Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Talas (viloyat)

Talas viloyati
Талас областы
Talas viloyati Qirgʻiziston xaritasida
Markazi Talas
Maydoni 11 400 km²
Aholisi

- Barchasi
- Zichligi


231 800 (2011)
20,33/km²

Gubernator Koysun Kurmanaliyeva
(2010-yildan)
ISO 3166-2 KG-T
Soat mintaqai UTC +6
Avtomobil kodi T

Talas viloyati — Qirgʻiziston Respublikasining shim.gʻarbiy qismidagi viloyat, Talas vodiysida joylashgan. Shim., shim.gʻarbdan Qozogʻiston, jan.gʻarbdan Oʻzbekiston va Jalolobod viloyati, sharqsan Norin va Chu viloyatlari bilan chegaradosh. Talas viloyati 1944—55 yillarda mavjud boʻlgan, 1955—80 yillarda tuman, 1980-yilda qaytadan tashkil qilingan. Umumiy maydoni 11,5 ming km². Aholisi 199,9 ming kishi (1999). Markazi — Talas shahri.[1]

Talas viloyatining yer yuzasi togʻli va shu tufayli murakkab relyef shakllariga ega. Gʻarbdan sharqqa 230 km ga choʻzilgan, eng keng joyi 80 km. Vodiyni qurshab turgan Qirgʻiziston va Talas Olatovlari sharqsa bir-biriga yaqinlashib, togʻ tugunini hosil qiladi. Bal. 650 m dan 4500 m gacha. Vodiy tomondagi togʻ yon bagʻirlari daryolar bilan parchalangan.

Talas viloyati turli xil qazilma boyliklariga ega. Konlardan Jeroy oltin koni, Achchiqtosh oltingugurt kolchedan koni katta ahamiyatga ega. Ular geologik jihatdan yaxshi oʻrganilgan. Sanoat zaxirasi boʻyicha bu konlardan oltin ajratib olish va sulfat kislotasini ishlab chiqarish. imkoniyati bor. Kumir, qurilish materiallari mavjud. Iqlimi kontinental. Yogʻingarchilik oz. Tekisliklarda yozi issiq, qurgʻoqchil, qishi sovuq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 20—22°, yanvarniki —6°, —7°. Yillik yogʻin gʻarbda 200 mm, sharqda 400 mm gacha, vegetatsiya davri 130—160 kun.

Viloyat daryolari, asosan, Talas daryosi sistemasiga kiradi. Talas viloyatidagi Qarqara daryosi Axsi daryosiga quyiladi. Talas daryosi kattaligi boʻyicha Qirgʻizistonda 3oʻrinda turadi. Viloyatda tabiiy koʻllar yoʻq. Talas Olatovida muzliklar uchraydi. Tuprogʻi, asosan, boʻz tuproq. Togʻ yon bagʻirlarida (1600– 2500 m)koʻpincha karbonatli qoʻngʻir tuproq va togʻ qora tuprogʻi uchraydi. Oʻsimliklardan chala choʻlda shuvoqefemerli va shuvoqbetaga oʻsimliklar oʻsadi. Balandtogʻ oʻtloqli mintaqada (2500 m dan yuqorida) archa, qaragʻay, pixta oʻrmonlari bor. Glyatsialnival mintaqada (3400–3600 m dan yuqorida) qoyatosh va shagʻallar orasida alp oʻsimliklari oʻsadi. Talas daryosi boʻylarida (Kumushtogʻdan Qoraqoʻlgacha) terak, tol va boshqa keng bargli daraxtlar bor. Togʻ yon bagʻirlaridan yaylov sifatida foydalaniladi.

Yovvoyi hayvonlardan ayiq, silovsin, arxar, togʻ takasi, kiyik, qobon, boʻri, sugʻur, har xil kemiruvchilar, qushlar, daryolarda baliq koʻp. Talas viloyatida Talas davlat kompleks va zoologiya koʻriqxonalari bor.

Talas viloyati Qirgʻiziston Respublikasida qishloq xoʻjaligi. mahsulotlari ayrim turlarini yetishtirishda muhim ahamiyatga ega. Oziq-ovqat, yengil sanoat, qurilish materiallari korxonalari bor. Shulardan eng yiriklari: Talas shahridagi sut, pishloq zavodlari, Qorabura tumanidagi yogʻ zavodi. Shuningdek, non, pivo zavodlari, goʻsht ktlari, tikuvchilik, poyabzal fabrikalari faoliyat koʻrsatadi. Qurilish korxonalaridan gʻisht zavodi, uysozlik kombinati, temirbeton buyumlari korxonasi, shagʻal saralash zavodlari mavjud. Qayindi konidan granit qazib olinadi.

Talas viloyatining asosiy tarmogʻi— chorvachilik. Qoʻy, echki, qoramol, choʻchqa boqiladi. Parrandachilik, yilqichilik rivojlangan. Ot zotlarini yaxshilovchi Talas yilqichilik zavodi mavjud. Dehqonchilikda gʻalla, tamaki, ozuqa, ildiz mevali oʻsimliklar ekiladi. Viloyatning quyi dehqonchilik rnlarida tokchilik, togʻ etaklarida mevachilik rivojlangan.

Viloyatdagi transportning asosiy turi avtomobil transporta. Yirik shaharlarni tutashtiruvchi magistral avtomobil yoʻllari bor.

Talas shahri havo yoʻli orqali Bishkek, Jalolobod, Toʻktagʻul, Yangibozor (Chatqol tumani) bilan bogʻlangan.

Talas viloyatida 3 xalq teatri, adabiyetnografik muzey, rassomchilikhunarmandchilik muzeyi, 4 madaniyat va istirohat bogʻi, Manas gumbazi bor. Manas eposining 1000 yillik yubileyi munosabati bilan noyob Manas majmuasi qurilgan.

Manbalar

  1. "Talas viloyati" OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9