Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Oʻzbekiston — Avstriya munosabatlari

Avstriya–Oʻzbekiston munosabatlari

Avstriya

Oʻzbekiston

Ikki tomonlama munosabatlar

2017-yilning mart oyida Avstriya va Oʻzbekiston oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganiga 25 yil boʻlgan. Avstriya Oʻzbekiston mustaqilligini 1992-yil 15-yanvarda tan olgan va 1992-yil 25-martda diplomatik munosabatlar oʻrnatilgan. Avstriya mustaqil Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan borgan birinchi davlat boʻlgan. 1994-yil boshida Oʻzbekiston Vena shahrida elchixonasini ochgan, uning tarkibiga BMT va YXHT ham kirgan. Oʻzbekistonlik siyosatchilarning xalqaro tashkilotlarning Venadagi tadbirlarida ishtirok etishi ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirishga xizmat qilmoqda.

Iqtisodiy munosabatlar

2012-yilning 22-may kuni Toshkent shahrida Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Avstriya qoʻshma komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtgan. U Avstriya Iqtisodiyot, oila va yoshlar masalalari boʻyicha Federal vazirligining tashqi iqtisodiy aloqalar bosh direktori Frants Vessig boshchiligidagi delegatsiyaning Oʻzbekistonga tashrifi doirasida tashkil etilgan.

2011-yil yakuni boʻyicha ikki davlat oʻrtasidagi tashqi savdo aylanmasi 96,9 million dollarni tashkil etgan. Ikki davlat salohiyati bu koʻrsatkichni oʻn barobar oshirish imkonini beradi, degan vazir oʻrinbosari. 2012-yilning yanvar-mart oylarida oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 15,945 million dollarni tashkil etgan.

Avstriya Tashqi ishlar vazirligi rahbari 2000-yildan beri birinchi marta Oʻzbekistonga keldi

2021-yil 7-noyabr kuni Avstriyaning Yevropa va tashqi ishlar federal vaziri Mixael Linxart Oʻzbekistonga kelgan. Oʻzbekistonning Venadagi elchixonasi xabariga koʻra, tashrif doirasida Avstriya TIV rahbari Toshkentda investitsiya va tashqi savdo, tashqi ishlar vazirliklarida rasmiy muzokaralar oʻtkazgan.

Tomonlar birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan 2018-yilda tashqi savdo aylanmasi ikki baravar oshgan va keyingi yillarda ham ijobiy oʻsish tendentsiyasi saqlanib qolgan. Bundan tashqari, Avstriya kompaniyalarining Oʻzbekiston bozoridagi faolligi sezilarli darajada faollashgan.

Manbalar

Ikki tomonlama munosabatlar

Iqtisodiy munosabatlar

Avstriya Tashqi ishlar vazirligi rahbari 2000-yildan beri birinchi marta Oʻzbekistonga keldi

Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9