Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Sangzor

Sangzor
Sangzor (Jizzax yaqinda)
Sangzor (Jizzax yaqinda)
Tavsif
Uzunligi 198
Suv sarfi 2,12 m³/s
Davlat Oʻzbekiston
Sangzor


SangzorJizzax viloyatidagi daryo. Turkistontogʻ tizmasidagi Guralash dovoni yakinida 3400 m ga yaqin balandlikdagi buloqlardan boshlanadi va Jizzax shahridan 70 km shim, gʻarbda, Qizilqum choʻlining janubi-sharqiy chekkasidagi Tuzkon koʻliga quyiladi. Uzunligi 198 km, havzasining maydoni 3220 km² (togʻliq qismi).

Sangzor (V. V. Vereshchaginning surati)

Bosh qismi Guralashsoy nomi bilan ataladi. Kichik Qorashaqshaq qishlogʻi yonida Jontekasoy qoʻshilgandan soʻng u Sangzor nomini oladi. Jizzax shahridan quyida esa Sangzor Qili nomi bilan maʼlum. Yorgʻoq qishlogʻiga qadar Sangzor Turkiston togʻ tizmasi bilan uning tarmogʻi hisoblangan Molguzar togʻlari oraligʻida keng vodiy boʻylab toshloq, serostona oʻzanda shimoli-gʻarbga oqadi. Sangzor — kamsuv dare. Uning oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 4 m³/sek. Jizzax vohasidan oʻtgandan soʻng Sangzorning oʻzani koʻpincha qurib yotadi yoki undan juda oz miqdorda sugʻorishdan ortgan partov suvlar bilan sizot suvlar oqadi. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Yillik suv miqdorining katta shemi mart—iyun oylarida oqib oʻtadi, koʻpincha may oyida toʻlib oqadi. Sangzor suvini tartibga solish va undan toʻlaroq foydalanish maqsadida Jizzax suv ombori qurilgan.

Sangzorga 80 dan ortiq soy va jilgʻalar (Xoʻjasoy, Boyqoʻngʻirsoy, Koʻkjarsoy, Oqqoʻrgʻonsoy, Tangatopdisoy, Sutariq, Baxmazarsoy, Navqasoy va boshqalar) qoʻshiladi. Bu soylarning ayrimlari Sangzorga yetmay tugaydi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9