Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Moida surasi

Anʼom    5–sura   Niso
Moida surasi — سورة المائدة
Qurʼon nusxalaridan biridagi Moida surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 120, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 5, qora rangda - Moida surasi va Madaniy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 112, 3. Rukuʼsi soni - 16; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Madaniy, 2. Tilovat tartibi:5, 3. Nozil boʻlish tartibi:112, 4. Rukuʼsi:16, 5. Oyati:120, 6. Porasi (Juzi):6-7 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Dasturxon[1][2]
Tasnifi Madaniy sura[3]
Statistika
Sahifasi 106–127[4]
Juz 6-7
Sura raqami 5
Oyatlar soni 120
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 16[5]
Muqattaot harflari yoʻq[6]
Soʻzlar soni 2837
Harflar soni 11 892
Nozil boʻlish tartibi 112[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Anʼom surasi  Keyingisi 5 Oldingisi  Niso surasi
Nozil boʻlish tartibi
Tavba surasi   Keyingisi 112 Oldingisi  Fath surasi
                                   

Moida surasi (arabcha: سورة المائدة, nomining maʼnosi — Dasturxon[8][9]) — Qurʼonning 5-surasi. Madaniy suralardan biri, 120 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 106–127[10]-sahifasida va 6-7-juzida joylashgan. 112-boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy maʼnosi

Qurʼonning eng soʻnggi suralaridan sanaluvchi bu sura Madinada nozil qilingan boʻlib, bir yuz yigirma oyatdan iboratdir. Unda shariat ahkomlari batafsil bayon etilishi bilan birgalikda, eʼtiqod mavzui va ahli kitob haqida ham soʻz yuritiladi. Ushbu surada kishilar oʻrtasidagi aqd (bitim, kelishuv) muomalalari; goʻshti halol boʻlgan hayvonlarni soʻyish masalalari; ov haqidagi hukmlar: haj va umra kabi ibodatlar uchun shart boʻlgan ihrom bayoni; ahli kitoblardan boʻlgan ayollarga uylanish joizligi xususidagi xukmlar; tahorat oʻgʻrilik, zoʻravonlik va buzgʻunchilik jinoyatlarining jazolari; ichkilik va qimor toʻgʻrisidagi soʻnggi-qatʼiy xukm va shariati islomiyyaning yana boshqa koʻpdan-koʻp hukm va qonunlari haqida mufassal maʼlumot beriladi.

Bundan tashqari bu surada bizlarga pand-nasihat va ibrat boʻladigan qissalar hikoya qilinadi. Shunday qissalardan biri Bani Isroilning oʻz paygʻambarlari Muso alayhis-salom bilan boʻlgan mojarolari boʻlib, unda yahudiylar iymonsiz va qoʻrqoqliklari sababli paygʻambar soʻziga kirmay, oqibatda qirq yillab choʻlu sahrolarda sarson-sargardon boʻlib yurganlari aytiladi.

Yana bir qissada esa Odamning ikki farzandi — Qobil va Hobil oʻrtasida boʻlib oʻtgan mujodala — Qobil oʻz birodari Hobilni nohaq oʻldirgani toʻgʻrisida xabar berilib, bu qissa orqali yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi doimiy kurash tasvirlanadi. Bu fojea yer yuzidagi nohaq qon toʻkilish fojealarining birinchisi edi.

Yana Iyso paygʻambarga berilgan moʻʻjizalardan biri — osmondan moida (dasturxon) tushgani voqeasi ham borki, suraning „Moida“ deb atalishining boisi shudir.

Manbalar

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  6. Qurʼondan koʻrilgan.
  7. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  8. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  9. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  10. 604 sahifali Qurʼonda.

Moida surasi (Wayback Machine saytida 2012-06-30 sanasida arxivlangan) — Oʻzbek tilida

Keyingisi: Anʼom surasi 5-sura — arabcha matni Oldingisi: Niso surasi


Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9