Sigir — buzoqlagan urgʻochi qoramol. Urgʻochi buzoqlar zotiga va oʻsishiga qarab 18—20 oyligida gʻunajin boʻlib yetishadi va qochirishga qoʻyiladi. Boʻgʻozlik davri oʻrtacha 282—285 kun. Gʻunajinlar tuqqanidan keyin sigirlar guruhiga kiritiladi. Sigirlar, asosan, sut va buzoq olish (podani toʻldirish) uchun boqiladi. Ularning sogʻim davri 300— 305 kun. Oʻzbekistonda boqiladigan qizil choʻl, bushuyev, qoraola, shvits zotli sigirlar bir yilda 3000–6000 kg va undan koʻp sut beradi. Sigirlar oʻrtacha 20 (baʼzan 35) yil yashaydi. Xoʻjaliklarda sigirlardan 5—6, ayrim sermahsul, oʻrtacha yillik sogʻimi 9—12 ming kg boʻlgan rekordchilaridan 9—10 marta tugʻishiga qadar foydalaniladi. Qisir qolgan, qarigan, nuqsonli sigirlar semirtirib goʻshtga topshiriladi.[1]
Yana q.
Manbalar
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil