Hyon Yong-chol
Hyon Yong-chol(talaffuzi: Hyong Yong-chol) (1949-yil 11-yanvar — 2015-yil 30-aprel) — Shimoliy Koreya generali va Koreya Mehnat partiyasi (WPK) siyosatchisi. Hyong Yong-chol 2014—2015-yillarda Mudofaa vaziri lavozimida ishlagan. Hyong Yong-chol 2015-yilda oʻz lavozimidan chetlashtirilganligi haqida xabar berildigan[1]. Shaxsiy hayoti va faoliyatiShimoliy Koreya matbuoti Hyong Yong-chol 1949-yilning yanvarida tugʻilganligini va 1966-yilda harbiy xizmatga kelganligini maʼlum qildi. Hyong Yong-chol batalyon komandiri boʻlib xizmat qilgan. 2009-yilda Hyong Yong-chol Oliy xalq majlisiga delegat etib saylangan[2]. Hyong Yong-chol Kim Jong-un, Kim Kyong-hui, Kim Kyong-ok, Choe Ryong-hae va Choe Pu-il kabi shaxslar bilan 2010-yil sentyabr oyida toʻrt yulduzli general unvoniga sazavor boʻlgan[3]. Hyong Yong-chol 2011 yil dekabr oyida Kim Jong-il vafotidan keyin milliy dafn qoʻmitasida qatnashgan. Hyong Yong-chol uchunchi partiya konferensiyasida Koreya Mehnat partiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi etib tayinladi. 2012-yil fevral oyida Hyong Yong-chol „Kim Jong-il ordeni“ bilan taqdirlandi[4]. 2012-yil iyul oyida Bosh shtab boshligʻi Ri Yong ho oʻz lavozimidan ozod qilinganidan ikki kun oʻtgach Hyong Yong-chol KPAning vitse-marshall unvoniga sazovor boʻldi. Xuddi shu davrda Hyong Yong-chol Bosh shtab boshligʻi sifatida Ri Yong ho oʻrnini egalladi[5][6][7][8]. Hyong Yong-chol, shuningdek, 2012-yil 26-iyulda WPK(Koreya Mehnat partiyasi) Markaziy harbiy komissiyasi raisining oʻrinbosari sifatida faoliyat olib borgan[9]. Xabarlarga ko‘ra, Hyong Yong-chol 2012-yilning noyabr oyida general etib tayinlangan[10][11]. 2013-yil 31-martda Hyong Yong-chol Siyosiy byuroning muqobil aʼzosi etib tayinlandi, ammo u Ri Yong honing Siyosiy byuro prezidiumidagi sobiq oʻrnini egallamagan edi[12]. Hyong Yong-chol 2013-yil may oyida 5-armiya korpusiga qoʻmondon etib tayinlangan[13]. Hyong Yong-chol 2014-yil iyun oyida Xalq qurolli kuchlari vaziri lavozimida ishlash uchun Pxenyan shahriga chaqirilgan edi. Qatl etilishiJanubiy Koreya Milliy razvedka xizmati Hyong Yong-chol 2015-yil aprel oyi oxirida Pxenyan yaqinidagi Kanggon harbiy mashgʻulotlar zonasida qatl etilganligi haqida xabar bergan edi[14]. Xabar qilinishicha, Hyong Yong-chol rasmiy harbiy mitinglarda, xususan, 2015-yil aprel oyining oxirida Kim Jong-un ishtirok etgan harbiy mitingda qatnashmagani va boshliq buyruqlariga boʻysunmagani uchun qatl etilgan[14]. CNN xabarida aytilishicha, Hyong Yong-chol Kim Jong-unning buyrugʻini bajarmagani uchun xiyonatda ayblangan, ammo bu buyruqning mohiyati aniqlanmagan. Yuqori amaldorning taʼkidlashicha, qatl etilganlar orasida Hyong Yong-chol ham boʻlgan. BBC News intervyu bergan tahlilchilarning soʻzlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyada mansabdor shaxslarni o‘zgartirish odatiy hol bo‘lsa-da, Kim Jong-unga Hyon kabi yaqin shaxsning qatl etilishi hayratlanarli bo‘lgan va bu mamlakat barqarorligi uchun xavotirga sabab bo‘lishi mumkin[15][16][17].
Manbalar
|