Indoneziya — Qozogʻiston munosabatlari
Indoneziya — Qozogʻiston munosabatlari — Indoneziya va Qozogʻiston oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar. Ikka davlat oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar rasman 1993-yilda oʻrnatilgan. Indoneziya va Qozogʻiston baʼzi oʻxshashliklarga ega: ikkala mamlakat ham tabiiy boyliklarga ega, aholisi asosan musulmonlar, uygʻun xilma-xillikni va inson huquqlari va demokratiyaga sodiqligini taʼminlaydi[1]. Ikki mamlakat qishloq xoʻjaligi, sanoat, farmasevtika, neft, transport infratuzilmasi va mashinasozlik ishlab chiqarish kabi bir qator iqtisodiy sohalarda hamkorlikni oshirishga kelishib olganlar. Indoneziyaning Nur-Sultonda, Qozogʻistonning Jakartada elchixonasi bor[2]. Ikkala davlat ham BMT, Islom konferensiyasi tashkilotiga toʻlaqonli aʼzo hisoblanadi. TarixOʻzaro munosabatlar 1991-yil 16-dekabrda Indoneziyaning Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligini eʼlon qilganligini tan olishidan boshlangan. 1993-yil 2-iyunda Indoneziya va Qozogʻiston rasmiy ravishda diplomatik aloqalarni oʻrnatganlar[3]. Biroq 2010-yil 29-dekabrdagina Indoneziya Ostona shahrida oʻz elchixonasini ochdi. 2012-yil 13-aprelda Jakartada Qozogʻiston elchixonasi ochildi[1][4]. Qiyosiy tavsif
Manbalar
|