Alessandro Volta
Alessandro Juzeppe Antonio Anastasio Volta (italyancha: Alessandro Giuseppe Antonio Anastasio Volta; 1745-yil 18-fevral, Komo — 1827-yil 5-mart, Komo) — italyan fizigi va fiziologi. Ilmiy ishlari elektr, kimyo va fiziologiyaga doir. Elektr asboblari (elektrofor, elektrometr, kondensator, elektroskop va b.)ni ixtiro qilgan. Volta 1775-yilda yonuvchi gaz — metanni topgan, Galvani kashf qilgan „jonli elektr“ga qiziqib qolib, bu borada tajribalar oʻtkazgan. Volta 1800-yilda birinchi oʻzgarmas tok manbai — Volta ustunini kashf qilgan, har xil metallar bir-biriga tekkanda elektrlashib qolishini aniqlagan va ular orasida paydo boʻladigan kuchlanish qiymati boʻyicha joylashtirib chiqqan. Elektr kuchlanish birligi (volt) Volta nomi bilan atalgan. Volta hayvonlar bilan qiyosiy-fiziologik tajribalar oʻtkazib. nerv tolalari, ichaklar va oshqozonning mushaklar va skeletga nisbatan elektr tokini koʻproq oʻtkazishini kuzatgan. U odamning koʻrish va taʼm bilish organlari elektrdan qoʻzgʻalishini aniqlagan.[1] Manbalar
|