Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev

Rasmiy portret (2018)
 2-Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti
Mansab davri
2016-yil 14-dekabrdan – hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi Islom Karimov
Nigʻmatilla Yoʻldoshev (v.b.)
uning oʻzi v.b.
3-Oʻzbekiston Bosh vaziri
Mansab davri
2003-yil 12-dekabrdan – 2016-yil 14-dekabrgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Oʻtkir Sultonov
Vorisi Abdulla Aripov
Samarqand viloyati hokimi
Mansab davri
2001-yil 11-sentyabrdan – 2003-yil 11-dekabrgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Erkin Roʻziyev
Vorisi Rustam Xolmurodov
Jizzax viloyati hokimi
Mansab davri
1996-yil 11-sentyabrdan – 2001-yil 11-sentyabrgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Alisher Toshkenboyev
Vorisi Ubaydulla Yamanqulov
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi
Mansab davri
2024-yil 25-noyabrdan – hozirgacha
Oʻtmishdoshi Rustam Shoabdurahmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev

24-iyul 1957-yil (1957-07-24) (67 yosh)
Zomin tumani, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi (2016–hozirgacha)
Turmush oʻrtogʻi Ziroatxon Hoshimova
Bolalari 3
Istiqomat joy(lar)i Qibray tumani, Toshkent
Ilmiy unvoni texnika fanlari nomzodi
Maʼlumoti Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti
Mukofotlari

Mehnat shuhrati ordeni
Danaker ordeni 1-darajali Doʻstiq ordeni

Vebsayti president.uz/en

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev (24-iyul, 1957-yil, Zomin tumani, Jizzax viloyati, OʻzSSRda tugʻilgan) — Oʻzbekiston davlat va siyosat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi prezidenti, 2016-yildan hozirgacha Qurolli kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni. Turli yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri (2003—2016) va Jizzax, Samarqand viloyatlari hokimi (1996—2003) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2024-yildan Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi.

Hayoti

Shavkat Mirziyoyev 1957-yil 24-iyulda Jizzax viloyati Zomin tumanida tavallud topgan.

Faoliyati

Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta oʻqituvchi, dotsent, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor lavozimlarida ishladi. 1988-yilda „Paxta terish mashinalari sugʻorish agregatlarida ishlayotganda terim uskunalarining texnik barqarorligini taʼminlash“ mavzusida nomzodlik ishini himoya qilgan.

1990-yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, bir vaqtning oʻzida Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat koʻrsatdi.

1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

1996-2001-yillarda Jizzax viloyati hokimi.

2001-2003-yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishladi.

1995-2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham faoliyat olib bordi.

2003-yilda Oʻzbekiston Bosh vaziri etib tasdiqlandi[1][2] va 2005, 2010, 2015-yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan ushbu lavozimga yana uch marta qayta tasdiqlandi.

2016-yil 2-sentabrda Prezident Islom Karimovning vafot etishi munosabati bilan Oliy Majlis Mirziyoyevni Birinchi Prezident dafn marosimini oʻtkazish boʻyicha komissiyaga rais etib tayinladi.

Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin, 6-sentabr 2016-yil
Mirziyoyev Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan.

2016-yil 8-sentabrda Prezident vazifasini bajaruvchi, Oliy Majlis Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev mamlakat rahbari vazifasini vaqtincha bajarish mas’uliyatini oʻzidan soqit qilib, oʻrniga Mirziyoyevni tavsiya qildi[3].

2016-yil 19-oktabr kuni Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasining VIII sʼezdi boʻlib oʻtdi. Unda partiya siyosiy kengashi aʼzosi Sh. Mirziyoyev nomzodini Prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi[4].

2016-yil 4-dekabr kuni boʻlib oʻtgan Prezident saylovi yakunlari boʻyicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi[5].

2016-yil 14-dekabrda rasman oʻz vazifasini bajarishga kirishdi[6].

2021-yil 24-oktabrda 2-muddatga Oʻzbekiston Prezidenti etib saylandi. 6-noyabrda inauguratsiya marosimi boʻldi.

2023-yil 9-iyulda 3-muddatga Oʻzbekiston Prezidenti etib saylandi. 14-iyulda inauguratsiya marosimi boʻldi[7].

