Share to: share facebook share twitter share wa share telegram print page

 

Alouddin Mansur

Shayx Alouddin Mansur

Qorasuv imomi
Tavallud sanasi: 20-yanvar 1952-yil
Tavallud joyi: Qorasuv shahri
Vafot sanasi: 13-oktyabr 2020-yil(2020-10-13)
(68 yoshda)
Vafot joyi: Qorasuv (Oʻsh viloyati)
Dini: Islom

Shayx Alouddin Mansur (19522020[1]; Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyati, Qorasuv shahri[2][3]) — taniqli oʻzbek ulamolaridan, shayx va olim. Qurʼon maʼnolarining oʻzbekcha izohli tarjimasini tayyorlagan. Hanafiylik mazhabining eng yirik manbalaridan „Badoʻius sanoiʼ fiy tartibish sharoiʼ“ asarini oʻzbekchaga tarjima qilgan. Uning tomonidan Qorasuvda tashkil etilgan „Qurʼoni karimni oʻrganish ilmiy markazi“da esa Qurʼon maʼnolari ruschaga, turkmanchaga, qozoqchaga va qirgʻizchaga tarjima qilingan. Koʻp-yillar davomida Qorasuvdagi Imom al-Buxoriy masjidining boshchisi boʻlib kelgan.

Faoliyati

Shayx Alouddin Mansur 1952-yilda Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatining Qorasuv shahrida tugʻilgan. Zamonasining atoqli olimlaridan tahsil olib, ilmini kamolga yetkazdi. Olim Qurʼoni Karim maʼnolarining oʻzbekcha izohli tarjimasini tayyorladi hamda uning tarjimasi Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi oʻtkazgan tanlovda eng yaxshi deb topildi. Kitob 1991-1993-yillarda avval „Sharq yulduzi“ jurnalida, keyin Gʻafur Gʻulom va „Choʻlpon“ nashriyotlarida bir million nusxada bosildi. Shundan keyin u 2000-yilda Qorasuv shahrida „Qurʼoni karimni oʻrganish ilmiy markazi“ tashkil etib, Qurʼoni karim maʼnolarining rus (Alisher Ahmad bilan hamkorlikda) va qirgʻiz tillariga tarjima qildi. Soʻnggi-yillarda u Qurʼoni karimning imkoni boricha kengroq tafsirini tayyorlash ustida ish olib bordi. Qirgʻizistonda shayxning koʻp jildli „Qurʼoni azim tafsiri“ chop etilgan. Shayxning „Imom Aʼzam buyuk imomimiz“ nomli asari Oʻzbekistonda chop etilgan.

Yana qarang

Manbalar

  1. https://m.kun.uz/news/2020/10/13/shayx-alouddin-mansur-vafot-etdi
  2. Alouddin Mansurning Qur’onni oʻzbekchaga qilgan tarjimasi Ziyouz kutubxonasida (Lotin yozuvida), 2012-05-11da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-06-15
  3. Alouddin Mansurning Qur’onni oʻzbekchaga qilgan tarjimasi Ziyouz kutubxonasida (Kirill yozuvida), 2012-05-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-06-15
Kembali kehalaman sebelumnya


Index: pl ar de en es fr it arz nl ja pt ceb sv uk vi war zh ru af ast az bg zh-min-nan bn be ca cs cy da et el eo eu fa gl ko hi hr id he ka la lv lt hu mk ms min no nn ce uz kk ro simple sk sl sr sh fi ta tt th tg azb tr ur zh-yue hy my ace als am an hyw ban bjn map-bms ba be-tarask bcl bpy bar bs br cv nv eml hif fo fy ga gd gu hak ha hsb io ig ilo ia ie os is jv kn ht ku ckb ky mrj lb lij li lmo mai mg ml zh-classical mr xmf mzn cdo mn nap new ne frr oc mhr or as pa pnb ps pms nds crh qu sa sah sco sq scn si sd szl su sw tl shn te bug vec vo wa wuu yi yo diq bat-smg zu lad kbd ang smn ab roa-rup frp arc gn av ay bh bi bo bxr cbk-zam co za dag ary se pdc dv dsb myv ext fur gv gag inh ki glk gan guw xal haw rw kbp pam csb kw km kv koi kg gom ks gcr lo lbe ltg lez nia ln jbo lg mt mi tw mwl mdf mnw nqo fj nah na nds-nl nrm nov om pi pag pap pfl pcd krc kaa ksh rm rue sm sat sc trv stq nso sn cu so srn kab roa-tara tet tpi to chr tum tk tyv udm ug vep fiu-vro vls wo xh zea ty ak bm ch ny ee ff got iu ik kl mad cr pih ami pwn pnt dz rmy rn sg st tn ss ti din chy ts kcg ve 
Prefix: a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9