Mirsaid Mirrahimov
Mirrahimov Mirsaid Mirrahimovich (ruscha: Мирсаид Мирхамидович Миррахимов) – vrach-terapevt, tibbiyot fanlari doktori, professor, Qirgʻiziston Respublikasi fanlar akademiyasi akademigi, SSRI, Nyu-york tibbiyot fanlari akademiyakari aʼzosi. SSSI oliy soveti deputati. Ijtimoiy mehnat qahramoni. Millati Oʻzbek. HayotiMirsaid Mirrahimov 1927-yilda Frunza (hozirgi Bishkek) shahrida musiqachilar oilasida tavallud topgan. 1934-yili 7 yoshga toʻlganida 1-sinfga borgan. Ota-onasi uni oʻzbek tilida taʼlim beruvchi toʻliq emas oʻrta-taʼlim maktabida oʻqitadilar. Maktab yillaridayoq Mirrahimov oʻz doʻstlaridan ijobiy hislatlari bilan ajralib turgan. Hamma bolalar kabi oʻynoqi boʻlgan emas, yoshligidan kitob oʻqishni yoqtirgan. Maktabda oʻqib yurganda shaxmat oʻynashni oʻrgangan. 1948-yili, 21 yoshida Qirgʻiziston davlat tibbiyot universitetini tamomlagan. 1955-yilda „Tibbiyot ilmlari doktori“, 1966-yili „professor“, 1974-yili Qirgʻiz SSRi ilmlar akademiyasi Akademiki, 1988-yili SSRI tibbiyot fanlar akademiyasi Akademiki va 1993-yili Markaziy Osiyo kordiologlar assotsatsiyasi direktori lavozimlarini egallagan. 3 farzandning otasi. 2008-yili, 2-oktabrda vafot etgan va Bishkekdagi Ala-Archa mozoriga koʻmilgan. Qoʻshimcha maʼlumotlar
Ijodi700dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi. Ulardan: 39 monografiya, 63 ilmiy maqola, referatlar va koʻplagan tibbiyoy maqolalari. 19ta kashfiyot muaalifi. Mukofotlari
Havolalar
|