Prezidentligi

Mirziyoyevning prezident sifatidagi vakolati 2016-yil 14-dekabrda, oʻzidan oldingi prezident Islom Karimov vafotidan soʻng bosh vazir va prezident lavozimlariga tayinlanishi bilan boshlangan. Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq, uning vakolati 2023-yilda qayta saylangani sababli 2030-yilgacha davom etadi.

Xorijiy davlatlarga tashriflari

AQSh Davlat kotibi Mike Pompeo bilan Davlat departamentida, 2018-yil 17-mayda.

Quyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat rahbari sifatida xorijiy davlatlarga qilgan rasmiy tashriflari keltirilgan[8][9]:

# Davlat Tashrif sanasi Sabab
51 Rossiya bayrogʻi Rossiya 26-27.12.2022 Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning rahbarlarining norasmiy sammiti[10]
50 Fransiya bayrogʻi Fransiya 21-22.11.2022 ikki tomonlama hamkorlik
49 Vengriya bayrogʻi Vengriya 3-4.10.2022 ikki tomonlama hamkorlik[11]
48 Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi 16-17.12.2021 ikki tomonlama hamkorlik
47 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 5-6.12.2021 ikki tomonlama hamkorlik[12]
46 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 27-28.11.2021 Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining oʻn beshinchi sammiti[13]
45 Rossiya bayrogʻi Rossiya 16-18.11.2021 oʻzaro hamkorlik
44 Turkiya bayrogʻi Turkiya 11-16.11.2021 Turkiy davlatlar sammiti[14]
43 Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 16-17.09.2021 Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti[15]
42 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 5-6.08.2021 Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi[16]
41 Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 10.06.2021 oʻzaro hamkorlik[17]
40 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 29.04.2021 oʻzaro hamkorlik[18]
39 Rossiya bayrogʻi Rossiya 23-24.06.2020 Gʻalabaning 75 yilligi[19]
38 Turkiya bayrogʻi Turkiya 19-22.02.2020 oʻzaro hamkorlik[20]
37 Yaponiya bayrogʻi Yaponiya 16-18.12.2019 oʻzaro hamkorlik[21]
36 Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon 13-15.10.2019 turkiyzabon davlat rahbarlari majlisi
35 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 10-11.10.2019 Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat rahbarlari majlisi
34 Belorussiya bayrogʻi Belarus 31.07.2019 oʻzaro hamkorlik[22]
33 Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston 14-16.06.2019 Bishkekdagi ShHT sammiti (2019)
32 Xitoy bayrogʻi Xitoy 24-27.04.2019 oʻzaro hamkorlik
31 BAA bayrogʻi Birlashgan Arab Amirliklari 24-26.03.2019 oʻzaro hamkorlik
30 Olmoniya bayrogʻi Olmoniya 21-23.01.2019 oʻzaro hamkorlik
29 Hindiston bayrogʻi Hindiston 18.01.2019 Xalqaro investitsiya sammiti
28 Rossiya bayrogʻi Rossiya 06.12.2018 oʻzaro hamkorlik
27 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 26-27.11.2018 Shanxay hamkorlik tashkiloti majlisi
26 Fransiya bayrogʻi Fransiya 9-10.10.2018 oʻzaro hamkorlik
25 Hindiston bayrogʻi Hindiston 02.10.2018 oʻzaro hamkorlik
24 Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 27-28.09.2018 MDH sammiti
23 Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston 03.09.2018 Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengashi sammiti[23]
22 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 24-25.08.2018 Orol dengizi masalasidagi xalqaro anjuman[24]
21 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 5-6.07.2018 oʻzaro hamkorlik[25]
20 Rossiya bayrogʻi Rossiya 14.06.2018 FIFA Jahon chempionati 2018 ochilish marosimi[26]
19 Xitoy bayrogʻi Xitoy 8-9.06.2018 Sindaodagi ShHT sammiti (2018)
18 AQSH bayrogʻi AQSh 15-17.05.2018 oʻzaro hamkorlik[27][28]
17 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 15-16.03.2018 oʻzaro hamkorlik[29]
16 Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 9-10.03.2018 oʻzaro hamkorlik
15 Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi 22-25.11.2017 oʻzaro hamkorlik
14 Turkiya bayrogʻi Turkiya 25.10.2017 oʻzaro hamkorlik
13 Rossiya bayrogʻi Rossiya 9.10.2017 MDH sammiti
12 AQSH bayrogʻi AQSh 19.09.2017 BMT sammiti
11 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 17.9.2017 V Osiyo oʻyinlari marosimi
10 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 9.9.2017[30] oʻzaro hamkorlik, Expo 2017
9 Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston 5.9.2017 oʻzaro hamkorlik, chegara masalalari
8 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 9.6.2017 oʻzaro hamkorlik, Ostonadagi ShHT sammiti (2017)
7 Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya Arabistoni 22.05.2017 Islom konferensiyasi tashkiloti sammiti
6 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 20.05.2017 oʻzaro hamkorlik
5 Xitoy bayrogʻi Xitoy 13.05.2017 oʻzaro hamkorlik
4 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 28.04.2017 oʻzaro hamkorlik
3 Rossiya bayrogʻi Rossiya 05.04.2017 oʻzaro hamkorlik
2 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 23.03.2017 oʻzaro hamkorlik
1 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 06.03.2017 oʻzaro hamkorlik

