Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Dehqonobod

Dehqonobod
shahar
40°31′53″N 69°02′03″E / 40.53139°N 69.03417°E / 40.53139; 69.03417
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Sirdaryo viloyati
tuman Guliston tumani
Aholisi
10 500
Vaqt mintaqasi UTC+5
Dehqonobod xaritada
Dehqonobod
Dehqonobod
Dehqonobod xaritada
Dehqonobod
Dehqonobod

Dehqonobod — Sirdaryo viloyatidagi shaharcha. Guliston tumaninnnt markazi. Aholisi 10,5 ming kishi (2000); asosan oʻzbeklar, shuningdek, rus, ukrain, tatar, koreys, tojik va b. millat vakillari ham yashaydi. Viloyat markazi — Gulistondan 24 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Guliston (24 km).

D.da dastlab 1886-yil Rossiyaning Poltava, Tver gubernyalaridan podsho hukumati tomonidan koʻchirib keltirilgan rossiyaliklar yashagan. 1887-yildan qishloq Romanovsk deb atalgan. 1913 yil hozirgi mudofaa ishlari boʻlimi binosida rus-tuzem maktabi ochilgan. 1923—92 yillarda Krestyanok posyolkasi deb atalgan.

D.da 2 umumiy taʼlim maktabi, iqtidorli bolalar litseyi, qishloq xoʻjalik litseyi, sanatoriy tipidagi internat maktabi mavjud. 1997-yil respublika BAning tasviriy va amaliy sanʼat internat maktabi tashkil etildi. 1941—45-yillardagi urush qurbonlariga yodgorlik monumenti oʻrnatilgan. 1986-yil Alisher Navoiy nomidagi madaniyat saroyi qurildi. D.da viloyat „Ona va bolalar“ fizioterapiya shifoxonasi, markaziy kasalxona, bolalar kasalxonasi, poliklinika, dorixona, 30 dan ziyod savdo, umumiy ovqatlanish va 10 dan ortiq maishiy xizmat punkti bor. Avtokorxona, 3 qurilish koʻchma kolonnasi, 2 taʼmirlash korxonasi, faoliyat koʻrsatmoqda. 1998-yil „Supermarket“, „Dehqon bozori“ qurib foydalanishga topshirildi.[1]

Manbalar

  1. "Dehqonobod" OʻzME. D-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9