Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Shariat

Shariat (arab. — toʻgʻri yoʻl; islomda qonunchilik maʼnosida ishlatiladi) — Islom huquq tizimi. Sharhida sof huquqiy masalalardan tashqari axloqiy meʼyorlar va amaliy diniy talablar hamda qonun turlari berilgan. Musulmon kishi uchun dunyoga kelishidan to oʻlimigacha yurish-turishini belgilovchi qoidalar toʻplami sifatida qaralgan. Ilk islomda jamiyatni huquqiy boshqarish Qurʼon asosida olib borilgan. Keyinroq musulmonlarning barcha ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va diniy faoliyatini qamrab oluvchi qonunlar majmuasiga ehtiyoj tugʻilgan. Islom xuquqshunoslari bir necha asr mobaynida Shariat meʼyorlarini ishlab chiqqanlar. Sharhiga Qurʼon,sunnat,ijmo va qiyos asos qilib olingan. Shariat huquqiy tizim sifatida 11-12-asrlarda tugal shakllangan. Bunda yozma va ogʻzaki diniy, madaniy, axloqiy, huquqiy, mahalliy urf-odat va anʼanalarning taʼsiri boʻlgan.

Islomda Sunniylik va shialikdagi Shariat tizimlari oʻrtasida muayyan tafovutlar bor. Sunniylikda Hanafiylik, Molikiylik, SHofeʼiylik, Hanbaliylik, Shialikda esa Jaʼfariylik mazhabining oʻziga xos huquqiy tartiblari mavjud. Sharhida davlat(xalifalik) xuquqiy meʼyorlari va majburiyati, meros, jinoyat, jazo, oila, nikoh huquqi, shuningdek, sud ishlarini yuritish, vasiylik koʻrsatmalari berilgan. Shariat xususiy mulkni Alloh tomonidan belgilangan, doimiy va oʻzgarmas deb hisoblaydi. Sharhida barcha xatti-harakatlar, dastlab 2 tur: harom va halolga ajratilgan. Keyinchalik Shariat shakllanib tugallangan davrda 5 toifaga boʻlingan. Bular: farz yoki vojib — bajarilishi muhim va majburiy hisoblangan xatti-harakatlar (Alloh yagonaligiga ishonish, namoz oʻqish, zakot berish, ro'za tutish, Haj ziyoratini ado etish kabilar); sunnat yoki mustahab — majburiy emas, lekin maʼqul, qilish afzal deb hisoblangan normalar (misol uchun: g'usldan oldingi tahorat, ); muboh yoki joiz — ragʻbatlantirilmaydigan va uni bajarmaslik gunoh hisoblanmaydigan ixtiyoriy xatti-harakatlar (misol uchun: bitim, savdo shartnomalari tuzish, safar qilish, yemoq, ichmoq va boshqalar); makruh — jazoga tortilmaydigan, ammo nomaʼqul hisoblanadigan xatti-harakatlar (misol uchun: soʻkinish, kattalarning hurmatini oʻrniga qoʻymaslik, suvni ifloslantirish, hayvonlarga haddan ortiq yuk ortish); harom — qatiy ravishda taqiqlangan xatti-harakatlar (misol u-n: choʻchqa goʻshti isteʼmol qilish, aroq ichish, odam oʻldirish va boshqalar). Shariat jinoyat uchun qatʼiy, lekin odilona choralarni belgilab bergan.

SHariat ilmlari islom dini va unga bogʻliq boʻlgan masalalarni qamrab olgan. Bular tajvid (qiroat), tafsir, hadis, fiqh ilmlari, fiqhning farʼiy (juzʼiy) qismlari hamda kalom ilmidan iboratdir. Shariat ilmlari qatoriga arab tili va arab adabiyoti ham kiriadi, chunki ularsiz Shariat ilmlarini oʻrganish mumkin emas deb hisoblanadi (yana q. Musulmon huquqi).

Adabiyotlar

  • Burhoniddin Margʻinoniy, Hidoya, 1j., T., 2000; Abdulvahhob Xallof, Usul ul fiqh (Islom qonunshunosligi asoslari), 1—2qism, T., 1997; 3—4 qism. T., 1999; Abdulhakim Sharʼiy Juzjoniy, Islom huquqshunosligi, hanafiy mazhabi va Oʻrta Osiyo faqixlari, T., 2002; Saidov A.H., Burhoniddin Margʻinoniy — buyuk huquqshunos, T., 1997; Husniddinov 3., Islom: yoʻnalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000.

Shariat (arab tilida:شريعة) deganda Islom Huquqshunosligi tushuniladi. Ushbu soʻz "yoʻl" maʼnosini anglatadi.




Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9