Aziz Sancar
Aziz Sancar (talaffuzi: Aziz Sanjar, 1946-yil 8-sentyabr, Savur, Mardin, Turkiya) — turk olimi hamda amerikalik biokimyogar. 2015-yilda kimyo boʻyicha Nobel mukofotini Tomas Lindal va Pol Modrich bilan birgalikda „DNKni taʼmirlash mexanizmlari boʻyicha tadqiqotlari“ uchun qoʻlga kiritgan[1]. AQSH Milliy Fanlar Akademiyasi aʼzosi (2005)[2]. Tarjimai holiU kambagʻal oilada sakkiz farzandning yettinchisi boʻlib tugʻilgan (ota-onasi maʼlumotsiz edi, lekin barcha bolalar oʻqigan)[3]. Uning katta akasi Kenan Sanjar Turkiya qurolli kuchlarining nafaqadagi brigada generali, amakivachchasi Mithat Sanjar esa turkiyalik huquq professori va kurdparast Xalq demokratik partiyasi deputati[4]. Istanbul universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagan (1969). 1971-yilda AQShga koʻchib oʻtdi[5]. Dallasdagi Texas universitetida molekulyar biologiya boʻyicha magistratura va aspiranturani tamomlagan (MS, 1975; Ph. D., 1977)[6]. 1977—1982-yillarda Yel universitetida postdoktor ilmiy xodim bo‘lgan. 1982-yildan — Shimoliy Karolinadagi Chapel Hill universitetida (1988-yildan professor) faoliyat olib borgan. Xotini: biokimyogar Gven Sancar (Boulz, inglizcha: Esta Gwendolyn Boles Sancar) ham Dallasdagi Texas universiteti bitiruvchisi va Chapel Xilldagi Shimoliy Karolina universiteti professori[7][8][9][10]. 2018-yilda Aziz Sanjar Oʻzbekistonga tashrif buyurgan[11]. Mukofotlari
Manbalar
Havolalar
|