish joyiga qarab — adabiy, raqs, kino, estrada konsertlari, radio—konserti va boshqamaʼnolarda talqin etiladi. Oʻzbekistonda konsertlarni "Oʻzbeknavo", "Oʻzbekraqs", "Oʻzbekteatr" davlat birlashmalari, Oʻzteleradiokompaniyasi, Madaniyat ishlari vazirligi va boshqa uyushtiradi;

2) Yevropa mumtoz cholgʻu musiqasi janri, bir yoki bir necha yakkanavoz sozlar va orkestr uchun yozilgan musiqa asari. XVII asr oxiri — XVIII asr birinchi yarmida Yevropa sanʼatida vujudga kelgan (A.Vivaldining skripka va orkestr uchun konsertlari). Yakkanavoz cholgʻu bilan orkestr (yoki cholgʻu guruhlari) oʻrtasida ijodiy musobaqa, munozara konsertning oʻziga xos xususiyatidir. Vena klassik maktabi vakillari ijodida konsertning sonata -simfonik turkumidan iborat yuksak namunalari yuzaga kelgan. L. Betxoven konsertning simfoniyalashuvini boshlab berdi. F.List bir qismli konsert shaklini ijod qildi. Konsert janri, ayniqsa, XIX asr (N.Paganini, F.Shopen, R.Shuman, I.Brams, K.Sen-Sans, P.Chaykovskiy va boshqalar) va XX asrlar (B.Bartok, S.Prokofyev, M.Ravel, S.Raxmaninov, Ya.Sibelius, I.Stravinskiy, P.Xindemit, D.Shostakovich, A.Xachaturyan, Q.Qorayev, A.Shnitke va boshqalar) da keng rivoj topdi. Oʻzbekistonda konsertning ilk namunalari 1940-yillarda paydo boʻldi (G.Mushelning fortepiano konsertlari). Keyinchalik Ik.Akbarov, B.Giyenko, F.YanovYanovskiy, S.Jalil, R.Abdullayev, N.Gʻiyosov, A.Ergashev va boshqalarning ayrim sozlar, turli orkestrlar uchun yaratilgan konsertlari diqqatga sazovor. I.Hamroyev, M.Bafoyev, P.Xoliqov, A.Otajonov va boshqa oʻzbek xalq cholgʻulari uchun konsertlar yaratishgan[1].

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar



Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9