Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Quyosh tutilishi

Quyosh tutilishi - Quyoshning oy gardishi bilan toʻsilishi natijasida sodir boʻladigan hodisa; Oy oʻz harakati davomida Yer bilan Quyosh orasidan oʻtayotib, maʼlum paytlarda Quyosh yuzasini toʻsib qoʻyadi va Oy soyasi Yerning maʼlum hududiga tushadi. Oʻsha joyda Quyoshning toʻla tutilishi kuzatiladi va atrof qorongʻilashadi. Qolgan joylarda tutilish qisman kuzatiladi. Bir yilda 2 tadan 5 tagacha Quyosh tutilishi boʻlishi mumkin. Yerning Quyosh atrofidagi va Oyning Yer atrofidagi harakatlari choʻzinchoq orbitalar boʻylab boʻlgani sababli ular orasidagi masofa doimo oʻzgarib turadi. Natijada Quyosh va Oyning koʻrinma diametri doim oʻzgarib turadi. Quyosh tutilishi paytida Oyning koʻrinma dia-metri Quyoshnikidan yetarlicha katta boʻlsa, toʻla tutilish sodir boʻladi va uning maksimal fazasi uzoqroq (7,5 min.dan oshmaydi) boʻladi. Oy gardishi Quyosh gardishidan kichik boʻlsa, u Quyosh yuzasini butunlay toʻsa olmaydi va bu paytda u osmonda ingichka yorugʻ halqa (halqasimon tutilish) tarzida kuzatiladi. Oy oʻz orbitasi boʻylab sekundiga 1 km tezlik bilan harakatlangani uchun oy soyasi ham taxminan shunday tezlik bilan harakatlanadi. Lekin, soya oʻz oʻqi atrofida aylanib turgan Yerga tushadi. Yer aylanishining yoʻnalishi ham Oy soyasining harakat yoʻnalishi bilan bir xil boʻladi. Lekin, Yer yuzasidagi maʼlum nuqtaning tezligi Oy soyasi tezligidan kamroq. Bu tezlik ekvatorda eng katta — sekundiga 465 m ga yetadi. Oy soyasi oʻzidan oldinda kutayotgan Yer nuktalarini quvib yetib, katta tezlik bilan undan oʻzib ketadi. Shuning uchun ham Quyosh tutilishi gʻarbdan boshlanib, sharqqa qarab siljiydi va juda katta masofalarga choʻzilib ketadi. Quyosh toʻla tutilishi mintaqasining kengligi 300 km, umumiy uz. 10000 km ga yetishi mumkin. Qadimda kishilar Quyosh tutilishlarini oddindan bilganlar. Ularga tutilish takrorlanib turadigan davr ham maʼlum boʻlgan. Bu saros deb atalib, u 18 yil 11 kun 8 soatga teng. Yer yuzining maʼlum joyida toʻla Quyosh tutilishi kamdan-kam takrorlanadigan hodisa oʻrta hisobda 300 yilda bir marta kuzatilishi mumkin.





Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9