Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Koʻpayish

Koʻpayish (biologiyada) – barcha mavjudotlarning oʻziga oʻxshash organizmlar hosil qilish orqali oʻz hayoti uzluksizligi va uzviyligini taʼminlash xususiyati. Koʻpayish jinssiz va jinsiy boʻladi. Jinssiz Koʻpayish 2-marta yoki koʻp marta boʻlinish, yaʼni shizogoniya (bir hujayralilarda); spora hosil qilish (tuban va sporali oʻsimliklarda); vegetativ koʻpayish (organlar bir qismining aj-ralib chiqib, yangi organizm hosil qilishi) va kurtaklanish (koʻp hujayralilarda) orqali sodir boʻlishi mumkin. Boʻlinish va spora hosil qilib Koʻpayishda organizm jinsiy jihatdan ixtisoslashmagan bitta xujayradan rivojlanadi. Vegetativ Koʻpayishda esa yangi organizm ova organizmning bir qismidan hosil boʻladi.

Jinsiy Koʻpayish 2 xil jinsiy hujayraning koʻpayishi, yaʼni urugʻlanish yoki partenogenez (tuxum hujayraning urugʻlanmasdan rivojlanishi) orqali roʻy beradi. Koʻpchilik hayvonlarning hayot siklida Koʻpayishning turli shakllari, mas, jinssiz va jinsiy, urugʻlanish va partenogenez, urugʻlanish va vegetativ koʻpayish qonuniy almashinib turadi. Oʻsimliklarning Koʻpayishi ham jinssiz (spora hosil qilish) va jinsiy (Gametalarning qoʻshilishi-urugʻlanish) naslning gʻallanib turishi orqali boradi. Koʻpayish muddati va tezligi harorat, kun uzunligi, oziq miqdori va tashqi muhitning b. omillari bilan bogʻliq. Yuksak hayvonlarda Koʻpayish organlari faoliyati nerv sistemasi va ichki sekretsiya bezlari tomonidan boshqarib turiladi.[1]

Yana qarang

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9