Hasanboy Doʻsmatov
Hasanboy Maʼrufjon oʻgʻli Doʻsmatov (oʻzbekcha: Дўсматов Хасанбой Марфжон ўғли; 24-iyun, 1993-yil, Andijon viloyati, Oʻzbekiston) – eng yengil vazn toifasidagi (49 kg) oʻzbek professional bokschisi. 2016-yilgi va 2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari chempioni, jahon chempioni (2023-yil), Jahon chempionati kumush medali sovrindori (2017-yil), Osiyo oʻyinlari kumush medali sovrindori (2018 yil), uch karra Osiyo chempioni (2015, 2017, 2022), Universiada gʻolibi (2013). 2016-yil Val Barker kubogi gʻolibi[1]. 2013—2014-yillarda boks boʻyicha Ukrainaning „Ukraina atamanlari“ yarim professional jamoasi aʼzosi boʻlgan. Professionallar oʻrtasida 1-ogʻir vazn toifasida amaldagi WBA International chempioni. Afsonaviy final bahsi 2016-yil 14-avgustda Yuberxen Martinesga qarshi kechgan va Hasanboy gʻolibnikni qoʻlga kiritgan[2]. Aiba natijalariga koʻra (17.02.2016) 11-chi oʻrinni egallagan[3]. HayotiHasanboy Doʻstmatov 1993-yil 24-iyunda Andijon viloyatida tugʻilgan. Murabbiyi Ziyatdinbek Toygonboyev. Bokschilik faoliyatini 11 yoshida, Andijondagi boks maktabida boshlagan. 2012-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi[4]. Andijon davlat universitetida tahsil olgan[5]. Havaskor boksdagi faoliyatiDoʻstmatov 2009-yilda Qozogʻistonda Qozogʻiston Respublikasi chempioni F. Shonazarov xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnirda birinchi oʻrinni egallab, oʻzining ilk katta muvaffaqiyatiga erishdi. 2011-yilda 49 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida yoshlar oʻrtasidagi mamlakat chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 2013-yilda Olmaotada oʻtkazilgan AIBA jahon chempionatida toʻqqizinchi oʻrin boʻldi. 2014-yilda ukrainalik atamanlar tarkibida rossiyalik David Ayrapetyanga qarshi chorak final jangida gʻalaba qozondi. Oʻsha yili Oʻzbekiston milliy chempionatida ikkinchi, Incheondagi Osiyo oʻyinlarida yettinchi oʻrinni egalladi. 2015-yilda Butunjahon boks seriyasida 7 ta jang oʻtkazib, barcha yetti jangda gʻalaba qozongan. 2016-yil 17-fevraldagi AIBA reytingida 11-oʻrinni egallagan[6]. Havaskor boksdagi natijalari
Professional faoliyati2019-yilning 16-noyabr kuni Doʻsmatov professional ringda meksikalik Jesus Cervantes Villanuevaga qarshi bahs olib bordi. Doʻsmatov ikkinchi raundda Vilyanuevaga chap qoʻli bilan zarba berib, nokautga uchratdi va gʻalaba qozondi[8]. Debyutidan bir yil oʻtib, Doʻstmatov 2020-yilning 24-dekabr kuni Odiljon Sotqinovga qarshi professional bokschi sifatidagi ikkinchi uchrashuvini oʻtkazdi. Doʻstmatov bahsning boshidanoq ustunlik qildi va birinchi raundning oʻzida raqibini toʻrt marta nokautga uchratib nokaut bilan gʻalaba qozondi[9][10]. 2024-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlariHasanboy Doʻsmatov 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining 1/16 finalida Puerto Riko vakili Xuan Manuel Lopesni 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan. Chorak finalda Qozogʻiston vakili Saken Bibossinov bilan toʻqnashib, 3:2 hisobida gʻalaba qozondi[11]. Yarim final bahslarida Kabo Verdelik Daniel Varela de Pinadan ustun keldi va final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi[12]. Finalda Fransiya vakili Billal Bennama ustidan gʻalaba qozondi va oltin medalni qoʻlga kiritdi[13]. Unvon va mukofotlari
Manbalar
|