Tashriflar soni

Davlat Tashriflar
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 8
Rossiya bayrogʻi Rossiya 6
Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 8
Xitoy bayrogʻi Xitoy 3
Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston 3
Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 5
AQSH bayrogʻi AQSh 2
Hindiston bayrogʻi Hindiston 2
Turkiya bayrogʻi Turkiya 3
Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya Arabistoni 1
Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi 2
Fransiya bayrogʻi Fransiya 1
Olmoniya bayrogʻi Olmoniya 1
BAA bayrogʻi Birlashgan Arab Amirliklari 1
Belorussiya bayrogʻi Belarus 1
Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon 1

Mukofotlari

Oilasi

Otasi – Miromon Mirziyoyev, Zomin tumanidagi sil kasalliklari dispanseri bosh shifokori boʻlgan. 2000-yillar boshlarida vafot etgan[43].

Turmush oʻrtogʻi – Hoshimova Ziroatxon Mahmudovna, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini bitirgan, muhandis-iqtisodchi, ayni paytda uy bekasi[44].

Katta Qizi – Saida Shavkatovna Mirziyoyeva. Prezident yordamchisi[45]. 2019-yil aprel oyida O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining xorijda O‘zbekiston imijini targ‘ib qilish bo‘yicha PR-markaz faoliyatini muvofiqlashtirish va davlat organlari matbuot xizmatlari bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.

Turmush o`rtog`i - Tursunov Oybek .O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari etib tayinlangan[46]

Kichkina Qizi – Mirziyoyeva Shahnoza[47] Shavkatovna, Oʻzbekiston maktabgacha taʼlim vazirligi boshqarma boshligʻi.

Turmush oʻrtogʻi Umarov Otabek Muhammadaliyevich, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati boshligʻining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti va Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti[48].

Katta o`g`li qamoqda.

Asarlari

Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisidagi nutq / Sh.M. Mirziyoyev. — Toshkent : Oʻzbekiston, 2016. — 56 b.

Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak. Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maʼruza, 2017-yil 14-yanvar / Sh.M. Mirziyoyev. — Toshkent : Oʻzbekiston, 2017. — 104 b.

Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash — yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi maʼruza. 2016-yil 7-dekabr /Sh.M.Mirziyoev. — Toshkent: „Oʻzbekiston“, 2017. — 48 b.

Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Mazkur kitobdan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2016-yil 1-noyabrdan 24-noyabrga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan oʻtkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida soʻzlagan nutqlari oʻrin olgan. /Sh.M.Mirziyoev. — Toshkent: : „Oʻzbekiston“, 2017. — 488 b[49].

