Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Oʻzbekiston Qahramoni

Oʻzbekiston Qahramoni
Shior orden va faxriy unvon
Taqdirlash asosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Holati topshiriladi
Statistika
Koʻrsatkichlari 750 probali oltin qotishmasi
medal og‘irligi – 12,5 gramm
Taʼsis sanasi 1994-yil 5-may
Birinchi taqdirlash 1994-yil 5-may
Oxirgi taqdirlash 2021-yil 24-avgust

Oʻzbekiston QahramoniOʻzbekistonning oliy darajadagi unvoni. 1994-yil 5-mayda taʼsis etilgan[1]. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga davlat va xalq oldidagi qahramonona jasorat koʻrsatish bilan bogʻliq xizmatlari uchun beriladi. Unvon ayrim hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslarga ham berilishi mumkin. „Oʻzbekiston Qahramoni“ Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan beriladi. Unvonni berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar rahbarlarining hamda jamoat birlashmalari respublika organlarining taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi. „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlangan shaxsga oliy nishon — „Oltin Yulduz“ medali va unvon berilganligi toʻgʻrisidagi hujjat topshiriladi. „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlangan shaxslar oylik ish haqiga yoki pensiyaga qoʻshimcha ravishda eng kam oylik ish haqi miqdorida oy sayin toʻlanadigan ustama mukofot oladilar, qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan imtiyozlardan foydalanadilar. „Oltin Yulduz“ medali 750 darajali (probali) oltin qotishmasidan tayyorlanadi va old tomonida har bir qirrasining ikki yonbagʻridan oltin nurlar taralgan sakkiz qirrali yulduz shaklida boʻladi, ogʻirligi 12,5 f. „Oltin Yulduz“ medali koʻkrakning chap tomoniga orden va medallardan yuqoriroqqa taqiladi. „Oʻzbekiston Qahramoni“ faqat bir marta beriladi. „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni vafotidan keyin berilgan taqdirda „Oltin Yulduz“ medali va unvon berilganligi toʻgʻrisidagi hujjat mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.

Mukofotlanganlar

Manbalar

Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9