Spice Girls
Spice Girls 1994-yilda tashkil topgan qizlardan iborat ingliz pop guruhidir. Guruh aʼzolari quyidagilardir: Mel B („Scary Spice“) taxallusi bilan tanilgan Melanie Brown, Mel C („Sporty Spice“) taxallusi bilan tanilgan Melanie Chisholm, Emma Bunton („Baby Spice“), Geri Halliwell („Ginger Spice“) va Victoria Beckham („Posh Spice“; qizlik familiyasi Adams). 1996-yili Top of the Pops jurnali guruhning har bir aʼzosiga guruh va ommaviy axborot vositalari tomonidan qabul qilingan taxalluslarni berdi. „Qizlar qudrati“ shiori bilan Spice Girls, 1990-yillarda pop-madaniyat ikonasi boʻlgan.[1][2] Time jurnali ularni 1990-yillarning oʻrtalarida Birlashgan Qirollikdagi Cool Britannianing „ehtimol eng taniqli yuzi“ deb eʼtirof etdi.[3] Bu guruh Birlashgan Qirollikning AQShga qilgan ikkinchi bosqini qismi sifatida tilga olinadi.[4] Spice Girls Virgin Records bilan shartnoma imzolab, 1996-yilda „Wannabe“ debyut singlini chiqardi; bu singl 37 ta mamlakatda birinchi raqamli hit ashula boʻldi[5][6], guruh shu vaqtdan oʻzlarining global miqyosdagi muvaffaqiyatlarini boshladi. Guruhning Spice (1996) nomli ilk albomi jahon boʻylab 23 milliondan oshiq nusxada sotildi va bu tarixdagi eng koʻp sotilgan qizlar guruhi albomi boʻldi.[7] Guruhning navbatdagi Spiceworld (1997) albomi ham tijorat muvaffaqiyatiga erishdi va umumjahon boʻylab 13 milliondan oshiq nusxada sotildi.[8] 2000-yil noyabr oyida guruh, Forever albomini chiqardi, bu albom guruh aʼzosi sanalmish Halliwell qatnashmagan yagona albomdir. 2001-yil yanvar oyida esa guruh norasmiy ravishda oʻzlarining nomaʼlum muddatga tanaffusga chiqishlarini va yaqin kelajakda karyeralarini yakkaxon tarzda davom ettirishga eʼtibor berishlarini eʼlon qilishdi, shunday boʻlsa ham ular guruh ajralmasligini taʼkidladilar. DiskografiyasiAsosiy maqola: Spice Girls diskografiyasi
Konsertlari
Aʼzolari
Manbalar
Havolalar
|