Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Qozon

Qozon

tatarcha: Казан
Shahar, Tataristonning poytaxti
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
55°47′27″N 49°06′52″E / 55.79083°N 49.11444°E / 55.79083; 49.11444
Mamlakat Rossiya
{{{mintaqa_turi}}} Tatariston Respublikasi
Shahariy okrug Qozon
Ichki boʻlinishi shaharda 7-ta tuman
Hukumat
 • Hokim Ilsur Raisovich Metshin
Asos solingan 1005
Ilk eslatilishi 1391
Maydon 425.3 km2 (164.2 kv mi)
Markazi balandligi 60 m
Aholisi
 (#Н/Д[2])
  1. Н/Д[1]
Zichligi 1915 kishi/km2
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar, pravoslavniylar и др.
Etnoxoronim qozonlik, qozonliklar
Telefon kodi 843
Pochta indeks(lar)i 420xxx
Avtomobil kodi 16, 116, 716
[[]] 92401
Qozon xaritada
Qozon
Qozon
Qozondagi Kremlning koʻrinishi
Bauman koʻchasi
Nurilla masjidi

Qozon (tatarcha: Казан, Qazan) — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi shahar, Tatariston Respublikasining poytaxti, Volga daryosining soʻl qirgʻogʻidag yirik port shahar. Rossiyaning iqtisodiy, siyosiy, ilmiy, madaniy markazlaridan biri. Volga daryosi chap sohilida. Yirik daryo porti. Qozon stansiyasi. Avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aeroport bor. Aholisi 1105,3 ming kishi (2002). 5 maʼmuriy tumanga boʻlingan.

Qozonga 1-ming yillik oxirida Qozon

Manba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad namedaryosining oʻrta oqimida bulgʻorlar asos solgan. 1399-yilda Moskva knyazi Yuriy Dmitriyevich qoʻshinlari tomonidan Qozon vayron qilindi va 30 — 40 yildan soʻng qayta tiklandi. Keyinchalik shahar oʻrnida Kreml qurildi. XV asrdan Oʻrta Volga boʻyining yirik iqtisodiy va savdo markazi, 1438-yildan Qozon xonligining poytaxti. 1552-yilda rus podshosi Ivan Grozniy qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. 1708-yil dan Qozon gubernyasi markazi. XIX asrda Qozonda sanoat korxonalari paydo boʻla boshladi. 1804-yilda universitet ochildi. q. 1920—90 yillarda Tatariston ASSR poytaxti.

Mashinasozlik (aviasozlik, motor-sozlik, „Teplokontrol“, vakuum texnikasi ishlab chiqarish birlashmalari; kompressor, elektron-hisoblash texnika mahsulotlari ishlab chiqarish va boshqalar) va metallsozlik, kimyo va neft kimyosi („Kazan-orgsintez“, „Tasma“, kimyo-farmatsevtika korxonalari; sintetik kauchuk, uy-roʻzgʻor kimyosi mahsulotlari va boshqalar), yengil (moʻyna, koʻn-teri mahsulotlari va boshqalar), oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. 11 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet, konservatoriya), 6 teatr (opera va balet teatri va boshqalar), 8 muzey (Tatariston Respublikasi, tasviriy sanʼat, M.Gorkiy nomidagi muzeylar va boshqalar) bor. Shaharda meʼmoriy yodgorliklardan Kreml va yodgorliklar majmuasi (XVI—XVIII asrlar), shu jumladan, Suyumbeka minorasi (XVII—XVIII asr boshlari), Petropavlovsk sobori (XVIII asr, hozirgi sobor binosi — planetariy), Marjoniy masjidi (XVIII asr), gubernator saroyi (XIX asr), qozon universiteti majmuasi (XIX asr, klassitsizm uslubida qurilgan) saqlangan. Qozonda shaharning bunyod etilganiga 1000-yil toʻlganligi munosabati bilan bir yoʻla 5 ming kishi namoz oʻqiydigan toʻrt minorali Qul Sharif jome masjidi oʻz oʻrnida qayta tiklandi. Yevropada eng katta boʻlgan bu masjid 1552-yil Ivan Grozniy Qozonni bosib olgan vaqtda butunlay buzib tashlangan edi.

Qozon Kremli YUNESKO tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan (2000). 2005-yil Qozonning 1000-yilligi nishonlandi. Metropoliten ishga tushirildi.

Tarixi

Volga Bulg'oriyasi chegarasida qal’a sifatida qurilgan. XIIIXIV asrlarda Qozon Oltin Oʻrda tarkibidagi muhim savdo va siyosiy markaz boʻlgan. 1438-yildan boshla Qozon xonligining poytaxtiga aylangan. Shahar nomining maʼnosi kelib chiqishi haqida turli xil fikrlar bor.



  1. Qozon > Данные не обнаружены. Возможно страница переименовывалась. Проверьте справочникКатегория:Википедия:Статьи с неправильными параметрами шаблона Население
  2. Qozon > Данные не обнаружены. Возможно страница переименовывалась. Проверьте справочникКатегория:Википедия:Статьи с неправильными параметрами шаблона Население
Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9