Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Karl Barry Sharpless

Karl Barry Sharpless
Tavalludi 28-aprel 1941-yil (1941-04-28) (83 yosh)
Fuqaroligi AQSh[1]

Karl Barry Sharpless (talaffuzi: Karl Barri Sharples; 1941-yil 28-aprel, Filadelfiya, Pensilvaniya, AQSh) — amerikalik kimyogar, kimyo boʻyicha ikki marta Nobel mukofoti sovrindori. 2001-yilda Ryoji Noyori va William Knowles bilan birgalikda „farmatsevtika sanoatida qoʻllaniladigan tadqiqotlari — Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga xiral katalizatorlar yaratish“[2] mavzusidagi ilmiy tadqiqoti uchun taqdirlangan. 2022-yilda Carolyn Bertozzi va Morten Meldal bilan birgalikda klik kimyosi va bioortogonal kimyoni rivojlantirish boʻyicha qilgan ishlari uchun mukofotlangan. Sharpless kimyo boʻyicha Frederick Sangerdan (1958 va 1980) keyin ikki marta Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan ikkinchi olim boʻldi.

Birinchi mukofoti, alkinlarning enantioselektiv epoksidlanishini kashf etgani uchun berildi. Bu reaksiya Sharpless enantioselektiv epoksidlanish reaksiyasi deb ataladi.

Biografiyasi

Filadelfiyada jarroh Edwin Dullet Sharpless (1911-2004) va Evelyn Sharpless (Anderson, 1916-1978) oilasida tug'ilgan[3]. Filadelfiyadagi Kvaker maktabida tahsil olgan. Nemis tilini o'rgangan[4].

1968-yilda Stenford universitetida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. AQSH Milliy Fanlar Akademiyasi aʼzosi (1985)[5].

Manbalar

Kembali kehalaman sebelumnya