Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Gimnaziya

Qirgʻizistonning Isfana shahrida joylashgan Oʻzbek gimnaziyasi

Gimnaziya — MDHda va baʼzi Yevropa mamlakatlarida mavjud boʻlgan chuqur bilim beradigan maktab turi. „Gimnaziya“ soʻzi grekcha γυμνάσιον (gymnasion) soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, qadimiy Gretsiyada yoshlar aqliy va jismoniy bilim oladigan joylar shu nom bilan atalgan. Zamonoviy ingliz tilida gymnasium soʻzi asosan jismoniy mashq qiladigan joy maʼnosida qoʻllanadi.

Tarixi

Yevropada

Nemis tilida soʻzlashuvchi, Markazoy Yevropa, Skandinaviya, Benelux va Baltika mamlakatlarida „gimnaziya“ soʻzini oliy oʻquv yurtlariga tayyorlovchi maktab sifatida qoʻllash 16-asrdan beri mavjud. „Gimnaziya“ soʻzi (grekcha γυμνάσιον) qadimiy Afinada mashq qilish maydonini nomlash uchun ishlatilgan. Bu joylarda jismoniy mashq va sportga bagʻishlangan soatlar orasida oʻqituvchilar taʼlim berishgan. Shu asnoda „gimnaziya“ soʻzi bilim olish muassasasi degan maʼnoni olgan.[1]

Bu atamaning ishlatilishi Rimliklar orasida keng tarqalmagan. Italiyada Uygʻonish davri boshlanganda „gimnaziya“ soʻzi yana ishlatila boshlangan. 15-asrda Italiyadan Gollandiya va Germaniyaga oʻtgan. 1538-yil Strassburgda Johannes Sturm hozirgi nemis gimnaziyalarining modeli boʻlgan maktabga asos solgan. 1812-yil Prussiyada oʻquvchilarini universitetga joʻnata oladigan barcha maktab gimnaziya deb nomlanishi haqida buyruq chiqarilgan. 20-arga kelib bu udum barcha olmon mamlakatlariga, yana Avstriyaga va Rossiyaga tarqalgan.[1]

Oʻzbekistonda

Oʻrta Osiyoda gimnaziyalar 19-asrning soʻnggi choragida paydo boʻldi. 1876-yil Toshkentda oʻgʻil va qiz bolalar uchun rus progimnaziyalari (toʻliqsiz gimnaziyalar) ochilib, 1881-yilda gimnaziyaga aylantirildi.[2] Ularda mahalliy aholi badavlat tabaqalari bolalarining baʼzilari ham oʻqigan. Dastlabki yillarda mahalliy aholi bolalari rus tili bilan yaxshiroq shugʻullanishi uchun lotin tilini oʻrganishdan ozod qilingan.

1894-yil Toshkentda lotin tili oʻqitilmaydigan real gimnaziya ochildi. 1900-yildan keyin Samarqand, Yangi Margʻilon (hozirgi Fargʻona), Chorjoʻy va boshqa shaharlarda ham qizlar va oʻgʻil bolalar gimnaziyalari tashkil qilindi. Bularda ham darslar faqat rus tilida olib borilgan. 1917-yil Toshkentda 4 gimnaziya boʻlgan. Gimnaziyalar 1918-yil tugatilib, oʻrniga yagona mehnat maktablari tashkil qilingan.

Manbalar

  1. 1,0 1,1 "Gymnasia and Real-gymnasia". Encyclopedia Americana. 1920.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9