Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Amir Temur ordeni

Amir Temur ordeni
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taqdirlash asosi davlatchilikni mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari, meʼmorchilikni, ilm-fan, adabiyot va sanʼatni, shu jumladan, harbiy mahoratni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissalari uchun
Holati topshiriladi
Statistika
Birinchi taqdirlash 1996
Navbat
Toʻngʻich mukofot Mustaqillik ordeni
Kenja mukofot Jaloliddin Manguberdi ordeni

"Amir Temur" ordeni — Oʻzbekistonning davlat mukofotlaridan biri. 1996-yil 26-aprelda taʼsis etilgan.[1]

Nizomi

Bu orden bilan davlatchilikni mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari, meʼmorchilikni, ilm-fan, adabiyot va sanʼatni, shu jumladan, harbiy mahoratni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissalari uchun OʻzR fuqarolari mukofotlanadilar. Ushbu orden bilan davlatlararo hamkorlikni, tinchlikni hamda xalqlar oʻrtasida doʻstlikni mustahkamlash ishiga alohida hissa qoʻshganlik uchun OʻzR fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. Orden bilan mukofotlangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan imtiyozlardan foydalanadilar. Orden koʻkrakning oʻng tomoniga „Mustaqillik“ ordenidan keyin taqiladi. „Amir Temur“ ordeni bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda orden, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla beriladigan pul toʻlovi mukofotlanganning oilasiga topshiriladi. Ordeni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining yetmish karrasi miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar.[2]

Tavsifi

„Amir Temur“ ordeni 1 mikron qalinlikdagi oltin qoplangan 925 darajali (probali) kumushdan tayyorlanadi va ikki yon bagʻridan nurlar taralgan sakkiz qirrali musamman koʻrinishida boʻladi. Musammanning burchaklari orasida yashil rang emal qoplangan taram-taram boʻlib taralayotgan nurlar joylashgan. Musammanning qarama-qarshi uchlari orasidagi masofa — 57 millimetr. Nurlar jo boʻlgan aylananing diametri — 52 millimetr. Ordenning markazida ot mingan Amir Temurning qiyofasi kumush rangda tasvirlangan. Otliq ortidagi rangli emaldan ishlangan manzara moviy rangda. Otliq qiyofasini oʻrab turgan aylananing yuqorisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining ramzi — yarim oy va yulduzni oʻz ichiga olgan moviy musamman tasvirlangan. Musamman jo boʻlgan maydonning diametri — 10,5 millimetr. Yarim oy hamda besh qirrali yulduz jo boʻlgan maydonlarining diametrlari tegishlicha — 5,0 millimetr va 2,6 millimetr. Aylananing yuqori qismida oq rangli emal manzarada AMIR TEMUR yozuvi bitilgan boʻlib, u yoqutrang emal bilan qoplangan. Harflarning balandligi — 2,5 millimetr. Aylana boshdan oxirigacha marjonli naqshlar bilan oʻralgan. Aylananing diametri — 36 millimetr, qalinligi — 6 millimetr. Aylananing pastki qismida oq rangli emal manzarada moviy emaldan ishlangan KUCH — ADOLATDA soʻzlari bitilgan. Harflarning balandligi — 3 millimetr. Aylananing chekkalari har ikki tomondan 1 millimetr qalinlikdagi qizil emaldan ishlangan qabariq hoshiya bilan oʻralgan. Aylanalarning yuqori va pastki qismlari diametri 2,7 millimetrli ikkita yoqut tosh bilan ajratilgan. Ordenning orqa tomoni botiq boʻlib, markazida ordenni taqish uchun burama shtift va murvat bor. Pastki qismida ordenning tartib raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilgan. Ordenning qalinligi — 8 millimetr. Ordenning ogʻirligi — 60,5 gramm.

Taqdirlanganlar

  1. Islom Abdugʻaniyevich Karimov - davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994).
  2. Boʻriboy Ahmedov - tarixchi, atoqli oʻzbek sharqshunosi, manbashunos, X-XIX asrlarga oid fors manbalari boʻyicha yirik mutaxassis, faxriy professor. Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasining faol aʼzosi.
  3. Inoyatov Rustam Rasulovich - davlat va jamoat arbobi.
  4. Rustam Qosimjonov - oʻzbek xalqaro shaxmat grossmeysteri, FIDE tasnifiga koʻra 20042005-yillar davomida shaxmat boʻyicha jahon chempioni, 1998-yilda Osiyo chempioni boʻlgan[3].
  5. Samarqand shahri[4].
  6. Shahrisabz shahri[5].
  7. Termiz shahri.
  8. Solijon Sharipov - uchuvchi va fazogir. Birinchi oʻzbek fazogiri[6].
  9. Andijon viloyati[7].

Manbalar

Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9