Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Anders Fogh Rasmussen

Anders Fogh Rasmussen
Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti bosh kotibi
Mansab davri
2009-yil 1-avgustdan – 2014-yil 1-oktyabrgacha
Oʻtmishdoshi Jaap de Hoop Scheffer
Vorisi Jens Stoltenberg
Daniya Bosh vaziri
Mansab davri
2001-yil 27-noyabrdan – 2009-yil 5-aprelgacha
Monarx Margrethe II
Oʻtmishdoshi Poul Nyrup Rasmussen
Vorisi Lars Løkke Rasmussen
Venstre lideri
Mansab davri
1998-yil 18-martdan – 2009-yil 17-maygacha
Oʻtmishdoshi Uffe Ellemann-Jensen
Vorisi Lars Løkke Rasmussen
Iqtisodiyot vaziri
Mansab davri
1990-yil 18-dekabrdan – 1992-yil 19-noyabrgacha
Hukumat boshligʻi Poul Schlüter
Oʻtmishdoshi Niels Helveg Petersen
Vorisi Thor Pedersen
Soliq vaziri
Mansab davri
1987-yil 10-sentabrdan – 1992-yil 19-noyabrgacha
Hukumat boshligʻi Poul Schlüter
Oʻtmishdoshi Isi Foighel
Vorisi Peter Brixtofte
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Anders Fogh Rasmussen

26-yanvar 1953-yil (1953-01-26) (71 yosh)
Ginnerup, Denmark
Siyosiy partiyasi Venstre
Mukofotlari Danebrog ordeni kavaleri 1-klass Danebrog ordeni

Anders Fog Rasmussen (1953-yil 26-yanvar, Ginnerup, Daniya) – daniyalik siyosatchi, 2009-2014-yillarda NATO Bosh kotibi, Ukraina Prezidenti maslahatchisi (2016-2019). 2001-yildan 2009-yilgacha Daniya Bosh vaziri[1][2].

Hayoti

Anders Fog Rasmussen 1953-yil 26-yanvarda Ginnerup shahrida fermer Knud Rasmussen va Marta Rasmussen oilasida tugʻilgan. Onasining familiyasi Anders uchun ikkinchi ismga aylandi.

1969-1972-yillarda Viborg sobori maktabini tillar va ijtimoiy fanlar sohasi boʻyicha tamomlagan. Orhus universitetida iqtisod fakultetida tahsil olgan, 1978-yilda tamomlagan. U soliqqa tortish va davlat tuzilishiga oid bir qancha kitoblar yozgan. U va uning rafiqasi Anne-Mette (1958-yilda tugʻilgan) 1978-yilda turmush qurishgan va uchta farzandi bor: Henrik Fog Rasmussen (1979-yilda tugʻilgan), Mariya (1981-yilda tugʻilgan) va Kristina (1984-yilda tugʻilgan), olti nabirasi bor.

U oʻzining siyosiy faoliyatini 17 yoshida, Viborg shahridagi Yosh liberallar jamiyati asoschisi sifatida boshlagan. Oradan atigi 3 yil oʻtib, 1973-yilda Daniya Liberal partiyasi Markaziy Kengashiga (Venstre) qoʻshildi. 1974-yilda Folketing nomzodini qoʻydi va 1978-yilda birinchi marta Viborg munitsipalitetidan deputat etib saylandi. Oʻsha yili Orxus universitetida iqtisod boʻyicha oliy maʼlumot oldi. Daniya kichik va oʻrta tadbirkorlar federatsiyasiga ishga ketdi va 1984-yilgacha maslahatchi boʻlib ishladi.

1984-yildan Liberallarning parlament fraksiyasi rahbariyatining aʼzosi, 1985-yildan Liberal partiya milliy tashkiloti raisining oʻrinbosari, 1987-1992-yillarda Daniya soliq vaziri, 1990-1992-yillarda – iqtisodiyot vaziri. 1993-yilda „Fra Socialstat til Minimalstat“ (tarjimasi – „Ijtimoiy davlatdan minimal davlatga“) nomli kitobini nashr etdi. 1996-yilda vakillar kengashi aʼzosi, ikki yildan soʻng esa Daniya Milliy banki direktorlar kengashi aʼzosi boʻldi.

1998-yildan Daniya Liberal partiyasining raisi, 2001-yil 20-noyabrda parlament saylovlarida gʻalaba qozongan.

2001-yil 27-noyabrda Anders Fog Rasmussen Daniya Bosh vaziri lavozimini egalladi.

