Thomas Deng
Thomas Jok Deng (1997-yil 20-martda tug‘ilgan) - kelib chiqishi Keniyalik bo‘lgan professional futbolchi, hozirda u Yaponiyaning "Albirex Niigata" klubida markaziy himoyachi sifatida to‘p suradi. U Keniyada janubiy sudanlik qochqin sifatida tug‘ilgan, biroq u Avstraliya terma jamoasi safida markaziy himoyachi vazifasini bajaradi. Thomas Jok Deng 1997-yil 20-martda Keniyaning Nayrobi shahrida janubiy sudanlik qochqinlar oilasida tug‘ilgan. U oilasi bilan birga Janubiy Sudandagi mojarodan qochgan va natijada[6] 2003-yilda Deng olti yoshga kirganida Adelaida, Janubiy Avstraliyaga ko‘chib kelishgan[7]. Dengning to‘rtta akasi, shuningdek, Ugandada yashovchi o‘gay akasi bor[8]. Uning katta akasi Piter Deng askar bo‘lgan va mojaro vaqtida Janubiy Sudanni yuqori darajada himoya qilgan[9]. Klubdagi karyerasiDengning faoliyatidagi birinchi klubi Adelaida Blue Eagles hisoblanib, uning yaqin do‘sti hamda hamkasbi va Soccerooo Awer Mabil bilan birgalikda Adelaida Blue Eagles klubida faoliyatini boshlangan edi[7]. 2011-yilda Melburnga ko‘chib o‘tgandan so‘ng[7], Deng 16 yoshida 2013-yilda Viktoriya shtati ligasining 3-divizionida o‘sha paytdagi menejer Budala Barešić-Nikich qo‘l ostida "Vest Eagles" futbol klubida o‘zining katta futbol debyutini o‘tkazadi[10][11]. Keyingi mavsumda yosh futbolchi Green Gully SC ga ko‘chib o‘tadi va u yerda menejer Bob Stoycevski Dengni klubning U20 jamoasida o‘ynash uchun yolladi. Oxir-oqibat u kattalar jamoasiga ko‘tarildi va 2014-yilda Viktoriya NPLda 13 ta o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi[6]. Melburn Victory Milliy Yoshlar Ligasi murabbiyi Darren Devis Dengni yoshlar termasi bilan shartnoma tuzishga ko‘ndiradi. Deng 2015-FFA kubogida Balmeyn Tigersga qarshi bahsdagi Melburn g‘alabasi uchun katta hissa qo‘shish orqali o‘zining jamoa safidagi ilk o‘yinini o‘tkazdi. U A-Ligadagi ilk uchrashuvini 2015-yilning 9-oktabr kuni “Adelaida Yunayted”ga qarshi o‘tkazdi va uning jamoadoshi Ley Brokxemga qizil kartochka ko‘rsatilgach, Fahid Ben Xalfallahning o‘rniga o‘rinbosar sifatida maydonga tushdi. Thomas 2015-yil 17-oktabrda Melburn Victory uchun A-Ligadagi ilk o‘yinini 2-turda raqibi Melburn Sitiga qarshi o‘tkazdi va u yerda tarafdorlar va ijtimoiy tarmoqlar tomonidan o‘yinning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida tanlandi. 2016-yilning iyun oyida Deng bir yillik ijara shartnomasi asosida Jong PSVga o‘tdi[12][13]. Beshta o‘yinda maydonga tushgach, mavsum oxirida u “Melburn Victory”ga qaytdi[14]. 2020-yilning yanvar oyida Deng 2020-yilgi U-23 Osiyo chempionatidagi ishtirokidan so‘ng Melburn Victoryni tark etib, Yaponiyaning Urawa Red Diamonds klubiga o‘tdi[15]. Xalqaro karyerasiU 2016-yilgi OFK U-23 chempionatida "Olyroos"ning asosiy tarkibidan o‘rin oldi shu bilan birgalikda u butun turnir davomida o‘zining ajoyib o‘yinini namoyish etib, avstraliyalik nufuzli ekspertlar: Jeoff Fullgrabe, Alan Vucenik va Kreyg Fosterning yuqori baholashlariga sazovor bo‘ldi. Deng Keniyada dunyoga kelgan va Janubiy Sudanda biroz yashagan bo‘lganligi tufayli u Avstraliya, Keniya va Janubiy Sudan terma jamoalarida o‘ynash huquqiga ega. 2018-yilning oktyabr oyida Deng Birlashgan Arab Amirliklari yig‘in va Quvaytga qarshi o‘rtoqlik o‘yini uchun Socceroos jamoasiga kiritilgan. o‘rtoqlik uchrashuvida u Janubiy Sudanlik qochqin va bolalikdagi do‘sti bo‘lmish Aver Mabil bilan birga debyut qildi[16]. 2021-yil 22-iyulda Deng 2020-yilgi Tokiodagi Yozgi Olimpiada o‘yinlarining birinchi guruh o‘yinida jamoasi Avstraliya bilan Argentina ustidan tarixiy 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va ushbu uchrashuvda Deng “Eng yaxshi o‘yinchi” sovrinini qo‘lga kiritdi[17][18]. YutuqlarMelburn klubida
Albirex Niigata klubida
Manbalar
|