Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Toshbaqalar

Toshbaqalar
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sudralib yuruvchilar
Turkum: Toshbaqalar
Binar nomi
Testudines

Toshbaqalar (Testudines) – sudralib yuruvchilar turkumi. Tanasi suyakmuguz yoki suyakteri sovut bilan qoplangan. Sovut orqa (karapaks) va qorin (plastron) qalqondan iborat. Koʻpchilik toshbaqalarning tuzilishi qadimgi davrdan hozirgacha deyarli oʻzgarmagan. Sovutining uzunligi 12 sm dan 2 m gacha. Toshbaqalar koʻzi va hid bilish organlari yaxshi rivojlangan, lekin yomon eshitadi. Tishlari boʻlmaydi, jagʻi tumshuqqa oʻxshash muguz plastinkalar bilan qoplangan. Umurtqa pogʻonasi – boʻyin va dum boʻlimlari harakatchan, boshqa qismlari karapaks bilan birlashib ketgan. Sovutning boʻlishi tufayli oyoqlar kamari suyaklar, qovurgʻalar ostiga siljigan. 250 ga yaqin turi bor. 2 kenja turkum (yashirin boʻyinlilar va yonbosh boʻyinlilar) ga ajratiladi. Yashirin boʻyinlilar (Cryptodira) 8 oila: kaymansimon toshbaqalar, chuchuk suv toshbaqalari, quruqlik toshbaqalari, dengiz toshbaqalari, terili toshbaqalar, yumshoq tanali toshbaqalar va boshqalarni; yonbosh boʻyinli toshbaqalar pelameduzasimonlar va ilon boʻyinlilar oilalarini oʻz ichiga oladi.

Ekologik jihatdan toshbaqalar dengiz va quruqlik toshbaqalariga ajratiladi. Quruqlik toshbaqalari Antarktikadan tashqari barcha qitʼalarda va koʻpchilik orollarda, dengiz toshbaqalari dunyo okeanining tropik va subtropik hududlarida, qisman, bareal qismida tarqalgan. Quruqlik toshbaqalari sovuq tushganda qishki, qurgʻoqchilik paytida yozgi uyquga ketishi mumkin. Quruqlik va dengiz toshbaqalari, asosan, oʻtxoʻr, chuchuk suv toshbaqalari, odatda, etxoʻr (baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, umurtqasizlar bilan oziqlanadi). Toshbaqalar bir necha oy oziqlanmasdan yashashi mumkin. Quruqlikda juftlashadi. Ayrim turlari yil davomida uch martagacha va undan ham koʻp marta bir necha 100 tagacha tuxum qoʻyadi. Tuxumlari sharsimon yoki ellipssimon; quruqlik toshbaqalarida teri ohak poʻchoq, dengiz va chuchuk suv toshbaqalarida poʻst bilan qoplangan. Koʻpchilik turlarining inkubatsiya davri 2—3 oy (fil toshbaqasiniki 6—7 oy). 2—3 yilda jinsiy voyaga yetadi. Toshbaqalarning oʻsishi cheklanmagan, faqat voyaga yetgan davrida sekinlashadi. Bir necha oʻn yil, baʼzan 150 yilgacha yashaydi. Baʼzi toshbaqalarning goʻshti, yogʻi, tuxumi, baʼzan muguz qalqonidan foydalaniladi. Ayrim mamlakatlarda toshbaqalarni koʻpaytirib boqadigan fermalar bor. Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda choʻl toshbaqalari Testudo harsfi eldi tarqalgan. Choʻl toshbaqalari bahor oylari uyqudan uygʻonadi; oʻsimlik maysalari bilan oziqlanib, qisman ekinlarga ziyon yetkazadi. Issiq yoz va sovuq qishda uyquga ketadi. Kuz quruq kelganida yoz uyqusi qish uyqusiga ulanib ketishi mumkin. Toshbaqalar soni kamayib borayotganligi sababli muhofaza qilinadi. 38 turi va kenja turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

Manbalar

  1. Turtle Taxonomy Working Group. Turtles of the World: Annotated Checklist and Atlas of Taxonomy, Synonymy, Distribution, and Conservation Status, 8th, Chelonian Research Monographs (no. 1), Chelonian Research Foundation: Turtle Conservancy, 2017 — 10, 24-bet. DOI:10.3854/crm.7.checklist.atlas.v8.2017. ISBN 978-1-5323-5026-9. OCLC 1124067380. Qaraldi: 2018-yil 20-yanvar. 

Adabiyotlar


Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9