Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Hokim

Hokim – Oʻzbekiston Respublikasida viloyat, tuman, shaharda oliy mansabdor shaxs. Mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi[1].

Etimologiyasi

Hokim soʻzi arab tilidan ,,ﻢﮑﺣ", ,,حاكم" – soʻzidan olingan boʻlib, hukm, farmon beruvchi maʼnolarini anglatadi. Tarixda hukmdor, hokim yoki qozi degan maʼnolarni anglatgan. Hukmdor tomonidan maʼlum viloyat yoki shahar rahbarligi topshirilgan lavozim. Iskandar Maqduniy zamonida mahalliy aholi vakillaridan Artaboz – Baqtriyada, Oksiart va Xoriyen – Soʻgʻdiyona hududlarida hokimlik qilganlar. Amir Temur va temuriylar davrida davlat boshqaruvi oliy darajadagi amaldorlardan tashkil topgan markaziy boshqaruv va viloyat hokimlari qoʻlidagi mahalliy boshqaruvdan iborat boʻlgan. Hokimlar mamlakatning amaldagi haqiqiy egalari edilar. Oʻrta Osiyo xonliklarida muayyan bir shahar va uning atrofidagi qishloqlar ustidan rahbarlikni amalga oshirish uchun belgilab qoʻyilgan amaldorlar hokim deb atalgan. Baʼzan koʻpgina unvonlarda boʻlgani kabi, u shaxslar ismlarining bir qismi sifatida ham uchraydi.

Aksar arab mamlakatlarida hokim atamasi hukmdorlarning unvoni boʻlsa, Indoneziya, Malayziya va Turkiyada hakim soʻzi sudyani bildirgan. Qozogʻistonda äkim atamasi mahalliy darajadagi hokimlar yoki mamlakat ichidagi viloyatlar hokimlarini tavsiflash uchun ishlatiladi.

Oʻzbekistonda hokimlik

Oʻzbekistonda hokim atamasi viloyat hokimi yoki hokimini ifodalash uchun qoʻllanadi. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq Oʻzbekistonda mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini kuchaytirish maqsadida hokim lavozimi taʼsis etildi. Hokim lavozimining joriy etilishi oʻzbek milliy davlatchiligi anʼanalari va tarixiy tajribalarga asoslangandir. ,,Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish toʻgʻrisida" Oliy Kengash tomonidan qabul qilingan qonun (1992-yil 4-yanvar) hokim va hokimlik tuzilmasining asosiy vazifalarini belgilab berdi.

Manbalar

  1. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2000. 




Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9