Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Ism

Ism, ot — bolaning tugʻilganligi qayd etilayotganda unga beriladigan nom. Ism shaxslarni oila, avlod, mahalla, jamoa doirasida ajratishga imkon beradi. Odatda, chaqaloqqa Ismni ota-onasi, qarindosh-urugʻ, oiladagi keksa kishilar tanlaydilar. Qanday Ism qoʻyilishi estetik va etik tamoyillar, Ism tanlovchilarning orzu-istaklari, tasavvur va dunyoqarashlari, milliy xu-susiyat va b. bilan bogʻlangandir. Ism qoʻyishda dinning taʼsiri, ayniqsa, kuchli boʻldi. Xristianlik vujudga kelib, monoteistik dinga aylanganidan keyin Bibliyaaagi paygʻambarlarning Ismlari jahondagi koʻpgina xalqlarda ommaviy Ismlar boʻlib qoldi. Islom dinining tarqalishi Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, oʻzbeklarda bu din tushunchalari bilan bogʻliq Ismlarning koʻpayishiga olib keldi. Xalqimiz Qurʼoni karimda tilga olingan Allohning goʻzal ismlarini (qarang al-Asmo al-Husno), Muhammadning nomlarini oʻz farzandlariga qoʻyishni rasm qildi. Xullas, har bir Ism muayyan sabab bilan paydo boʻlib, oʻzining tarixi, geografik tarqalishi, hududi va mazmuniga ega. Qadim-qadimdan Ism qoʻyishning turli rasm-rusm, udumlari saqlanib qolgan, chunki bolaning sogʻ boʻlishi, yashab ketishi, kelgusi baxti unga qoʻyiladigan Ism bilan bogʻliq boʻladi, deb hisoblangan. Kishiga muvaffaqiyatli tanlangan Ism uning taqdiri, hayotiga katta taʼsir koʻrsatadi, Ism odamning ruhiyatini oʻzida muhjassam qiladi, kishi oʻz Ismiga oʻxshay-di, deb ishonishgan. Musulmon oilalarida bolaga Ism qoʻyish bilan bogʻliq alohida marosim oʻtkazib kelinadi (qarang Aqiqa).

Ismga eʼtibor chaqaloqqa Ism tanlashdan va uni tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma (metrka)ga yozishdan boshlanadi. Mualliflik huquqiga, oila huquqida merosxoʻrni belgilash va sh. k.dagi bir qancha huquqiy munosabatlar Ism bilan bogʻlangandir. Oʻzbekiston Respublikasining OK bolaning Ism olish huquqini belgilaydi (69-modda). Bu huquq bolaning shaxsiy huquqi doirasiga kiradi. Amaldagi qonunlarga binoan, bolaga Ism ota-onaning kelishuviga binoan qoʻyiladi, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari buni hisobga olishga maj-ur. Bolaga Ism qoʻyishda ota-ona oʻrtasida kelishuv boʻlmasa, mazkur nizo vasiylik va homiylik organi tomonidan bola, shuningdek, uning otaonasi manfaatlarini eʼtiborga olib hal etiladi. Bola Ismini oʻzgartirish tartibi OKda belgilab berilgan (70-mod-da). Unga koʻra, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi ota-onaning birgalikdagi arizasiga binoan, bola 16 yoshga toʻlguncha bola manfaatlarini eʼtiborga olib, uning Ismini oʻzgartirishga hakli. 10 yoshga toʻlgan bolaning Ismini oʻzgartirishga faqat uning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.

Tilshunoslikda kishilar I.larini oʻrganadigan alohida soha antroponimika deb ataladi. I.ni til fakti sifatida onomastika oʻrganadi.

Manbalar

Adabiyotlar

  • Begmatov E., Oʻzbek ismlari maʼnosi, T., 1998; Gʻafurov O., Asmaulhusna yoxud tabarruk ismlar, 1—2-qism, T., 1998.
Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9