Asad Toshtemirov
Asad Toshtemirov (2002-yil 16-fevralda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik para taekvondochi. 2018-yildan buyon para taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Xanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari sovrindori, Jahon chempioni. Musobaqalarda K44 klassida ishtirok etadi. Faoliyati2022-yilda Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa Chempionatida -80 kg vazn toifasida kumush medal sovrindori boʻlgan. 2023-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi Yozgi Osiyo oʻyinlarida -80 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2023-yil Meksikada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida -80 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan[1]. 2024-yilning 16—21-may kunlari Vyetnamning Danang shahrida boʻlib oʻtgan para taekvondo bo‘yicha Osiyo ochiq chempionatida +80 kg vazn toifasida bronza medali sohibi boʻlgan. Butunjahon taekvondo federatsiyasining yakuniy reyting natijalariga koʻra +80 kg vazn toifasida 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritgan. Murabbiyi — Bobur Qoʻziyev. Mukofotlari2024-yilda „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni bilan mukofotlangan[2]. Manbalar
|