Koʻra
Koʻra yoki Kura (turkcha: Kura, ozarbayjoncha: Kür, gruzincha: მტკვარი[2], armancha: Կուր[3])— Kavkazortidagi daryo. Uzunligi 1364 km, havzasining maydoni 188 ming km². Old Osiyo togʻligining gʻarbiy qismidan boshlanib, asosan, Gruziya va Ozarbayjon hududlaridan oqib oʻtadi va Kaspiy dengiziga delta (maydoni 100 km²) hosil qilib quyiladi. Koʻra yuqori oqimida togʻlar orasidan shiddat bilan oqadi. Tbilisi shahridan quyida Koʻra vodiysi kengayadi. Koʻraning quyilish joyidan 236 km yuqorida unga oʻngdan Araks daryosi quyiladi. Qor-yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 575 m³/sek. Quyi qismida kema qatnaydi. Suvi sugʻorishga sarflanadi. Suvining bir qismi kanal orqali Araksga oqiziladi. Koʻrada Zemo-Avchala, Mingechaur (suv omborlari bilan) GESlari qurilgan. Daryo deltasida baliq ovlanadi.[4] Manbalar
|