Vladimir PutinVladimir Vladimirovich Putin (rus: Влади́мир Влади́мирович Пу́тин; 7-oktyabr, 1952-yil, hozirgi Sankt-Peterburg shahri) — Rossiya davlat arbobi. Rossiya Federatsiyasining ikkinchi va toʻrtinchi Prezidenti, sobiq Rossiya Bosh Vaziridir. U Boris Yelsin qaroriga binoan 1999-yilning 31-dekabridan prezident vazifasini bajaruvchi boʻlib, 2000-yil 7-mayda prezidentlik lavozimiga oʻtirdi. 2004-yili u ikkinchi muhlatga saylandi; 2008-yilning 7-mayida prezidentlik lavozimini Dmitriy Medvedevga boʻshatdi[4]. Putin 2012-yilgi Rossiya prezidentlik saylovida 64% ovoz yigʻib, uchinchi muhlatga saylandi[5]. U prezidentlik lavozimini 2012-yil 7-mayida egallagan. Forbes jurnali uni Dunyoning eng qudratli kishisi deb baholagan. BiografiyasiSankt-Peterburg universitining yuridik fakultetini tugatgan (1975). Oʻqishni tugatgach, Davlat xavfsizlik organlariga ishga yuborilgan. Germaniya Demokratik Respublikasida ishlagan (1985—1990).
Shaxsiy hayotiOilali. 1983-yil 28-iyul kuni Lyudmila Aleksandrovnaga nikohlangan. Oʻzaro nikohdan ikki farzandi Mariya (1985-yil Sankt-Peterburgda tugʻilgan) va Katerina (1986-yil Drezdenda tugʻilgan) ismli qizlari bor. 6-iyun kuni „Rossiy 24“ telekanaliga intervyu bera turib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning turmush oʻrtogʻi ularning nikohi yakuniga etganini eʼlon qilishdi[7]. Ushbu qadamni izohlab, Vladimir Putin bu „umumiy qaror“ boʻlganini maʼlum qildi. Oʻz navbatida, Lyudmila Putinaning qayd etishicha, soʻnggi vaqtlarda er-xotinlar „deyarli koʻrishishayotgani yoʻq, har birining oʻz hayoti bor“. Manbalar
Havolalar
|