Jalilobod
Jalilobod (ozarbayjoncha: Cəlilabad) Ozarbayjon Respublikasi Jalilabad tumani maʼmuriy markazi. Jalilobod shahrining 1967-yilgacha boʻlgan nomi Astraxon-bozor[2]. Geografiyasi va iqlimiJalilabod Mugʻon tekisligida, Misharchoy daryosi boʻyida, poytaxt Bokudan 215 km, Novogolovka temir yoʻl vokzalidan 12 km gʻarbda joylashgan[3]. TarixiDastlab, aholi punkti Hosilli deb nomlangan, bu odam ismidan kelib chiqqan (Hosil kishi ismi, -li qoʻshimcha). Keyinchalik Hosilli qishlogʻi Astraxon-bozor' nomini oldi[4]. 1967-yilda shahar ozarbayjon yozuvchisi Jalil Mammadqulizoda sharafiga Jalilobod deb nomlandi[3]. 1989-yil 29-dekabrda Jalilabodda Neymat Panaxov boshchiligidagi Ozarbayjon Xalq fronti faollari shahar partiya qoʻmitasi binosini egallab oldilar, oʻnlab odamlar yaralandi[5]. 1992-yildan Dariligʻ qishlogʻi Jalilabod shahri tarkibiga kiradi. Aholisi1886-yildagi oila roʻyxatlari materiallariga koʻra, Asulluda (Hosilli) 36 ta tutun (yaʼni xonadon) va 236 kishi yashagan va barchasi „tatar“ shialar (ozarbayjon shialar) boʻlgan[6]. 1921-yilgi Ozarbayjon qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Ozarbayjon SSR Lankoran uyezdi Astraxon-bozorda 1908 kishi (455 xoʻjalik) roʻyxatga olingan. Aholisi asosan ozarbayjon turklari (ozarbayjonlar)[7]. 1959-yilgi aholini roʻyxatga olishda Astraxon-bozorda 6076 kishi yashagan[8]. 1979-yilgi roʻyxatga olishda Jalilobod shahri aholisi 19 962 kishini tashkil qilgan[9], 1989-yilgi roʻyxatga olishda 25 846 kishiga koʻpaygan[10]. IqtisodiyotiShaharda yogʻ-pishloq va vinochilik zavodlari bor. Sporti1990-yilda tashkil etilgan Umid futbol jamoasi Jalilobod sharafini himoya qiladi[11]. Arxeologik qazishmalarBu hududda olib borilgan arxeologik qazishmalarda granit pechkalar, sopol idishlar, eneolit davriga oid mehnat qurollari va uy-roʻzgʻor buyumlari topilgan. Shuningdek, hududda Milliy fanlar akademiyasi Arxeologiya va etnografiya instituti xodimlari tomonidan olib borilgan arxeologik qazishmalar davomida Chemenli qishlogʻida topilma aniqlandi. Taxminlarga koʻra, qabrlar miloddan avvalgi davrga toʻgʻri keladi. Yana qarangManbalar
|