Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Fevral inqilobi

Petrogradda stixiyali tarzda urushga qarshi mitinglar
Qoʻzgʻolonchilar

Fevral inqilobi (1917) – Rossiyada samoderjaviyega barham bergan inqilob. Fevral inqilobi harbiy magʻlubiyatlar va xoʻjalikdagi vayrongarchilik bilan bogʻliq ravishda mamlakatda iqtisodiy va siyosiy tanazzulning keskin kuchayishi oqibati edi. Oziq-ovqat yetishmasligi tufayli 23-fevralda Petrogradda stixiyali tarzda urushga qarshi mitinglar boshlandi, u ish tashlashlar va namoyishlarga, kazaklar va politsiya oʻrtasidagi toʻqnashuvlarga, 24— 25-fevral da esa yalpi ish tashlashga aylanib ketdi. 26-fevralda qoʻshinlarga qarshi janglar, 27-fevralda yalpi ish tashlash qurolli qoʻzgʻolon darajasiga koʻtarildi, askarlar ommaviy tarzda qoʻzgʻolonchilar tomoniga oʻta boshladi. Qoʻzgʻolonchilar shaharning muhim joylarini, hukumat idoralarini egalladilar. Nikolay II taxtdan voz kechdi. Davlat dumasining Muvaqqat komiteti tuzildi. Ishchi va soldat deputatlari Soveti saylandi. Muvaqqat komitet hukumat tuzdi. 1-mart kuni Moskvada, mart oyi davomida butun mamlakatda yangi hokimiyat oʻrnatildi. Fevral inqilobi Turkiston oʻlkasi musulmon aholisini siyosiy jihatdan uygʻotishda, demokratik oʻzgarishlarga boshchilik kilmoqchi boʻlgan yangi kuchlarning siyosat maydoniga chiqishida muhim ahamiyat kasb etdi. Jadidlar vujudga kelayotgan milliy demokratik kuchlarning oʻzagi boʻlishdi. Ular mintaqa tub xalqlarining taraqqiyoti va mustaqilligi toʻgʻrisidagi oʻz gʻoyalarini Fevral inqilobi shiorlari bilan bogʻlab, oʻzlari eʼlon qilgan prinsiplarni amalga oshirishga faol kirishdilar. Toshkentda „Shoʻroi Islom“ 1917-yil 14-mart) tashkiloti tuzilib, Turkiston taraqqiyparvarlarining aksariyati uning atrofida birlashsi. Bundan tashqari, Toshkentda Ishchi deputatlari Soveti (1917-yil 2-mart) ham tuzil gan edi. Turkiston oʻlkasi generalgubernatori va Turkiston harbiy okrugi qoʻmondoni general Kuropatkin, uning yordamchisi general Yerofeyev, okrug shtabining boshligʻi general Sivere oʻz vazifalaridan chetlashtirilib, 31-martda uy kemogʻiga tashlandi. Muvaqqat hukumat tomonidan 1917-yil 7-avgustda Turkiston oʻlkasini boshqarish uchun 9 kishidan iborat Turkiston komiteta (raisi – kadet N. N. Shchepkin) tuzildi. Shuningdek, Butunturkiston musulmonlarining I qurultoyi (1917-yil 17—21 aprel) da Turkiston oʻlkasi musulmonlari Markaziy Kengashi (Kraymussovet) ham tuzilib, barcha milliy jamiyatlar, tashkilotlar va ittifoqlar birlashtirildi. 1917-yil bahorda Buxoro amirligi va Xiva xonligida ham siyosiy vaziyat keskinlashdi. Buxoroda 1917-yil aprel namoyishi boʻldi va Xivada Idorai mashrutiya (1917-yil 5 aprel) tashkil topdi. Yosh buxoroliklar va yosh xivaliklar bu xonliklar hududida demokratik islohotlar uchun kurashdilar.

Yana qarang

Adabiyot

  • Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2kitob [Oʻzbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida], T.. 2000; Turkestan v nachale XX veka; k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Rajabov K,., Haydarov M., Turkiston tarixi (19171924-yil), T., 2002.

Qahramon Rajabov.




Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9