Rasmussen past soliqlar, xususiylashtirish va hukumat hajmini cheklash tarafdori boʻlib, oʻzining bosh vazirligi davrida tegishli ichki siyosatni olib bordi. Immigratsiyaga qarshi qonunchilikni kuchaytirish tashabbusi bilan chiqdi va bir jinsli nikohni qonuniylashtirish tarafdori edi. 2005-yilda Daniya Muhammad paygʻambarning gazeta karikaturalari tufayli katta ichki mojaroga duch keldi. Karikaturalardan xafa boʻlgan musulmonlardan Daniya mahsulotlarini global boykot qilish chaqiriqlari eshitildi. 2007-yil 1-yanvarda global munitsipal islohot kuchga kirdi. Oʻsha yili Rasmussen Daniyaning Yevro hududiga kirishi va yagona Yevropa valyutasi – yevroni joriy etish boʻyicha referendum oʻtkazish niyatida ekanligini eʼlon qildi. Natijada, Daniya bu zonaga kirmadi va oʻz milliy valyutasini kron koʻrinishida saqlab qoldi. 2005 va 2007-yillarda Daniya liberal partiyasi parlament saylovlarida gʻalaba qozondi, buning natijasida Rasmussen 2009-yilgacha Daniya Bosh vaziri boʻlib qoldi.

2009-yil mart oyida Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya rahbarlari Anders Fog Rasmussenni NATO Bosh kotibi lavozimiga saylashga qaror qilishdi. 2009-yil aprel oyida NATO sammitida Qoʻshma Shtatlar Rasmussen nomzodini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi. Turkiya dastlab Rasmussen nomzodiga eʼtiroz bildirgan va hatto veto huquqidan foydalanish imkoniyatidan ogohlantirgan, biroq keyinroq oʻz pozitsiyasini qayta koʻrib chiqqan va Rasmussenning tanloviga rozi boʻlgan. Italiya va Ispaniya ham uning nomzodini qoʻllab-quvvatladi[3]. 2009-yil 4-aprelda Rasmussen NATO Bosh kotibi etib tasdiqlandi, ertasi kuni Daniya hukumati rahbari lavozimidan isteʼfoga chiqdi. Rasmussenning Daniya Bosh vaziri lavozimini egallagan vorisi Lars Løkke Rasmussen edi.

2009-yil 1-avgustda rasman NATO Bosh kotibi lavozimini egallagan.

Rasmussenning NATO Bosh kotibi sifatida ishlagan davrida Liviyadagi va Gruziyadagi urushdan keyin uzilib qolgan alyans va Rossiya oʻrtasidagi hamkorlik vaqtincha qayta tiklandi, NATOning aralashuvini Rasmussenning oʻzi qoʻllab-quvvatladi.

2014-yil 1-oktabrda Rasmussen NATO Bosh kotibi lavozimini tark etdi. Uning oʻrnini Norvegiyaning sobiq bosh vaziri Yens Stoltenberg egalladi.

2015-yilning yozidan – Goldman Sachs maslahatchisi[4].

2016-yil 27-maydan 2019-yil 17-maygacha – Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenkoning mustaqil maslahatchisi.

Mukofotlari

Manbalar

  1. https://rasmussenglobal.com/the-firm
  2. arxiv nusxasi, 2019-12-21da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-06-23
  3. Türkei macht Weg für Rasmussen als Nato-Chef frei(olm.) ( at www.welt.de Error: unknown archive URL 20170902010657 sanasida arxivlangan)
  4. „Бывший генсек НАТО стал советником Goldman Sachs / Новости / Finance.UA“. 2015-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-avgust.
  5. „Dėl Lietuvos Respublikos ir užsienio valstybių piliečių apdovanojimo Lietuvos valstybės ordinais ir medaliais Vasario 16-osios – Lietuvos valstybės atkūrimo dienos proga“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
  6. Dekret Prezidenta Litovskoy Respubliki ot 21 aprelya 2004 goda № 20
  7. Teenetemärkide kavalerid(est.)
  8. Ar Triju Zvaigžņu ordeni apbalvoto personu reģistrs apbalvošanas secībā, sākot no 2004. gada 1.oktobra Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh.(lot.)
  9. Ukaz Prezidenta Ukraїni № 638/2014 vіd 7 serpnya 2014 roku „Pro nagorodjennya ordenom Svobodi“ (Wayback Machine saytida 2015-02-03 sanasida arxivlangan) (Ukraincha)
  10. Prezident Ukraїni nagorodiv Generalnogo sekretarya NATO ordenom Svobodi // Ofіsіyne іnternet-predstavnitstvo Prezidenta Ukraїni, 07.08.2014 (Wayback Machine saytida 2015-02-03 sanasida arxivlangan) (Ukraincha)
Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9