Kastamonu
Kastamonu — Turkiya Respublikasining Kastamonu viloyatining markazi hisoblanadi. 2000-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, shahr aholisi 102,059 kishi boʻlib, shundan 64,606 nafari shahar markazida istiqomat qiladi[1][2]. (2010-yilda shahar markazi aholisi — 91,012 kishi boʻlgan[3].) Shahar 1,834 km2-maydonni egallaydi va 904 m balandlikda joylashgan[4]. TarixShaharga miloddan avvalgi XVIII asrda asos solingan deb taxmin qilinadi. Shahar Rim imperiyasi davrida Timonion (yunonchada: Τιμόνιον) nomi bilan atalgan. Shahar nomining oʻzgarishi X asrga toʻgʻri keladi. Vizantiya imperatori Isaak I Komnenosning otasi boʻlgan mashhur sarkarda Manuel Erotikos Komnenosga imperator Vasiliy II Kastamonu atrofidagi yerlarni bergan. Keyin Manuel Erotikos Komnenos u yerda Kastra Komnenon (Κάστρα Κομνηνῶν) nomli qalʼa qurdirdi. Kastra Komnenon nomi Kastamone deb qisqartirilgan, keyin esa Kastamoni va Kastamonu nomi bilan turkiylashgan[5]. Ibn Battuta shaharga tashrif buyurib, uni „eng katta va eng yaxshi shaharlardan biri, bu yerda tovarlar koʻp va narxlar past“ deb yozib qoldirgan. U bu yerda qirq kun yashagan[6]. Shaharning mashhur soʻfiy avliyosi Shayx Shabon Veliy boʻlgan[7][8]. Shahar oʻrta asrlarda Candaroğulları bekligi va Çobanoğulları bekligining poytaxti vazifasini bajargan. Iqtisodiy tarixiXX asr boshlarida Kastamonu atrofida nikel qazib olingan[9]. TaʼlimKastamonuda 2006-yilda oldin Anqara universiteti va Gazi universiteti qoshida boʻlgan mavjud kollejlar, maktablar va institutlarni oʻz ichiga olgan Kastamonu universiteti tashkil etilgan. Kastamonudagi taniqli oʻrta maktabl: Abdurrahmon Pasa Lisesi boʻlib, shuningdek, Kastamonu Lisesi sifatida ham tanilgan. Ushbu ltsey Usmonlilar imperiyasining oxirida Onadoʻlida tashkil etilgan birinchi zamonaviy oʻrta maktab hisoblanadi. Kastamonu Mustafo Kaya Lisesi Istanbul, Anqara va Izmirdan soʻngra Turkiyadagi eng muvaffaqiyatli oʻrta maktablardan biri sanaladi. Aholisi
Izoh: 1987-yilda İhsangazi shaharchasining ajralib chqishi ortidan, shahar aholisi kamaygan IqlimKastamonu qishi sovuq va yozi iliq boʻlgan nam kontinental iqlimga ega. Yogʻingarchilik yil davomida bir tekis taqsimlanib, bahor oylarida sezilarli oʻsish kuzatiladi.
TransportKastamonu asosiy avtovokzali Turkiyaning koʻpgina yirik shaharlariga avtobus qatnoviga ega. Kastamonu aeroporti faol xizmat koʻrsatadi. Kastamonu, shuningdek, Gʻarbiy Qora dengiz mintaqasi uchun asosiy temir yoʻl punkti hisoblanadi. Taniqli mahalliy insonlar
Galireya
Manbalar
|