Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Darvishbek Rahmonov

Дарвишбек Ўринбоевич Раҳмонов
рус. Рахманов Дарвишбек Урунбаевич
Tavalludi 8.04.1952
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Turmush oʻrtogʻi Masturaxon Valiyeva 25.01.1961 tibbiyot hamshirasi, Yangiyoʻl tumanida tugʻilgan.
Bolalari Xurshid (1988), Xulkaroy (1990), Umidbek (1994), Muxsina (1996).
Otasi Oʻrinboy Rahmonov - Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali drama teatrining asoschisi, teatr аrtisti, shoir.
Onasi Tursunxon Toʻychiboyeva 1918 - 19.05.1954 Andijon shahrida tugʻilgan.
Mukofotlari Shuhrat medali, Butunittifoq koʻrik-tanlovlari sovrindori, 1986 yili Toshkent viloyati komsomol mukofoti laureati, Oʻzbekiston Respublikasi koʻrik-tanlovlarida 4 marta mutloq gʻolib, 2 marta ikkinchi oʻrin.

Darvishbek Rahmonov (1952) — "Qaldirgʻoch" namunali sirk truppasi asoschisi, tashkilotchisi, badiiy rahbari va Oʻzbekistonning taniqli sirk sanʼati аrbobi[1].

Hayot yoʻli

Darvishbek Oʻrinboyevich Rahmonov 1952-yili Oʻsh shahrining Shayxlar mahallasida tugʻilgan. Otasi Oʻshda taniqli teatr arbobi Oʻrinboy Rahmonov boʻlgan. Darvishbek polvon otasiga oʻxshab oʻz umrini sanʼatga bagʻishladi. Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanidagi "Qaldirgʻoch" namunali sirk truppasi asoschisi, tashkilotchisi va badiiy rahbari lavozimida ishlaydi.

Darvishbek 1978-yili yangi tashkil etilgan, sobiq SSSRda estrada va sirk yoʻnalishi boʻyicha uchtagina bilim yurtdan biri boʻlgan Toshkent estrada va sirk sanʼati studiyasiga oʻqishga kirib, uni 1981-yilda muvaffaqiyatli tamomlaydi. Darvishbek 1981-yili Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida "Qaldirgʻoch" namunali sirk truppasini tuzdi va 34 yildan oshiq unga badiiy rahbarlik qilib kelmoqda. Uning bevosita rahbarligi ostida sirk jamoasi Butunittifoq koʻrik-tanlovlari sovrindori, 1986-yili Toshkent viloyati komsomol mukofoti laureati, Oʻzbekiston Respublikasi koʻrik-tanlovlarida 4 marta mutloq gʻolibi[2], 2 marta ikkinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻlgan[3]. Darvishbek polvon haqida Toʻlqin Obidovning 1979-yili nashr etilgan „Oʻzbek polvonlari“ kitobida maʼlumotlar va rasmi chiqqan, 53 bet, 37 bet (surʼatda Darvishbek polvon zanjir bilan ustunga oʻrab qulflangan. Ushbu shov-shuvli namoyishning yagona ijrochisi Darvishbek polvon yelka harakatlari orqali tomoshabinlar oldida temir zanjirlarni uzmoqda. Ushbu namoyish ozodlikka chiqayotgan Afrika xalqlariga bagʻishlangan). S.Gʻoyipova, Y.Tojiboyev, U.Mustafoning 2002-yilda nashr etilgan „Yangiyoʻlning yangi odimlari“ kitobida 68 betda, muqovada va boshqa betlarda Darvishbek Rahmonov va "Qaldirgʻoch"ning oltita rangli fotosurʼatlari chiqqan. Bundan tashqari, Darvishbek polvon va u boshqarayotgan "Qaldirgʻoch" namunali sirk truppasi toʻgʻrisida yuzdan ortiq maqolalar gazeta va jurnallarda chiqqan, Oʻzbekiston televideniyesi orqali oʻnlab telekoʻrsatuvlarda chiqishlari namoyish etilgan. Darvishbek Rahmonovning Oʻzbekiston Respublikasi sanʼati va madaniyati rivojlanishiga qoʻshgan hissasi yuksak baholanib, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovning 2002-yil 26-avgustdagi Farmoniga asosan Darvishbek Rahmonov "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan[4]. „Tashkentskaya Pravda“ roʻznomasining 1-betida rasmi chiqqan boʻlib, unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi raisi Erkin Xalilov Darvishbek Rahmonovni Shuhrat medali bilan taqdirlayotgani aks etgan.

Darvishbek Rahmonov Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi faxriy unvoniga nomzodi koʻrsatilgan.

