Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Mir Jafar Bagʻirov

Mir Jafar Abbos o‘g‘li Bag‘irov
Mir Cəfər Bağırov

1948-yilda Bagʻirov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 17-sentyabr 1896-yil
Quba, Rossiya imperiyasi
Vafoti 7-may 1956-yil(1956-05-07)
(59 yoshda)
Sibir, SSSR
Bolalari Mirza Bagʻirov, Jahangir Bagʻirov, Jen Bagʻirov[1]

Mir Jafar Abbos oʻgʻli Bagʻirov (ozarbayjoncha: Мир Ҹәфәр Аббас оғлу Бағыров:, Mir Cəfər Abbas oğlu Bağırov deya romanizatsiya qilinadi, ruscha: Мир Джафар Аббасович Багиров; 1896-yil 17-sentyabr – 1956-yil 7-may) 1933-yildan 1953-yilgacha boʻlgan davrda Iosif Stalin rahbarligidagi Sovet Ittifoqi tarkibidagi Ozarbayjon SSRning kommunistik yetakchisi boʻlib faoliyat olib borgan[2].

Yoshligi

Bagʻirov 1896-yilda Boku guberniyasining Quba shahrida tugʻilgan, keyinchalik Petrovskda pedagogika sohasida taʼlim olgan. M. J. Bagʻirov 1915-yildan 1917-yilgacha Xudat qishlogʻida maktab oʻqituvchisi boʻlib faoliyat olib borgan[3]. U 1917-yilning mart oyida bolsheviklarga qoʻshildi va Quba inqilobiy qoʻmitasi rais oʻrinbosari lavozimiga saylandi[4]. 1918-yildan 1921-yilgacha Oktyabr inqilobi va Rossiya fuqarolar urushida faol ishtirok etgan. Bu davrda Bagʻirov polk komandiri, Ozarbayjon diviziyasining harbiy komissari, Rossiya harbiy qoʻmondonligining Kavkaz korpusi maslahatchisi va Ozarbayjon diviziyasining inqilobiy tribunali boshligʻi lavozimlarida xizmat qilib kelgan. Ozarbayjon, Sovet tomonidan bosib olingandan soʻng, Bagʻirov Ozarbayjonning Qorabogʻ viloyati inqilobiy qoʻmitasi raisi etib tayinlandi. Maʼlum qilinishicha, Bagʻirov Ozarbayjon Demokratik Respublikasi politsiyasida ham ishlagan. 1921-yil fevral oyida u sovet maxfiy politsiyasi boʻlmish Chekaga aʼzo boʻlgan. Keyinchalik bu tashkilot OGPU deb qayta nomlandi. 1927–1929-yillarda u Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasining Suv taqsimoti boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan. Bagʻirov 1929-yilning dekabr oyidan 1930-yilning avgust oyigacha Ozarbayjonda davlat xavfsizlik xizmati boshligʻi lavozimida ishlagan.

Beriya bilan munosabati

Bagʻirov (chapda turibdi) at the Butunittifoq Kommunistik partiyasining (bolsheviklar) 17-syezdi, (chapdan) Lavrentiy Beriya, Nikolai Yezhov, Aghasi Xanjian hamda Robert Eikhe

1921-yilda Bagʻirovning Chekada ishlagan yordamchilaridan biri yosh Lavrentiy Beriya boʻlib, u Bagʻirovning karerasini qoʻllab-quvvatlagan[5]. Keyinchalik Beriya, Bagʻirovga oʻz minnatdorchiligini bildirib, 1932-yilda uni uchta Kavkazorti respublikalari (Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya) rahbari etib tayinlashda yordam bergan. Avvaliga Beriya, Bagʻirovning Ozarbayjonda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasining „mas’ul yoʻriqchisi“ lavozimiga tayinlanishini tashkil qilib, keyin uni Ozarbayjon kommunistik partiyasining rahbari etib tayinlashga koʻmaklashgan.

Kommunistik partiyaning birinchi kotibi

Bagʻirov 1933-yil dekabr oyidan 1953-yil apreligacha Ozarbayjon Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasining birinchi kotibi lavozimida ish olib borgan. U Leningraddagi Andrey Jdanovdan tashqari, Buyuk tozalash davri mobaynida oʻz lavozimini saqlab qolgan yagona mintaqaviy partiya rahbari boʻlgan. Shu davrda Ozarbayjonda 10 000 dan ortiq kishi Bagʻirovga suiqasd uyushtirish fitnasida ayblanib, otib tashlangan[6]. 1937-yil oktyabrda, bir qator amaldorlar „xalq dushmanlari“ deb qoralangandan soʻng, Bagʻirov Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasining toʻlaqonli aʼzosi etib tayinlandi.

1953-yil 7-mart sanasida, Iosif Stalin vafot etishi bilanoq, Bagʻirov Markaziy Qoʻmita Prezidiumi (Siyosiy byuro)ga nomzod aʼzo etib tayinlangan. Bu uning Rossiyadan tashqaridagi kichikroq Sovet respublikalaridan birida joylashgan eng yuqori mansabdagi kommunistik rahbar sifatida rasman tan olinganini anglatgan[7]. 21-aprel kuni oʻzini Ozarbayjon SSR Vazirlar Kengashi raisi lavozimiga tayinlagan, biroq 19-iyulda Beriyaning qamoqqa olinishi oqibatida lavozimidan chetlashtirilgan.

Yana qarang

Ozarbayjon rahbarlarining roʻyxati

Manbalar

  1. „В Индии скончался сын коммунистического вождя Азеpбайджана“. Novosti.ru (2005-yil 9-aprel). Qaraldi: 2010-yil 4-may.
  2. "Stalin's Personality Cult. Three Times I Changed My Mind". Azerbaijan International. September 1999. http://azeri.org/Azeri/az_latin/latin_articles/latin_text/latin_73/eng_73/73_stalin_cult.html. Qaraldi: 2010-05-04. Mir Jafar Bagʻirov]]
  3. „Directory of Biographies. Mir Jafar Baghirov“. 2011-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-may.
  4. „Багиров Мир Джафар Аббасович 1896-1956 Биографический указатель“. Chronos. Qaraldi: 2022-yil 19-yanvar.
  5. „Багиров Мир Джафар Аббасович 1896-1956 Биографический указатель“. Chronos. Qaraldi: 2022-yil 19-yanvar.
  6. Medvedev, Roy. Let History Judge, The Origins and Consequences of Stalinism. Nottingham: Spokesman, 1976 — 344-bet. 
  7. Conquest, Robert. Power and Policy in the U.S.S.R.. London: MacMillan, 1961 — 197-bet. 

Havolalar


Partiya siyosiy idoralari
Oʻtmishdoshi:
Ruben Rubenov
Ozarbayjon Kommunistik partiyasining birinchi kotibi
1933–1953
Vorisi:
Mir Teymur Yaqubov
Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9