Irène Joliot-Curie
Iren Jolio-Kyuri (fransuzcha: Irène Joliot-Curie; 1897.12.9 - Parij - 1956.17.3) - fransuz fizigi va radiokimyogari. P. Kyuri va Mariya Sklodovskaya-Kyurilarning qizi. 1926-yilda Frederik Jolio-Kyuriga turmushga chiqqan va shundan boshlab umrining oxirigacha birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borganlar. Ilmiy ishlari radioaktivlik, yadro fizikasi va yadro kimyosiga oid. 1934-yilda Frederik Jolio-Kyuri bilan hamkorlikda sunʼiy radioaktivlik hodisasini ochgan. Yugoslav fizigi P. Savich bilan hamkorlikda 1939-yilda neytronlar bilan uranni nurlash tufayli hosil boʻlgan yadroviy reaksiya mahsuli — lantan hosil boʻlishini aniqlagan (avval transuran element deb tushunilgan). Bu ishi yadroning boʻlinish reaksiyasini kashf qilishda muhim boʻlgan. Kimyoviy elementlarning sunʼiy radioaktiv izotoplarini, pozitron radioaktivlikni kashf qilgan Nobel mukofoti laureati (1935).[2][3]. Yana qarangManbalar
|