Ijodga kirib kelishi

1975-yilning yozi, Oʻsh shahrida mashhur polvon Ergashxoʻja Norxoʻjayev rahbarligidagi attraksion guruh tomoshalar koʻrsatardi. Darvishbek tosh koʻtaruvchi polvonlarning harakatlarini diqqat bilan kuzatar ekan, oʻzida ham polvonlikka qandaydir ichki ehtiyoj sezdi. Tomosha qizib turgan bir paytda polvon tomoshabinlarga qarab: „Taxtaga qoqilgan mixni kim sugʻurib oladi?“-deb murojaat etadi. Oʻshanda 22 yoshli Darvishbek davraga tushadi va mixni xamirdan qil sugʻurgandek sugʻurib oladi. Qarsaq ustiga qarsak, olqish ustiga olqish boʻladi. Bu muvaffaqiyat tufayli uning kunu-tun sevgan mashgʻuloti tosh koʻtarish boʻlib qoladi. U oltita 32 kilolik toshlarni qoʻlda irgʻitib oʻynar, tishda esa 192 kilolik toshlarni yerdan uzib olar, chalqancha yotib ustidagi 30 kishini bemalol koʻtara olardi. Ustiga taxta qoʻyib, tanasidan avtomashinani oʻtkazardi. Uning qoʻlida mix qoqishi va sugʻurib olishi, poʻlat zanjirlarni uzishi, qoʻli va tishi bilan temirni egishini koʻrgan tomoshabin hayratdan yoqa ushlardi. Zal qorongʻilashib yana yorishadi. Odamlar bir zum tin oladi. Sahnada Darvishbek Rahmonov illyuzion chiqishlar koʻrsata boshlaydi. Uning moʻjizali qoʻllari har xil fokuslarni ijro etadi. Shundoq koʻz oʻngingizda moʻjiza sodir etiladi. Kichkina oppoq soqqalar uning yelkalari osha koʻkragi boʻylab dumalay boshlaydi. Koʻzbogʻlovchining qoʻllari bu soqqalarni qachon va qay holatda qoʻyib yuborganini koʻzingiz ilgʻamay qoladi. Keyingisi yanada hayratlanarli: sizning yoki yoningizdagi kishining sochlari orasidan, choʻntaklaridan, tugmalari ostidan gugurt choʻplarini va xuddi shu tarzda bir hovuch tangalarni terib oladi. Darvishbek illyuzion chiqishlarini shunday chaqqonlik, noziklik bilan bajaradiki, buni koʻrib haqiqiy sanʼat va mahorat egasiga tan berasiz. Darvishbek odamlar nigohini sehrlab gipnoz chiqishlarini ham namoyish etadi.

Taqdimot

Shu davr mobaynida "Qaldirgʻoch" koʻp marta chet ellarda ijodiy safarlarda boʻlgan. Toshkent shahrida oʻtkaziladigan har bir bayram tadbirlarida "Qaldirgʻoch" sirk jamoasi faol qatnashib keladi. Ustoz ishonchini oqlab, Darvishbek polvon rahbarlik qilayotgan namunali sirk jamoasidan 34 yil ichida koʻplab shogirdlari, jonglyorlari, akrobatlari, ekvilibristlari, koʻz bogʻlovchilari, pantomimchilari, qiziqchi-masxarabozlari, dorbozlari va "Qaldirgʻoch" sirk truppasining boshqa sobiq shogirdlari Toʻychi Tojiboyev (Toʻychi Xon)[5], Zuhra Parpiyeva (Tojiboyeva)[6], Azamat Mahkamov, Baxtiyor Tojiboyev, K.Jabborova, Aleksandr Sorokin[7] hozirgi kunda xorijiy professional sirk maydonlarida oʻz sevgan sanʼatlarini namoyish etishmoqda.

Darvishbek polvon hamisha izlanishda, yangi original postanovkalarni qoʻyadi. Dasturlarida koʻchirmachilik koʻrinmaydi, chiqishlari boshqa jamoalardan farq qiladi, ular ijro etgan tomoshalar boshqa guruhlarda qaytarilmaydi.

Darvishbek polvon turmush oʻrtogʻi Masturaxon Valiyeva bilan toʻrt farzand va beshta nevarasini tarbiyalamoqda va sanʼat yoʻlida ularga ustozlik qilmoqda.

Sirk sulolasi

Ot oʻrnini toy bosar deganlariday, Darvishbek Rahmonovning farzandlari Xurshid, Xulkaroy, Umidbek, Muxsinalar "Qaldirgʻoch" sirk jamoasining faol aʼzolari. Ular otasidan sirk sanʼati sirlarini oʻrganishib, bugungi kunda original sirk postanovkalarini qoʻyishmoqda[8]. Oʻgʻli Umidbek yoshligidan sirkka qiziqib, besh yoshida jahonda eng yosh narvon ekvilibristi boʻlgan. U 6 yoshida respublika televizion tanlovining gʻolibi boʻlgan. Shuning uchun Rahmonovlar sirk sulolasidir.

Olgan mukofotlari va sovrinlari

Adabiyotlar

Manbalar

  1. Tsentraziya Personi, 2016-01-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-03-19
  2. Festival sirkovogo iskusstva[sayt ishlamaydi]
  3. Kollektivu 30 let
  4. Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan
  5. Premera sirkovogo spektaklya „Zak-Li-Natel“, 2015-12-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-03-19
  6. Tuychi Xan — Tadjibayev Tuychibay Madaminovich, 2016-03-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-03-19 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 18 (yordam)
  7. Na arene „Lastochka“, 2016-03-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-03-19
  8. Ostonasi oltin deyman uyimni, 2016-02-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-03-19

Havolalar

Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9