Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Skripka

Skripka

Zamonaviy standard skripkaning oldi va yonidan koʻrinishi
Torli asbob
Turi

Torli asbob
Hornbostel–Sachs klassifikatsiyasi 321.322-71
(Kompozit xordofon)
Registri

(standart sozlangan skripka)

Skripka (slavyancha skri — gʻijirlamoq) — torli kamonli musiqa cholgʻu asbobi. Skripkasimon cholgʻu asboblari orasida (S, alt, violonchel, kontrabas) yetakchi, eng baland registrli soz. 4 ta tori kvinta intervali boʻyicha sozlanadi. Diapazoni 4 oktavadan oshiq. Umumiy uz. — 600 mm. Skripkaning klassik shakli 15 —16-asrlarda Italiya va Fransiyada yuzaga kelgan. 17— 18-asrlarda Shimoliy Italiya, ayniqsa, Kremona ustalari A. va N. Amati, J. Gvarneri, A. Stradivari va boshqalar skripkaning mukammal namunalarini yaratishgan. Skripkalar simfonik orkestr va cholgu ansambllar asosini tashkil qiladi. 25-29-asrlardan skripkada yakkanavozlik sanʼati rivojlanib kelmoqda, skripka musiqasi yaratilmoqda. Bu sohada 19-asrda virtuoz skripkachi va mashhur kompozitorlar N. Paganini, P. Sarasate va boshqalarning xizmati katta boʻldi. 20-asr skripkachilaridan F.Kreysler (Avstriya), I. Menuxin (Angliya), I. Stern, I. Perelman (AQSH), A.S.Mutter (Germaniya), Sh. Mins (Isroil), G. Shering (Meksika), D. Oystrax, L. Kogan, M. Vengerov (Rossiya), G. Krem yer (Latviya) va boshqalar mashhur. Oʻzbekistonda M. Reyson, N.Pover, V. Yudenich va boshqa skripkachilar tanilgan. Hozirda yosh avlod ijrochilaridan D.Xoliqov, N. Hoshimov, T.Yaxshiboyev va boshqalar xalqaro tanlovlarda gʻalabalarga erishgan. Oʻzbekiston kompozitorlari skripka uchun konsertlar (Ik. Akbarov, S.Jalil va boshqalar), sonatalar (G. Mushel, N.Zokirov va boshqalar) kabi asarlar yaratishgan. 20-asr boshidan oʻzbek (Andijon maktabi va boshqalar) sozandalari baʼzida skripkadan gʻijjak oʻrnida foydalanishadi.

Asosiy uslublar:

  • Detaché — har bir nota kamonchaning alohida siljishi va uning yoʻnalishini oʻzgartirish bilan olinadi;
  • Martelé — kamonchaning itarishi bilan olinadigan shtrix;
  • Staccato — kamoncha bilan pastga va tepaga toʻxtab-toʻxtab yurgazish;
  • Staccato volant — Stakkatoning yana bir koʻrinishi. Chalish davomida kamoncha sakrab, simlardan uzoqlashadi;
  • Spiccato — sakrovchi shtrix, juda yengil staccato;
  • Tremolo — bir tovushning koʻp marotaba tez-tez takrorlanishi;
  • Legato — tovushlarning bir maromda, toʻxtashlarsiz ijro etilishi;
  • Col legno — kamonchaning yogʻochi bilan simga urilishi. Bu tovushdan bastakorlar simfonik musiqada foydalanadilar.




Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9