Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Manbalar

Manbalar, tarixiy manbalar – oʻtmishda odamzod qoʻli bilan bunyod etilgan tarixiy jarayon izlarini oʻzida aks ettiruvchi va kishilik jamiyati tarixini oʻrganish imkonini beruvchi hozirgi kungacha saqlangan har qanday osori atiqa, yozma manba, maʼnaviy (til, eʼtiqod, urf-odat) qadriyatlar. M. tarixiy tadqiqotlarning asosiy poydevori hisoblanadi. Ularni keng koʻlamda sinchiklab oʻrganmasdan turib kishilik jamiyatining tadrijiy taraqqiyoti tarixini tahlil qilib boʻlmaydi. M.ning xili nihoyatda koʻp, ammo maʼlum darajada aniq va toʻla maʼlumotlarga ega M. majmuasi cheklangan. Yozuv hali yuzaga kelmagan ibtidoiy jamoa davridan faqat moddiy madaniyat qoldiqlari (turar joy, makon, manzil, mehnat qurollari) saqlangan xolos. Ulardan, asosan, ibtidoiy jamiyat davri hayotini, qisman qadimgi dunyo va oʻrta ayerlar tarixini tadqiq etishda foydalaniladi.

Ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklar (dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik), savdo-sotiq munosabatlari yuzaga kelib rivoj topgan sivilizatsiya davri tarixini oʻrganishda esa yozma manbalar birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Bu davr M.ining soni va sifati kishilik jamiyatining maʼnaviy kamoloti, xususan, yozuv va xatsavodning yuksakligiyu qanchalik tarq-algani va yozma M.ning saqlanish holatiga bogʻliq boʻlgan. Shu boisdan bizning davrimizgacha, ayniqsa, qadimgi yozma manbalar oz saqlangan boʻlsa, keyingi tarixiy davrlar uchun xos hisoblangan tosh, sopol, qayin poʻstlogʻi, pergament va qogʻozga bitilgan, shuningdek, bosma asarlar keng tarqalgan.

Yozma tarixiy M., shubhasiz, kishilik jamiyatining ijtimoiy va shaxsiy faoliyati natijasida yuzaga kelgan. M. shartli ravishda 8 turkumga boʻlinadi: yozma, ashyoviy, etnografik, lingvistik, toponimik, ogʻzaki (folklor), kino, fono va fotomateriallar. M.ni turkumlarga boʻlish, ularning yuzaga kelishi, tadqiqot qilish, mu-alliflarini aniqlash, haqqoniyligi va toʻlikligini belgilash kabi masalalar bilan manbashunoslik fan i shugʻullanadi.

Adabiyotlar

  • Arsixovskiy A. V., Arxeologiya asoslari, T., 1970; Kabi rov J., Sagdullayev A., Oʻrta Osiyo arxeologiyasi. T., 1990; Ahmedov B., Oʻzbekiston xalqlari tarixi manbalari, T., 1991.

Abdulahad Muhammadjonov. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9