Manbalar

  1. Biografiya
  2. Biografiya[sayt ishlamaydi]
  3. Yoʻldoshev
  4. Shavkat Mirziyoyevning tarjimai holi | OʻzLiDeP, 2016-11-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-11-18
  5. Saylov natijalari
  6. Shavkat Mirziyoyevning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari eʼlon qilindi
  7. „O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti o‘z lavozimiga kirishdi“ (2023-yil 14-iyul). 2023-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-iyul.
  8. „Xorijga tashriflar“. 2017-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-avgust.
  9. https://m.kun.uz/news/2018/04/22/savkat-mirzieevning-halkaro-tasriflari-sarisob-va-kejingi-davlatlar
  10. https://president.uz/uz/lists/view/5794
  11. https://president.uz/uz/lists/view/5582
  12. https://president.uz/uz/lists/view/4801
  13. https://president.uz/uz/lists/view/4789
  14. https://president.uz/uz/lists/view/4759
  15. https://president.uz/uz/lists/view/4616
  16. https://president.uz/uz/lists/view/4528
  17. https://president.uz/uz/lists/view/4411
  18. https://president.uz/uz/lists/view/4316
  19. https://m.kun.uz/news/2020/06/22/shavkat-mirziyoyev-amaliy-tashrif-bilan-moskvada-boladi
  20. https://m.kun.uz/news/2020/02/19/shavkat-mirziyoyev-turkiyaga-jonab-ketdi
  21. https://m.kun.uz/news/2019/12/16/shavkat-mirziyoyevning-yaponiyaga-tashrifi-doirasida-50ga-yaqin-hujjat-imzolanadi
  22. https://m.kun.uz/news/2019/07/31/shavkat-mirziyoyev-minskka-yetib-bordi
  23. https://m.kun.uz/news/2018/09/02/savkat-mirzieevning-kejingi-ikki-oj-icidagi-tigiz-ucrasuvlar-grafigi-malum-buldi
  24. https://m.kun.uz/news/2018/08/24/savkat-mirzieev-turkmanistonga-zunab-ketdi
  25. https://m.kun.uz/news/2018/07/04/savkat-mirzieev-kozogistonga-boradi
  26. Shavkat Mirziyoev Rossiyaga borishi rasman tasdiqlandi
  27. https://kun.uz/news/2018/05/10/savkat-mirzieevning-aksga-ilk-rasmij-tasrifi-anik-sanasi-malum-buldi
  28. https://m.kun.uz/news/2018/05/14/prezidentning-aksga-tasrifi-doirasida-85-milliard-dollarlik-sartnomalar-imzolanisi-kutilmokda
  29. [1]
  30. http://m.kun.uz/news/2017/09/09/savkat-mirzieev-ostona-sariga-etib-bordi
  31. PF-2072-son 27.08.1998. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining etti yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va iqtisodiy-ijtimoiy sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
  32. Sh. Mirziyoyevni „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
  33. „Мирзиёев удостоен награды за проведение реформ в Узбекистане“ (ru). Sputnik Таджикистан (2017-yil 2-fevral). Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.
  34. „Президенту Узбекистана вручили в Турции награду «За заслуги перед Евразией»“ (ru). Regnum (2018-yil 23-aprel). Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.
  35. „В Турции президента Мирзиёева наградили премией «За заслуги перед Евразией»“ (ru). ИА EADaily (2018-yil 23-aprel). Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.
  36. „Шавкат Мирзиёев назван «Человеком года в Азии»“ (ru). «Газета.uz» (2018-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.
  37. Jung Hae-myoung. „Koo, Park named 'Asians of the Year'“ (en). The Korea Times (2018-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.
  38. „Шавкат Мирзиёев Нагоя университетининг фахрий доктори бўлди“. Kun.uz.
  39. https://m.kun.uz/news/2020/01/05/shavkat-mirziyoyev-nufuzli-xalqaro-mukofot-bilan-taqdirlandi
  40. „President of Uzbekistan was awarded Supreme Order of Turkic World“. Qaraldi: 2023-yil 3-noyabr.
  41. „Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi“.
  42. „Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning «Oltin Qiron» ordeni bilan taqdirlandi“. kun.uz. Qaraldi: 8-avgust 2024-yil.
  43. „Zomin tumani“. 2020-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-dekabr.
  44. „Ziroatxon Hoshimova“. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-dekabr.
  45. „Saida Mirziyoyeva prezident yordamchisi lavozimiga tayinlandi“. Kun.uz (25-avgust 2023-yil). Qaraldi: 7-sentyabr 2023-yil.
  46. „Мирзиёев, Шавкат Миромонович“, Википедия (ruscha), 2024-07-15, qaraldi: 2024-12-22
  47. „Shahnoza Mirziyoyeva Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi“ (uz-Latn). Газета.uz (2024-yil 13-avgust). Qaraldi: 2024-yil 22-dekabr.
  48. https://m.kun.uz/news/2020/02/09/otabek-umarov-xalqaro-tashkilot-rahbariga-aylandi
  49. Shavkat Mirziyoev: „Bizda 27 yilda turizm boʻlmagan. Davlat yopiq boʻlgan“

Havolalar

Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9