Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Fuqarolik

Fuqarolik jismoniy shaxsning maʼlum bir davlat bilan huquqiy bogʻlanishidir[1]. Fuqarolikka ega shaxs fuqaro, deyiladi. Bu bogʻlanish fuqaroning tegishli davlatga nisbatan boʻlgan huquq va burchlari hamda uning oʻsha davlat tomonidan himoya qilinishida namoyon boʻladi. Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 22-moddasiga koʻra butun Oʻzbekiston hududida yagona fuqarolik oʻrnatiladi (Qoraqalpogʻiston fuqarosi ayni vaqtda Oʻzbekiston fuqarosi hamdir)[2].

Fuqarolik – shaxsning muayyan davlat bilan doimiy siyosiyhuqukiy aloqasi; bu aloqa shaxs va davlatning oʻzaro huquq va majburiyatlarida ifodalanadi. Shaxs F.ka ega boʻlgach, davlat uning hamma huquq va erkinliklarini eʼtirof etadi, ularning amalga oshishini taʼminlash choralarini koʻradi. Fuqarolarning manfaatlarini davlat, fuqarolar boshqa mamlakatlar hududida turgan vaqtda ham himoya qiladi, ularga homiylik koʻrsatadi. Oʻz navbatida, fuqarolar davlat qonunlari va qoidalarga soʻzsiz rioya kiladilar, oʻzlari uchun belgilangan majburiyatlarni bajaradilar. Bu huquq va majburiyatlar yigʻindisi fuqaroning siyosiyhuquqiy maqomini tashkil etadi, fuqarolar ana shu maqom bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardsh ajralib turadilar. Fuqarolik asosan 2 yoʻl bilan qabul qilinadi; tugʻilganlik dalili asosida („filiatsiya“) va naturalizatsiya yoʻli bn. Tugʻilish asosida Fuqarolikka qabul qilishda 2 xil qoida: „qon huquqi“ va „tuproq huquqi“ qoidasi qoʻllanadi. „Qon huquqi“ deb nomlangan qoida shu davlatning fuqarolaridan tugʻilgan shaxsni fuqaro deb tan oladi (ayrim davlatlarda otaonasining biri tegishli F.ka egaligi yetarli). Kaysi davlat hududida bu shaxsning tugʻilganligi ahamiyatga ega emas. „Tuproq huquqi“ qoidasi, fuqaroligidan qatʼi nazar, agarda shaxs mazkur davlat hududida tugʻilgan boʻlsa, unda oʻsha shaxs fuqaro deb tan olinadi. Naturalizatsiya yoʻli bilan Fuqarolikni qabul kilish mamlakatda yashab kelayotgan shaxsning Fuqarolikni olish toʻgʻrisidagi iltimosi bilan bogʻliqdir.

Oʻzbekistonda F.ning huquqiy holati Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 6bobida hamda „Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida“gi qonun (1992-yil 2-iyul)da koʻrsatib oʻtilgan. Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona Fuqarolik oʻrnatilgan. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega boʻlganlikdan qatʼi nazar, hamma uchun tengdir. Qoraqalpogʻiston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi. Fuqarolikka ega boʻlish va uni yoʻqotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilanadi.

Manbalar

  1. OʻZBEKISTONDA FUQAROLIK VA UNING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI, 2016-03-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2008-04-17
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. VI bob., 2004-11-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2008-04-17




Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9