Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Mugʻlon

Mugʻlon
shahar
38°57′33″N 65°25′41″E / 38.95917°N 65.42806°E / 38.95917; 65.42806
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Kasbi tumani
Aholisi
23 200
Vaqt mintaqasi UTC+5
Mugʻlon xaritada
Mugʻlon
Mugʻlon

Mugʻlon — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida joylashgan shaharcha.

Shuningdek Mugʻlon Kasbi tumaning markazi hamdir. 2009-yil 13-martda Vazirlar Mahkamasining 68-sonli qaroriga binoan shahrcha maqomi berilgan.

Etimologiyasi

Tilshunos D.Abdurahmonovning izlanishlariga koʻra, mugʻlon yoki moʻgʻlon etnonimidan Muglon qishlogʻining nomi yuzaga kelgan. Tarixshunos olimlar qadimda moʻgʻul, mugʻol, mogʻol, mugʻul etnonimi boʻlganligini aniqlashgan. Lekin ayni mugʻlon yoki moʻgʻlon shaklidagi etnonim mavjud ekanligi haqida dalillar mavjud emas. Sart moʻgʻal, cherikchi moʻgʻul, ali moʻgal, yakka mugal, hafiz moʻgal, qora moʻgʻal singari urugʻ va qabillari, ularning tarmoqlari avvaldan mavjud. Bu urugʻ vakillari Oʻzbekiston, Tojikiston hamda Afgʻon Badaxshonida istiqomat qilishgan. Etnolog tarixchilarning izlanishlariga koʻra, moʻgʻol, moʻgil, mogal urugʻlari bu moʻgʻulistonlik turkiy qabilalar hisoblanadi. Mugal soʻziga -on koʻplik qoʻshimchasining qoʻshilishi natijasida hudud nomi hozil boʻlgan va u moʻgʻullar degan maʼnoni bildiradi. V. P. Yudin, B. X. Karmishevalarning yozishicha mugʻollar bu qadimgi turkiy qabilalardan biri hisoblanadi. Lekin bu qabila Mogʻuliston (hozirgi Mangoliya)dagi moʻgʻul xalqiga aloqasi yoʻq

Shunday qilib, Mugʻlon bu qadimiy turkiy moʻgʻul qabilasi jamoasi joylashgan qishloq, hudud nomi hisoblanadi[1].

Joylashuvi

Mugʻlon shaharchasiga eng yaqin temir yoʻl stansiyasi — Koson (20 km) shahrida joylashgan. Mugʻlondan viloyat markazi (Qarshi shahri) gacha boʻlgan masofa 45 km ni tashkil etadi.

Aholisi

Shaharch aholisi 7 ming kishini tashkil etgan (2003-yil). Shaharchada oʻzbeklar, qozoqlar, qoraqalpoq va tojiklar koʻp yillardan buyon yashab kelmoqda.

Aholini roʻyhatga olish maʼlumotlarida qayd etilishicha, Mugʻlon shaharchasida 2013-yil 1-yanvarda 6465 nafar, 2016-yilda esa 6.6 ming nafar aholi istiqomat qilgan[2].

Iqlimi

Shaharchaning iqlimi keskin kontinental.

Suv taʼminoti

Mugʻlon shaharchasi Obihayot va Kasbi kanallaridan suv oladi.

Ijtimoiy soha

Shaharcha hududida maʼmuriy idoralar, aloqa boʻlimi, avtostansiya, Oʻzbekiston—Turkiya qoʻshma korxonasi, dehqon bozori, 2 umumiy taʼlim maktabi, litsey-internat, madaniyat saroyi, stadion, markaziy kasalxona, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar, madaniy, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliya olib boradi. Mugʻlon— Qarshi, Mugʻlon—Koson yoʻnalishlarida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan[3].

Manbalar

  1. To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 173-bet. ISBN 978-9943-354-60-9. 
  2. Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 151-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7. 
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9